Ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedogogika instituti



Yüklə 98,99 Kb.
səhifə5/5
tarix12.02.2022
ölçüsü98,99 Kb.
#52479
növüReferat
1   2   3   4   5
Mustaqil ish (1)

Realistik baho shaxsni o’rab turganlar ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo’ni-qo’shni va yaqinlarning o’rinli va asosli baholari, real samimiy munosabatlari mahsuli bo’lib, shaxs ushbu munosabatlarni ilk yoshligidanoq xolis qabul qilishga, o’z vaqtida kerak bo’lsa to’g’rilashga o’rgatilgan bo’ladi.

O’z-o’ziga bahoo’z-o’zi bilan muloqot o’zini konkret tarbiya obyekti sifatida idrok etishva o’zi bilan muloqotni tashkil etish sifatidao’z-o’zini ishontirish o’z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonishorqali, ijobiy xulq normalariga bo’ysundirish.

Ko’rib chiqilayotgan muammoga va hosil bo’lgan qarama-qarshilikka boshqa konseptual pozitsiyalaridan ham qarasa bo’ladi. Taxmin qilish mumkinki, o’smir qonunbuzarlarning o’z-o’ziga baho berish muammosida eng asosiy narsa yuqorilik yoki pastlik emas, balki ularning o’z bahosi sotsiumning bahosi bilan qarama-qarshiligi, tashqi bahoga (ota-onalar, pedagoglar,sinf) mos emasligidir. Bu jihatdan baho xar doim shaxsiy bahodan pastroqdir (agar u tog’ri bo’lsa ham).O’smirning delinkventlikka, asotsial fe’liga turtki mana shunda ko’rinadi. Hurmatga tan olinishga ehtiyoj shaxsining eng muhim ehtiyojlardan biri hisoblanadi. Ayrim shaxs konsepsiyalarda u asos, fundamental ehtiyojlarga kiritiladi (masalan: A.Maslouda). Bu ehtiyojning amalga oshishining tuzilishiga umumiy adaptatsion sindrom konsepsiyasi muallifi G.Sele tomonidan muhim omil, distress sifatida qaraladi. Shu bilan bog’liq ravishda u qayd etib o’tadiki, inson tan olinishiga ehtiyojmand, u doimiy dakkilarni ko’tara olmaydi, chunki bu mehnatini boshqa stresslarga nisbatan og’ir va mashaqqatli qilishadi. Shubhasiz, yuqorida aytilganlarning bari nafaqat o’smirlarga, balki kattalarga ham to’g’ri keladi, ammo o’smirlik yoshi bilan bog’liq o’zlik inqirozi va uning og’ir kechishini e’tiborga olsak, o’smirlarga ko’proq xos.

O’smirning shaxsiy bahosi sotsiumda asos topmagan vaziyatda, boshqalar unga doimiy past baho berganda, fundamental ehtiyojlardan biri bo’lmish hurmatga bo’lgan ehtiyoj doimiy to’sqinlikka uchrasa, shaxsiy discomfort hissi keskin kuchayadi. Shaxs doimiy ravishda o’tkir discomfort va distress holatida bo’la olmaydi, o’smir vujudga kelgan vaziyatdan chiqish yo’llarini qidiradi. Uning o’z-o’ziga bergan bahosi ijtimoiy makonda o’z tasdig’ini topishi kerak. Ushbu muammoni yechishning keng tarqalgan usullaridan biri o’smirning atrofidagilarning bahosi shaxsiy bahoga mos keladigan va xatto undan oshadigan guruhga o’tishidir. Ushbu guruhda o’smirlarni qadirlashadi (bu doimiy ravishda og’zaki va noog’zaki tasdiqlanadi), bu hurmatga bo’lgan ehtiyojning qondirilishiga, bundan kelib chiqqan xolda, qoniqishga, ushbu guruh ichidagi comfort holatiga olib keladi. Shunday qilib, o’smirning o’ziga bergan bahosi shaxsning tashqi ijtimoiy baholari makonida adekvat tayanchga ega bo’ladi.O’smir o’tgan guruh ko’pincha turli orientatsiyaga, turlicha qadriyatlarga ega bo’lishi mumkin.Afsuski, o’smir o’ziga kerakli ijtimoiy tayanchni topgan yangi noformal guruhda juda ko’p hollarda konrtnormativ qadriyatlar shkalasi ustunlik qiladi.Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, qadriyatlarning kontnormativligi o’smir-delinkventlar guruhining xarakterli jihati hisoblanadi.

Lekin tashqi va ichki baho o’rtasidagi ziddiyatni xal qilishning tasvirlangan usuli salbiy oqibatlarga olib kelmasligi ham mumkin. Bu o’smir normativqadriyatlar shkalasiga yo’naltirilgan noformal guruhga kirgan holatda ro’y beradi

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Ismoilova “Ijtimoiy psixologiya”

2.Karimova “Ijtimoiy psixologiya”

3.https://genderi.org/

4.https://hozir.org/

5.https://www.uwed.uz/



6. https://genderi.org/
Yüklə 98,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin