Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti turkiy tillar fakulteti


O‘zbek tilida sintaktik sinonimiya



Yüklə 87,06 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü87,06 Kb.
#202471
1   2   3   4   5   6
9. Erkin Vohidov sinonimlar

1. O‘zbek tilida sintaktik sinonimiya

Sinonimlar tilning omonimlarga tomoman teskari hodisa hisoblaniladi. Sinonimiya yunoncha (“synonymus”) so‘zi bo‘lib, “bir ma’noli” degan ma’noni bildiradi. Ona tili darslarida sinonimlarga shakli har xil ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlar deb yuritiladi. Sinonimlar ijodkorning so‘z boyligini bildiradigan hodisa sanaladi. Aslida hech bir tilda ma’nosi bir-biriga aynan teng so‘zlar yo‘q. Tildagi har bir so‘z betakror ma’noni ifoda qiladi. Har bir so‘zning o‘z jilosi, qamrov doirasi, ko‘lami bo‘ladi. Masalan: yuz, bet, aft, chehra, bashara so‘zlari sinonim so‘zlar deyiladi. Biroq yuz, chehra so‘zlari ijobiylik sifatini bildirsa, aft, turq so‘zlari salbiy ma’noni bildiradi. Umuman, har bir so‘zning o‘z ta’sir ko‘lami, ma’no yo‘nalishi bo‘ladi. So‘zning semantik strukturasidagi asosiy hodisa leksik ma’nodir. So‘zning kelsik ma’no taraqqiyotini o‘rganuvchi sohaga semasiologiya deyiladi. (gr.semasia – belgi, ifoda)


So‘zning lug‘aviy birlik sifatida nimanidir bildirishiga leksik ma’no deyiladi. Masalan: kuz so‘zi yoz so‘zi bilan qish orasidagi faslning nomi, oq so‘zi qoraning zidi bo‘lgan rangning nomi, to‘rt so‘zi uch bilan besh orasidagi butun miqdorning nomi, so‘zlamoq, uxlamoq ma’lum harakat haqidagi tushunchasi aks ettiriladi. Shunga ko‘ra leksik ma’no bilan tushuncha esa tafakkurga xos hodisa. Bularning har ikkisi ham umumlashtirish, abstraksiya asosida tug‘iladi. Lekin tushuncha fikrlash qobiliyatidagi natija sifatida kishilikka nisbatan umuman belgilangan leksik ma’noga xos umumlashish esa har bir tilning o‘z xususiyatlari doirasidagina bo‘ladi. Umuman, so‘z bilan tushuncha orasidagi munosabat anchagina murakkab. Bir tomondan, har bir so‘z ma’lum ma’noni bildiradi, ammo har qanday so‘z tushuncha anglatavermaydi. Ikkinchi tomondan, bir so‘z birdan ortiq tushunchaning ifodasi sifatida xizmat qilishi mumkin: ko‘p ma’noli so‘zning har bir leksik ma’nosi alohida tushunchani anglatadi. Masalan: ko‘z so‘zining “qarash organi”, “ignaninng teshigi”, “uzukdagi qimmatbaho tosh” ma’nolari sifatida qaralishi mumkin. Lekin ma’no bilan tushuncha orasidagi tenglik odatda terminlarda bo‘ladi. (lot.terminus – chegara, chek) Termin ham so‘zdir. Lekin u boshqa so‘zlardan o‘z leksik mundarijasining aniq belgilab qo‘yilgani bilan farq qiladi. Shunga ko‘ra termin odatda har qanday kontekstda ayni bir tushunchani anglatadi. Masalan: tilshunoslikda urg‘u termini “havo oqimiga beriladigan zarb yordamida so‘zning tovush jihatidan bir butunligini hosil etish usuli tushunchasini”, adabiyotshunoslikdagi qofiya termini “misralar jihatdan bir xilligi tushunchasini anglatadi”. Leksik ma’nolari sistemasida avvalo bosh ma’no va yasama ma’no farqlanadi. Boshqa bir leksik ma’noning taraqqiy etib chiqishi ko‘zda tutiladi.
Sintaktik sathda sinonimlik hozirgacha shakliy sintaksis tamoyillari bilan tasniflangan bo‘lib, ularda, asosan, morfologik belgi – ko‘rsatkichlar (ko‘makchi morfemalar va yordamchi so‘zlar) ma’nodoshligi bosh omil hisoblanadi.
Sintaktik sinonimlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. So‘z birikmalari sinonimiyasi.
2. Gaplar sinonimiyasi.10 Sintaktik sinonimlarni tasniflashda turkolog olimlar har xil fikrlarni bildirgan bo‘lsa-da (Y.P.Shendels 3 turga, V.P.Suxotin hamda V.I.Kononenko 4 turga, S.M.Ibragimov esa 9 turga bo‘ladi), lekin asosiy klassifikatsiya yuqorida ko‘rsatilgan ikki turni ifodalaydi xolos. Sinonim gaplar oddiy tushunchadagi leksik sinonimlardan quyidagicha farqlanadi:
1. Leksik sinonimlar til birligi hisoblansa, sinonim gaplar nutq birligi sanaladi.
2. Leksik sinonimiya ko‘pincha, bir necha leksik birliklar o‘rtasida kuzatilsa, gap sinonimiyasi, asosan, ikki sintaktik konstruksiya o‘rtasida yuzaga chiqadi.
Sintaktik sinonimlar noverbal vositalar bilan qo‘llanishi mumkin. “Pantamimo va xareografiyada yuz va tana harakatlari bilan noverbal nutq amalga oshiriladi. Bu harakatlar, ko‘pincha, hamma tillarda so‘zlashuvchilar va har xil madaniyat egalariga bir xilda tushunarli va ta’sirli kechadi. Eslang, kino hali ovozlashtirilmagan davrda tomoshabinlar kadr ostidagi titrdan ko‘ra qahramonlarning yuz ifodasi va harakatlari orqali voqeani yaxshiroq idrok etishgan. Shuning uchun ham jahonning mashhur kinorejissori Charli Chaplin kino ovozlashtirilganda ham undan foydalanmadi. Uning oq-qora tasvirdagi ovozsiz kadrlari hamon hammani hayratga solib kelmoqda. Buning sababi ulardagi mimikaning va harakatlarning verbal vositalardan ko‘ra ko‘proq ma’no ifodalashidadir”.

Yüklə 87,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin