Assalamu alaykum va rohmatulloh! Ilm olishni biz bandalari- ga farz qilib, Qur’oni karimda biz ojiz bandalariga ilk so‘zi bilan o’qishni amr etgan Zot-Alloh taologa behisob shukrlar bo‘lsin!
Yaratganning buyruqlarini butun yer yuziga yoygan, xususan, ilm olish va tarqatishni targ‘ib qilgan va ummatlarini yaxshi ko‘rguvchi inson - suyukli payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga beadad salovotu durudlar bo‘lsin! Ushbu kitob Jenny Dooley va Virginia Evansning
«Grammarway 1» kitobidagi qoidalarning o‘zbek tiliga tarjimasidir. Kitobdagi mashqlarning rang-barangligi, gaplar va qoidalarning izchil va tushunarli berilganligi ushbu kitobning boshqa kitoblardan asosiy farqidir. Shu bois men o‘quvchilarimga ingliz tilini o’rgatishda ushbu kitobdan yillar mobaynida foydalanib kelmoqdaman. Darsda qoidalarni yozib olish o‘quvchi hamda o‘qituvchiningsalmoqli vaqtini olgani sabab ushbu qoidalar jamlanmasini mo‘jaz kitobcha shakliga keltirish fikri tug‘ildi.Qo‘lingizdagi kitob shuning mahsulidir. Kitob o‘zbek o‘rganivchsiga qulay bo‘lishi uchun katta mavzular 2 ta qism (unit) ga ajratib chiqildi. Bundan tashqari, ba’zi o‘rinlarda qoidalar soddaroq tilda tushuntirildi, qo‘shimcha va izohlar kiritildi.
Qadrli o’rganuvchi! Shuni alohida e’tirof etib aytamanki, qo’lingizdagi kitobchani tayyorlashda ustozlarimdan olgan bilimlarimning ham hissasi katta. Shunday ekan, oz bo‘lsada yutuqlarga erishishimga sababchi bo‘lgan, nafaqat ta’lim balki o’rni kelganda yaxshi tarbiya ham bergan ustozim Nazarov Abdulmutallib domlaga (Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin) va ingliz tilini o‘rganish va o‘rgatishda men uchun tamomila yangi jabha ko‘rsatgan serqirra inson-ustozim Iskandar Sattibaevga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Hurmatli kitobxon! Agar ushbu qo‘llanmadan o‘zingiz uchun foydali va to‘g‘ri narsalar topsangiz Allohdan, biror xato va kamchilikka duch kelsangiz kamina hodimingizdan, deb biling. Yaratgan siz-u bizni ilmimizni ziyoda qilsin. Omin!