Payvand birikma choklarining shartli tasvirlanishi
Chizmada payvand birikma choklarini shartli tasvirlash usullari GOST 2,312-72 da ko'rsatilgan. Payvand birikma choklari ko'rinadigan choklar-asosiy tutash chiziqlar bilan (2-shakl); ko'rinmaydigan choklar - shtrix chiziqlar bilan (3-shakl) tasvirlanadi; ko'rinadigan nuqtali yakka payvand choklar “Q” belgi bilan tasvirlanadi (4-shakl). Bu belgi asosiy tutash chiziq bilan chiziladi. Ko'rinmaydigan nuqtali choklar chizmada tasvirlanmaydi.
Choklar ko'p qatorli bo'lishi mumkin. Ko'p katorli choklar kesimi tasvirida har bir qator kesimimning konturi alohida ajratib tasvirlanishi va ular alfavitining bosh harflari bilan belgilanishi zarur (5-shakl).
4-shakl
3-shakl
Chizmada, nostandart chokning kundalang kesimi, uni zarur bo'lgan ulchamlari bilan tasvirlanadi
2-shakl
(6-shakl). Chok asosiy tutash chiziqlar bilan chegaralanadi. Chok chegarasi ichidagi qirralarning konstruktiv elementlari esa ingichka tutash chiziqlar bilan chiziladi.