Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti turkiy tillar fakulteti



Yüklə 87,06 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü87,06 Kb.
#202471
1   2   3   4   5   6
9. Erkin Vohidov sinonimlar

2. Badiiy asarlar tilida sinonimlar

Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi sinonimlardan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. Ba’zi sinonim so‘zlarning ma’nosini farqlash birmuncha murakkab bo‘ladi. Hatto adabiy nutqni yaxshi biladigan, sinonimlarni to‘g‘ri tanlab, ularni maqsadga muvofiq ishlata oluvchi kishilar ham ko‘pincha sinonimik so‘zlar ottenkalaridagi tafovutlarni tushuntirishda ojizlik qilishlari mumkin. Masalan, bir sinonimik qatordagi iflos, isqirt, irkit, isliqi, iqna so‘zlarining ma’no nozikliklarini osongina izohlab berish qiyin. Sinonim so‘zlarning ma’no qirralarini to‘g‘ri anglash va o‘z o‘rnida qo‘llash ularning qanday so‘zlar bilan birikib kela olishi imkoniyatlarini ham hisobga olishni talab etadi. Masalan, qasamyod, qasam, ont; qasamyod qilmoq, qasam ichmoq, ont ichmoq. Qasam qilmoq, ont qilmoq deb bo‘lmaganidek, qasamyod ichmoq ham deyilmaydi.


Hamid G‘ulomning “Mangulik” asarida shunday so‘zlar bor: “Oradan zum o‘tmay Umriniso bilan Salima uning o‘z bog‘iga kirib ketdilar” (240-bet).
Xuddi shu ma’nodagi gap Mumtoz Muhammedovning “Tasodif” asarida ham keltirilgan: “Oradan xiyol o‘tmay Azamat aka degan qiz bolaning mayin ovozi eshitildi” (55-bet).
Yana bir asarda Mahmud Muhammedovning “Mariya Petrovna hikoyasi” asarida shunday gaplar bor: “Tavba erta sahar kampir bechoraga biron narsa bo‘ldimi” (31-bet).
Tilovoldi Jo‘rayevning “Asr tuqqan odam” nomli hikoyalar to‘plamida shunday gap bor: “Go‘dak oyog‘i chiqqan bola, o‘smir yigitcha yigit kishi… ” (62-bet).
Uning o‘rniga yangi yap-yangi to‘shalgan taxta kelibdi …” (22-bet). “Mansab amal ulug‘ narsadir …” (81-bet).
Yig‘lamang, siqilmang opa tuzalasiz” (115-bet).
Xiyol jilmayib, tirjayib turibdi” (O‘.Hoshimov 22-bet).
Bir haftadan keyin tag‘in obkelasiz deb qoladi ketimizdan chiqqan tabib buva jilmayib” (33-bet).
Bir fikr bayonida sinonimik qatordagi so‘zlardan bir yo‘la ikkitasini yoki undan ortig‘ini ishlatish sinonimlarning stilistik figura sifatida xizmat qilishi bilan bog‘liq.
Sinonimlar stilistik figura sifatida quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
1. Ma’noni kuchaytirish, umumlashtirish, jamlash maqsadida sinonimik juft so‘zlar ishlatiladi: baxt-saodat, qadr-qimmat, hurmat-ehtirom.1 Bunday vaqtda ikkinchi sinonim birinchisining aynan takrori bo‘lmay, balki u ifodalayotgan tushunchani qo‘shimcha belgisi bilan to‘ldirib turadi.
2. Fikrning nutqdagi o‘xshash yoki yaqin tafsilotlarini xilma-xil shakllarda ifodalash uchun ikki yoki undan ortiq sinonimlar ishlatiladi. Bunday vaqtda sinonimlar turli ko‘rinishlarda, chunonchi, o‘zak sinonimlar shaklida (katta, ulug‘, buyuk, zo‘r, azim, ulkan), qo‘shma, yasama so‘zlar shaklidagi (dov yurak, qo‘rqmas) sinonimlar, birikma sinonimlar (farq qilmoq, tafovut qilmoq) va nihoyat, evfemistik so‘z yoki so‘zlar birikmas orqali ifodalanadigan (og‘ir oyoq, ikkiqat, homilador, yukli) sinonimlar shaklida bo‘ladi.
Sinonimlar nutqni ta’sirchan bayon qilishda hamda uslubning rangdor bo‘lishini ta’minlashda, qaytariqlarning oldini olishda katta ahamiyatga ega.
O`zaro ma’nodoshlik qatorini hosil qiluvchi so`zlar tushunchaning belgisini turli daraja bilan ifodalashi, ba’zi so`zlar belgini normal daraja bilan (neytral) ifodalasa ba’zilari kuchli darajasini ifodalashi mumkin. Sinonim so`zlar emotsional bo`yoqli va emotsional bo`yoqsiz so`zlarni tashkil etib, ular yana salbiy emotsional va ijobiy emotsional so`zlarga bo`linib ketishi mumkin.
Quyosh ufqqa lab bosdi. Kichkina shalaq arava tuproq yo`ldan imillab borar edi. Qora eshak chillakday ingichka oyoqlari bilan tuproq changitib, aravani sudrab borar, g`ildiraklar nola chekkan kabi hazin g`iyqillardi…
Quyosh yer ortiga yumalab ketdi. Oqshom shamoli ufqda yonib turgan shafaq alangasini puflab o`chirdi. Hamon g`ildiraklar nola chekar, shalaq arava tepalikka chiqib borardi. (“Muhabbat”23-bet) Bu ikki jumlada Quyosh yer ostiga yumalab ketdi, Quyosh ufqqa lab bosdi” bu ikki gap konteksda o`zaro sinonimlik qatorini hosil qilgan.
Ma’lumki, har bir lingvistik vosita badiiy nutqda nominativ vazifa bajarish bilan birgalikda uslubiy vosita ham bo‘la olishi mumkin. Sintaktik figuralar jonli til tabiatidan kelib chiqadigan nutqiy hodisalar bo‘lib, badiiy nutqda muayyan uslubiy maqsadni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Chunki badiiy asarda til birliklari muallif tomonidan kommunikativ ta’sir maqsadida tanlab olinadi va shu jarayonda adibning individual faoliyati namoyon bo‘ladi.
So`z leksik ma’nolarida paradigmatik munosabat semantik jihatdan qaralganda dastlab so`zlar ma’no bir xilligi (sinonimiya) va ma’no qarama-qarshiligi (antonimiya) nuqtai nazaridan guruhlarga bo`lib tadqiq etilgan. Keyingi yillarda so`z leksik ma’nolaridagi paradigmatik munosabatni semantik jihatdan eslatuvchi yana bir hodisa – lug`aviy darajalanish (graduonimiya) hodisasi mavjudligi, unda so`zlar ma’no farqlanishiga asoslanishi ko`pgina tadqiqotchilar tomonidan tadqiq etildi2. Leksik sinonimiya ma’nolari bir xilligi, o`zaro yaqinligi yoki o`xshashligi hodisalariga asoslansa, graduonimiya esa farqlilik omillariga tayanadi. Demak, xulosa qilganda shunday fikr kelib chiqadi. Sinonimiya va graduonimiya hodisalari o`zaro keskinfarqlanadi. Biroq shunga qaramay, ular o`rtasida ma’noviy munosabat mavjud. Aslida sinonimlardan biri o`rnida ikkinchisini kontekstual qo`llash imkoniyati mavjud bo`lsa, denotativ ma’nolarga asoslangan graduonimlar orasida darajalanish farqlari kuchli yoki kuchsiz bo`lishi mumkin. Xuddi mana shu fikrimizni hikoyadagi bir parcha orqali keltirishimiz mumkin.
...Hovli etagida, eski bostirma oldida bir tup o`rik bor. Dovuchcha tukkanidan boshlab turshak bo`lguncha mahallaning qora-qura bolalari shoxdan-shoxga tarmashadi. Otinoyi o`rikni qizg`anganidan emas,bolalarga achinganidan chirqillaydi: “Hoy, uyingga bug`doy to`lgur takalar, tush, yiqilib ketasan!” “Takalar” parvo qilmaydi. Biladiki, Otinoyining tuti ham, o`rigi ham ularniki! Umuman, bu hovli hammaniki. Erta ko`klamda sumalak shu yerda bo`ladi. Ismaloq somsa, yalpiz somsa Otinoyining bostirmsidagi tandirda yopiladi. Keyin tut pishadi. Ketidan o`rik. Mahalladagi xotinoshi bormi, challarmi, beshik to`yi bormi, quad chaqiriqmi – hammasining maslahati shu yerda pishadi. Qancha non yopiladi, Qancha guruch damlanadi. Qudalarga “to`qqiz-to`qqiz” da nimalar tortish kerak…
Katta mahoratli yozuvchilarning badiiy til borasidagi ustunliklaridan biri shundaki, ular faqat tilda mavjud bo`lgan tayyor ma’nodosh so`zlardagina foydalanib kelmasdan badiiy tasvir ehtiyojiga ko`ra ma’nodosh bo`lgan so`zlarni ham shunday qo`llaydilarki, bu so`zlar ham matnda xuddi ma’nodosh so`zlar kabi idrok etiladi. Masalan yuqoridagi matnning bir jumlasiga e’tibor qaratadigan bo`lsak unda shunday so`zlar keltirilgan: Hovli etagida, eski bostirma oldida bir tup o`rik bor. Dovuchcha tukkanidan boshlab, turshak bo`lguncha mahallaning qora-qura bolalari shohdan-shohga tarmashadi. Bu jumladagi dovuchcha ,o`rik, turshak so`zlari bir mevaning bosqichma-bosqich pishib yetilish jarayonidagi nomlari, ular bir-biriga yuqorida aytilganidek graduonimik munosabat hosil qilib asarning ta’sir kuchini yanada orttirishga xizmat qilmoqda. Sababi, bu mevaning pishish jarayoni yilning uch fasliga to`g`ri kelganligi uchun Otinoyining uyidan hecham odam arimasligini mana shu birgina predmet orqali ham ko`rsatib bera olgan.


Yüklə 87,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin