O’z-o’ziga baho o’tayuqori ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sirko’rsatmaydi.Chunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarningboshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo’rttirilishi, noo’rin maqtovlar, turliqiyinchiliklarni chetlab o’tishga intilish tufayli shakllanadi.
O’z-o’ziga bahoning past bo’lishi ko’pincha atrofdagilarning shaxsganisbatan qo’yayotgan talablarining o’ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o’qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil bo’lishi mumkin. Shuning uchun yoshlar tarbiyasida yoki real jamoadagi odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki taz’yiq ko’rsatish kerak bo’lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi. Shunday qilib, o’z-o’ziga baho sof ijtimoiy hodisa bo’lib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o’rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog’liq bo’ladi. Keng ma’nodagi yirik ijtimoiy jamoalar etalon rolini o’ynashi oqibatida shakllanadigan o’z-o’ziga baho o’z-o’zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Masalan, mustaqillik sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va mustaqillik mafkurasiga sadoqat hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, har bir yosh avlodda o’zliginianglash, o’zi mansub bo’lgan xalq va millat ma’naviyatini qadrlashhislarini tarbiyalamoqda. Bu esa, o’sha yuksak o’z-o’zini anglashningpoydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmidir. Demak, o’z-o’zinibaholash o’z-o’zini tarbiyalashning muhim mezonidir. O’z-o’zinitarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi: