Tasmali uzatmaga doir masalalar 1 – masala. Tasmali uzatma uzatish nisbati ; , . Yetaklovchi shkivdagi aylana kuchni hisoblang.
Yechish. (4.7) formuladan
.
2–masala. Yassi tasmali uzatma shkivlarining diametrlari , . Tasmali uzatmaning o‘qlararo masofasini tavsiyalardan aniqlab tasma uzunligini hisoblang.
Yechish. O‘qlararo masofaning tavsiyaviy qiymati
.
Tasma uzunligi:
3-masala. Ponasimon tasmali uzatma shkivlarining diametrlari . Uzatmada tasma uzunligi . Tasmali uzatma o‘qlararo masofasini hisoblang.
Yechish. (15.6) formula bo‘yicha
Zanjirli uzatmani hisobi. Zanjirli uzatma maxsus tuzilishdagi ikkita tishli g’ildirak (yulduzcha) va ularga kiydirilgan cheksiz zanjirdan tuzilgan bo’ladi (5.1-rasm).
5.1-rasm. Zanjirli uzatma: 1-zanjir; 2-yulduzchalar.
Mashinasozlikda zanjirli uzatmalarning harakatga keltiruvchi mexanizm-yuritma, yuk tashish va tortish uchun mo’ljallangan turlari ishlatiladi. Uzatma turlarining har birida o’ziga mos zanjir ishlatiladi. Yuk tashish uchun ishlatiladigan zanjirlar harakat tezligi katta bo’lmagan yuk ko’taruvchi mexanizmalarda yukni osib qo’yish va uni ko’tarib-tushirish uchun xizmat qiladi. Odatda, bunday zanjirlarning qadami 15 dan 140 mm gacha bo’ladi. Qadam zanjirning asosiy ko’rsatkichi bo’lib, rzan (t) harfi bilan belgilanadi va zanjir zvenolarini birlashtiradigan valiklar orasidagi masofani ko’rsatadi.
Tortish uchun mo’ljallangan zanjirlar elevator, konveyer va eskalator kabi yuk tashish mexanizmlarida ishlatiladi. Bunday zanjirlarning qadami 60 dan 1250 mm gacha qilib tayyorlanadi.
Harakatga keltiruvchi mexanizm sifatida ishlatiladigan zanjirli uzatmalar dastgohlarda, qishloq xo’jalik mashinalarida keng qo’llaniladi. Bunday uzatmalar, ularda foydalanilgan zanjirning turiga qarab vtulkali, vtulka-rolikli, rolikli va tishli xillarga, zanjirlarning soniga qarab esa bir qatorli yoki bir necha qatorli xillarga bo’linadi. Bundan tashqari, zanjirli uzatmalar ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin.