Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti turkiy tillar fakulteti



Yüklə 104,3 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü104,3 Kb.
#208996
1   2   3   4   5   6
REYIMBOYEVA D. KURS ISHI

Asosiy qism

  1. Alpomish dostonida til xususiyatlari

  2. Yordamchi so’zlarning qo’llanuv doiralari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
“Alpomish” dostonining matni ustida ishlashda oʻqituvchi doston yaratilgan davr tili va bugungi adabiy til oʻrtasida farq borligini talabalarga tushuntirmog‘i lozim. Shuning uchun, oʻqituvchi darslikda berilgan “Alpomish” dostonining matnini talabalarga oʻqish uchun vazifa qilib berar ekan, oʻzlari uchun notanish boʻlgan soʻzlarning roʻyxatini tuzib kelishni topshiriq qilib beradi. Tabiiy ravishda oʻqituvchining oʻzi ham doston matni uchun alohida lug‘at tuzib olishi maqsadga muvofiqdir. Bu lug‘at “Oʻzbek tilining izohli lug‘ati” yoki “Alpomish” dostonining izohli lug‘ati”[2.15-b] asosida tuziladi. Bundan tashqari, 9-sinf adabiyot darsligida berilgan dostondagi soʻzlarning izohli lug‘ati ham dars jarayonida oʻqituvchiga asosiy dasturulamal boʻlib xizmat qiladi[3]. “Alpomish” dostonining matni ustida ishlash oʻqituvchidan katta mas’uliyatni talab qiladi. Chunki, oʻqituvchi birgina shu doston misolida butun oʻzbek xalq dostonchiligi, uning mazmun-mohiyati, badiiy adabiyotda tutgan oʻrni, xalqimiz ma’naviyatiga ta’siri, talabalarning komil inson boʻlib yetishishlaridagi ulkan vazifasi, bir soʻz bilan aytganda, dostonchilikka xos boʻlgan badiiy estetik funksiyasi haqida ma’lumot bermog‘i lozim. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yoʻnalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan oʻqituvchilari dars mashg‘ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qoʻllash natijasida talabalarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, oʻz fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish koʻnikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Bugungi kunda jamiyatimizda yoshlar tarbiyasi barchaning birdek diqqate’tiborida turgan dolzarb masalardan biridir. Oʻqituvchi tomonidan oʻquv jarayonida yoshlarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar, zamonaviy uslublarning qoʻllanishi, yoshlarni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, mas’uliyatni his qilish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan foydalanishga, eng asosiysi, oʻqishga, fanga va oʻzi tanlagan kasbiga boʻlgan qiziqishlarini, shuningdek pedagogik faoliyatga nisbatan hurmatini kuchaytiradi. Ta’limning bugungi vazifasi oʻquvchilarni kun sayin takomillashib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoiti mustaqil ravishda faoliayt koʻrsata olishiga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga oʻrgatishdan iboratdir.1 Ta’lim islohotlarining zamonaviy bosqichi jamiyatda yuz berayotgan yangilanishlarning tezkorligi, ta’lim mussasalariga qoʻyilayotgan yangi, yanada yuqori talablarga tezroq moslashish bilan bog‘liq dolzarb vazifalarni ilgari surmoqda. Bunday sharoitlarda ta’lim muassasasini rivojlantirish va zamon talablari darajasida faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar salmog‘i uzluksiz ortib boradi. Qoʻyilayotgan vazifalarning deyarli barchasi, tamoyil jihatidan, yangi talablarni keltirib chiqaradi va ularni hal qilishda jamoaning faqatgina mavjud tajriba asosida ish koʻrishi yetarli boʻlmay qoladi. Alpomish dostoni sharq xalqlarining uzoq oʻtmishi tarixi, turmushi, orzu – armonlarining badiiy ifodasidir. Shu boisdan dostonning tili boy, sodda, jozibali va ravondir. Unda tushunilmaydigan soʻzlar u qadar koʻp emas. Lekin bu asarda xalq donishmandligining ifodasi boʻlmish maqollar, tasviriy vositalar va mubolagʻalardan keng foydalanilgan, oʻzbek xalqining qadimiy urf – odatlari, an’analari goʻzal badiiy vositalar bilan tasvirlangan. Agar oʻqituvchi asarni sharhlash orqali oʻquvchilarga ana shularni yetkazsa, ilm toliblari oʻquv materialidan toʻliq xabardor boʻladilar. Tajribali oʻqituvchilarning fikricha, sharhlab oʻqish orqali, biror bir asar matnini izohlash jarayonida oʻquvchilar notanish soʻz ma’nosi bilan, ayrim soʻzlarning koʻchma ma’nosi yoki bir soʻzning bir necha xil ma’nolari bilan tanishadilar. Sharhlab oʻqitish usuli quyidagicha amalga oshiriladi.


Yüklə 104,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin