3. Erkin Vohidov she’rlarida sintaktik sinonimlar
So‘nggi yillarida milliy asarlarimizni xolis o‘rganishga, ularni yuksak badiiyat mezonlari asosida tadqiq qilishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. O‘zbek adabiyotshunosligida, ayni paytda, mustaqillikkacha va undan keyingi yillarda yaratilgan asarlar misolida o‘zbek nasri badiiy tafakkuridagi yangilanishlarni, voqelikni badiiy ifodalash yo‘sinlarini dunyo adabiyotshunosligi o‘lchovlariga mos ravishda, ularni bugungi kun talabidan kelib chiqib ilmiy-nazariy jihatdan to‘g‘ri baholash muhim vazifalardan biridir. Demak, asarlarni adabiy-tarixiy jarayon konteksti, yozuvchi va badiiy asar juftligi, ijodkor va ma`naviy-ruhiy dunyosini o‘rganish, ularda insonning individual va ijtimoiy borlig‘i ifodalanishining bugungi islohotlar jarayoniga tatbiq etilishi, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma`naviy kamolotini ta‘minlashga xizmat qilishga yo‘naltirilishi muhim ma‘rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 -yil 13 -senyabrdagi ― Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonli k madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida‖gi PQ-3271-son Qarori milliy asarlarimizni o‘rganishga yanada keng yo‘l ochdi.
―Hayot – murakkab xodsadir, yozuvchi shu marakkablikni tasvir eta bilsagina hayotimiz haqqoniy manzarasini yarata oladi, – degan edi adabiyotshunos Izzat Sultonov. Haqqoniy hayot manzarasini yaratish uchun yozuvchidan yuksak mahorat va kuchli iste`dod talab etiladi. Bularsiz badiiy asar vujudga kelmaydi.
Badiiylik yaratilayotgan har bir asarning, jumladan, so‘z san`atining asosiy va doimiy xususiyati sanaladi. San`atning barcha turlari uchun yagona mezon sanalmish badiiylik keng tushuncha bo‘lib, obrazlilikni o‘z ichiga qamrab oladi.
Inson qalb torini cherta olmaydigan, unga estetik zavq bag‘ishlamaydigan asar badiiylikdan bebahra sanaladi. Bunday asarlarni Abdulla Qahhor aytganidek, ― rangsiz, nursiz, haroratsiz yozilgan asarlar hayotni chuqur o‘rganmasdan, uning achchiq- chuchugini tatimasdan, o‘sha hayot odamlarining qalbiga payvand qilmasdan, dardsiz, ehtirossiz, ya`ni ilhomsiz yozilgan asarlardir, – deb ayta olamiz. Asarning kuchi uning badiiyligidadir. 30-yillarda yaratilgan Oybekning ―Qutlug‘ qon‖ romani hech shubhasiz, mana shunday badiiy yuksak mahorat mahsuli deya olamiz. Bu asar yozuvchining individual uslubi asosida yaratilgan badiiy yuksak asar bo‘lib, o‘zbek adabiyotida o‘zining munosib o‘rnini topgan. Bizga ma`lumki, badiiylikning o‘zagi obrazlilikdir. Yozuvchi o‘z g‘oyasini, qarashlarni, orzu-istaklarini obrazlar vositasida butun kechinmalari bilan o‘quvchiga etkazadi. Masalan, Oybek Yo‘lchi obrazini shunday tasvirlaydiki, u kitobxon ko‘z o‘ngida jonli inson sifatida gavdalanadi. Obrazning hayotiyligi, murakkab hayot yo‘lining real chizgilarda berilishi, xarakter nutqi, unga xos bo‘lgan barcha xususiyatlar asarning boshqa qahramonlari tilidan aytilishi jarayonida obraz mukammalligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, asar tili ham o‘ziga xos tarzda yaratilgan. Asar tili ravon va samimiyligi shundaki, asarda shevaga xos va o‘sha davr ruhini aks ettiruvchi so‘zlarning ishlatilishi, hamda ularini barcha obrazlar nutqida me‘yorida va mantiqli tarzda qo‘llangangi. Ma`lumki, obraz so‘zlar vositasida aks ettiriladi. Badiiylikning bosh mezoni sanalmish til badiyati bu asarda alohida ahamiyat kasb etadi. Asardagi sheva va lahjalarga mansub so‘zlarning ishlatilishi asar tilining shukuhi va jozibasini ko‘targan. Bizga malumki, shevalar tilning so‘z hazinasini, uning tasvir hamda ifoda imkoniyatlarini boyituvchi omillardir.
XX asr o‘zbek adabiyoti juda katta taraqqiyot bosqichini bosib o‘tdi. Asrlar davomida shakllanib, taraqqiy etib kelgan she’riyat o‘tgan asrning 60-yillariga kelib, yana bir bor yuksalish jarayonini o‘z boshidan kechirdi. Bu davrga kelib adabiyotda, xususan, she’riyatda yangicha talqinlar, tuyg‘ular ifodasi teranlasha boshladi. Ushbu jarayonda iste’dodli shoir Erkin Vohidovning o‘ziga xos o‘rni mavjud. She’rda ma’nodosh so‘zlarning qo‘llanilishi faqatgina ma’noni kuchaytiribgina qolmay, mazmunni o‘quvchilarga yetkazib berishda qulay imkoniyat ham yaratadi. Shakli bir xil bo‘lsa ham, ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlar sinonimlar deyiladi. Bir ma’noning bir necha so‘z shakllari orqali berilishi sinonimlarni yuzaga keltiradi. So‘zlarning o‘zaro sinonim munosabatda bo‘lishi sinonimiya hodisasi deyiladi [Xolmonova Z.T. Tilshunoslikka kirish. Toshkent, 2007, – B. 92.]. Sinonimlar gapdagi takrorga yo‘l qo‘ymaydi. O‘rinsiz takror nutqqa zarar yetkazadi. Sinonimlar badiiy uslub vositasi bo‘lib, adabiy tilni boyitish manbalaridandir [Xolmonova Z.T. Tilshunoslikka kirish. Toshkent, 2007, –B. 117.]. Shoir bitta so‘zni tanlarkan, uni takrorlamaslik uchun boshqa ma’nosidan mohirona foydalanadi. Uning “Ishq savdosi” saylanmasidan o‘rin olgan “Xayrli kech” she’ri fikrimizga dalil bo‘la oladi. Shoir tilak, niyat so‘zlarini tanlash orqali tasvirda milliy ruhni olib chiqishga erishgan: Tilak qadrin bilar odamlar , Yaxshi niyat qilar odamlar. Do‘stga tungi orom oldidan Xayrli kech tilar odamlar [Erkin Vohidov. Saylanma. 1-jild. Ishq savdosi, T.: Sharq, 2000. – B. 13.]. She’rning keyingi misralarida E.Vohidov ma’nodosh so‘zlarni ketma-ket qo‘llab ma’no ta’sirchanligini oshirgan. Uning ijodida ikki yoki undan ortiq ma’nodosh so‘zlarni aynan bir o‘rinda aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda qo‘llash holatlari ko‘p uchraydi. Shu bilan bir qatorda, misrada frazeologik ma’nodoshlikning betakror namunasiga duch kelamiz. Frazeologik sinonimiya bir necha frazemaning bitta frazeologik ma’no atrofida birlashishidir. Frazeologik sinonimlarda uslubiy bo‘yoq, odatda, bo‘rtib turadi. Aslida, frazeologik birliklar xuddi shu maqsadda – voqelikni nomlashda uni o‘tkir baholab berish uchun, shu voqelikka ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalash uchun yaratiladi, shuning uchun ular nutqning ta’sirchan, obrazli bo‘lishini ta’minlovchi muhim uslubiy vosita sanaladi. [Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, T.: 2005. – B. 222.]. Xayrli kech – hikmatli istak, Bu istakni buyurmish yurak. Xayrli kech – farahli tuning Osoyishta, tinch bo‘lsin, demak… [Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, T.: 2005. – B. 222.] Erkin Vohidov “Ona tuproq” she’rida qutlug‘, muqaddas, mo‘tabar, tabarruk kabi ma’nodosh so‘zlarni qo‘llab, Vatanning qadrli maskan ekanligini ta’kidlab o‘tadi: Nega inson yerni qutlug‘ der, Tuproqni ham sanar muqaddas? Yo‘q mo‘tabar emas asli yer , Tuproq o‘zi tabarruk emas. Dastlab o‘sha yer uzra odam To‘kkanida halol manglay ter, Gavhar undi ona tuproqdan, Qutlug‘ bo‘ldi muazzam bu yer [Erkin Vohidov. Saylanma. 1-jild. Ishq savdosi, T.: Sharq, 2000. – B.14.]. Shoir “Qizaloq” she’rida qo‘g‘irchoq o‘ynayotgan qizcha hayotning zahmatini, ona buyuk zot ekanligini, mushfiq onalikning mashaqqatini bilmay turib bo‘yniga olayotganligini tasvirlaydi. E.Vohidov o‘quvchiga mana shunday oliy tuyg‘uni anglatmoqchidek bo‘ladi: Halitdan onalik mehr-shafqatin Dilingga soldingmi, erka qizaloq? Tatib ko‘rmay hali hayot zahmatin, Mushfiq onalikning bor mashaqqatin Bo‘yningga oldingmi, erka qizaloq [Erkin Vohidov. Saylanma. 1-jild. Ishq savdosi, T.: Sharq, 2000. – B. 22.]? Alibek Rustamov “So‘z xususida so‘z” kitobida E.Vohidovning yetuk asarlarida uchraydigan olam, fazo, borliq, dunyo so‘zlari ma’no mazmunini yoritib berishga intiladi: Olam so‘zining ma’nosini aniqlash uchun uni koinot, jahon, dunyo so‘zlari bilan qiyoslashimiz kerak bo‘ladi. Moddiy va sezish mumkin bo‘lgan tabiiy mavjudotning hammasi koinotga kiradi. Fazo ham muhit sifatida koinot tarkibidadir. Koinotning asl lug‘aviy ma’nosi bo‘luvchi, ya’ni vujudga keluvchi narsalardir. Dunyo deganda inson hayoti bilan bog‘liq tabiiy va sun’iy mavjudot tushuniladi. Shuning uchun, dunyo so‘zi boylik, mol-u mulk ma’nosida ham qo‘llanadi. Jahon so‘zida koinot bilan dunyoga xos xususiylik yo‘q va u olam so‘zining eng yaqin ma’nodoshi sifatida ham qo‘llanadi. Olam so‘zining o‘ziga xos tomoni shundaki, u faqat moddiy mavjudot emas, ma’naviyatga nisbatan ham qo‘llanadi. Undan tashqari, olam so‘zi borliqning azaliy va abadiy jihatini ham o‘z ichiga oladi. [Rustamov A. So‘z xususida so‘z. Toshkent. 1987. – B. 83.]. Shoir “Go‘zallik” she’rida borliq, olam, dunyo singari ma’nodosh so‘zlarni qo‘llab, go‘zallikni olam va odam bog‘liqligida deb biladi: Mulki borliq ichra bir mahal Ko‘rksizgina olam yaralgan. Bermoq uchun dunyoga sayqal Olam aro odam yaralgan [Erkin Vohidov. Saylanma. 1-jild. Ishq savdosi, T.: Sharq, 2000. – B. 29.]. Shoirning badiiy til mahorati uning leksik ma’nodoshlikdan tasvir tiniqligi, badiiy barkamollik, nazarda tutilayotgan asosiy g‘oyaga urg‘u berishlikni qo‘llaganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Satrlar sof samimiyat bilan sug‘orilgan, desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
XULOSA
Sinonimik munosabat, odatda, bir turkum so‘zlari orasida bo‘ladi. Sinonimlar ma’no anglatishi jihatidan bir xil bo‘ladi. Leksik ma’noning darajasiga, stilistik bo‘yog‘iga, nutqda ishlatilishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
So‘zlarning o‘zaro sinonim bo‘lishi yoki bo‘la olmasligi ularning shu tushunchani konkret yoki umumiy holda ifodalashi ham asosiy belgi hisoblanadi. Birdan ortiq so‘zning o‘zaro sinonim bo‘lishi uchun aynan bir tushunchani shu so‘zlarning hammasi ham to‘la ifodalanishi kerak. Agar bir tushunchaning biror tomonini kuchaytirib, obrazli qilib ifodalaydigan bo‘lsa, shu tushunchani to‘la ifodalaydigan so‘z yoki so‘zlar bilan sinonim bo‘la olmaydi. Masalan: qaramoq, boqmoq, tikilmoq so‘zlari umuman biror narsa yoki tomonga termulmoq so‘zlari umuman biror narsa yoki tomonga ko‘z tikmoq ma’nosini bildiradi. Demak, tikilmoq, termulmoq so‘zlarida ifodalangan tushunchaga kiradi. Lekin bulardan faqat qaramoq va boqmoq so‘zlarigina to‘la ma’noda sinonim bo‘la oladi. Tinglamoq so‘zi aslida eshitishga diqqat-e’tibor bermoq ma’nosini bildirgan, ya’ni diqqat bilan quloq solmoq ma’nosini bildirgan. Shu ma’noda hozir ham qo‘llaniladi.
So‘z tanlashda sinonimlarning faqat ma’no xususiyatlarigina emas, balki stilistik bo‘yog‘i ham e’tiborga olinadi. Chunki stilistik bo‘yoq shu so‘z anglatayotgan hodisaga so‘zlovchining munosabatini bildirib turadi. Sinonimlar o‘zaro nutqda ishlatilish doirasi jihatdan farqlanib tursa, nutqiy sinonimlar deyiladi. Masalan: chiroyli, go‘zal, ko‘hlik, suluv, zebo so‘zlari o‘zaro nutqda ishlatilishi nutq ko‘rinishlari bo‘yicha chegaralanmagan; ko‘hlik so‘zi asosan so‘zlashuv nutqida go‘zal, zebo so‘zlari esa badiiy nutqda ishlatiladi.
Sintaktik sinonimiya (mazmundoshlik)ni sintaktik parallellizm deb yuritish biroz noaniqlik tug‘diradi, chunki parallellizm leksik sathda variantlilikni ifodalasa, sintaksisda, yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, parallel sintaktik strukturali gaplarni ham ko‘rsatadi. Shuning uchun, mazmuniy parallellizm atamasi o‘zini to‘la oqlamaydi. Bizningcha, sintaktik sinonimiya ma’nosida mazmundoshlik atamasi qo‘llansa va sintaktik sinonimiyani hosil bo‘lishiga xizmat qiluvchi birliklar, ya’ni grammatik shakllar – bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi vositalar leksik sinonimiyani hosil qiladimi, sintaktik sinonimiyanimi , qayta tekshirib ko‘rish lozim.
Erkin Vohidov hech bir sheʼrini shunchaki yozmaydi, balki ularning har birida hayotning muhim masalalarini, inson bilan bogʻliq haqiqatning yangi-yangi qirralarini kashf etadi. Shoir sheʼrlarida vatanparvarlik, Vatanga, uning cheksiz kengliklariga muhabbat, ona yurtning yorug‘ kelajagiga ishonch mavzusi eng muhim mavzu bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |