Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti turkiy tillar fakulteti



Yüklə 87,06 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü87,06 Kb.
#202471
1   2   3   4   5   6
9. Erkin Vohidov sinonimlar

_______________________________


RЕJA:
Kirish
1. O‘zbek tilida sintaktik sinonimiya
2. Badiiy asarlar tilida sinonimlar
3. Erkin Vohidov she’rlarida sintaktik sinonimlar
Хulоsa
Fоydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


KIRISH

Lingvopoetika sohasi ham til, ham adabiyot fanini o‘zida birlashtirgan sohalardan biridir. Bir so‘z bilan aytganda, badiiy ijod namunalarimizning til xususiyatlarini o‘zida jamlagan o‘ziga xos soha.


Badiiy adabiyot tilini o‘rganish va tahlil qilishning ham nazariy, ham amaliy masalalari ko‘pdan buyon filologlarni qiziqtirib kelmoqda. Chunki muayyan til stilistikaning rivojlanishida milliy badiiy adabiyot tilining ahamiyati kattadir.
Erkin Vohidov hech bir sheʼrini shunchaki yozmaydi, balki ularning har birida hayotning muhim masalalarini, inson bilan bogʻliq haqiqatning yangi-yangi qirralarini kashf etadi. Shoir sheʼrlarida vatanparvarlik, Vatanga, uning cheksiz kengliklariga muhabbat, ona yurtning yorug‘ kelajagiga ishonch mavzusi eng muhim mavzu bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi.
Erkin Vohidov asarlari tili o‘zining mazmundorligi va serjiloligi bilan birga til vositalaridan foydalanishda katta isteʼdod va mahorat egasi ekanligidan dalolat beradi. Uning sheʼrlarida o‘zbek qahramoni ruhi, uning nutq shakli, olamni bilish va ifoda tarzi yaqqol sezilib turadi. Uning maktablarini yaratish nafaqat tilshunos, adabiyotshunos yoki tarixchining, balki millat uchun yuragi yongan barcha-barcha insonlarning burchidir. Erkin Vohidov asarlari tilini o‘rganish, ularga mehr qo‘yish va munosib tarzda tahlil etish orqali o‘quvchilarga ularning etib borishini osonlashtirish o‘z navbatida tilimiz mustaqilligiga, mafkuramiz mustaqilligiga va avlodlarimiz barhayotligiga ko‘mak beradi.
Darhaqiqat, beqiyos poetik mahoratt egasi bo‘lgan shoir Erkin Vohidov sheʼriy asarlari vatanparvarlik, xalq dardi bilan yonib yoshash, shoirlik masʼuliyati, haqiqat va adolatni dadil ayta olishlik, muhabbat va sadoqat kabi eng go‘zal tuyg‘ular tarannumi, insoniy fazilatlar sabog‘i bo‘lib yangraydi. Zero, piyolaga egilgan choynakning kamtarlik fazilati sizu bizga o‘rgatilgan oddiy hayotiy, hech kim tomonidan o‘ylab topilmagan beqiyos saboqdir. Badiiy adabiyotning asosiy xusussiyati insonga estetik tarbiya berishligidir.
Badiiy nutqning taʼsirchanligini taʼminlashda sintaktik usuldan keng foydalaniladi. Ekspressivlik «sintaktik gradatsiya, sintaktik sinonimiya, bog‘lovchilarning maxsus qo‘llanishi, antiteza, monolog, sukut, inversiya, takroriy gaplar, ritorik so‘roq» kabi uslubiy figuralar «fikrning o‘ta taʼsirchan ifodalanishi»ga xizmat qiladi.


Yüklə 87,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin