Ajratilgan gap bo’laklari yuzasidan test
1. Ajratilgan bo'laklar haqidagi qaysi hukm noto'g'ri?
A) Ajratilgan bo'lak o'zi izohlayotgan bo'lakdan oldin yoki keyin keladi.
B) Ajratilgan bo'lak mantiqiy urg'u oladi.
C) Ajratilgan bo'laklar yozuvda vergul, tire yoki qavs bilan ajratiladi.
D) Barcha hukmlar to'g'ri.
2. Ajratilgan izohlovchili gapni toping.
A) Bizning, o'quvchi yoshlarning, o'zimizga yarasha or-nomusimiz bor.
B) Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday mudhish motam!
C) O'g'lim, qo'zichog'im, orom olib uxlayapti.
D) Fabrikada qizlar, ijodkor, ozod mehnat zavqin suradi.
3. Ajratilgan hol vazifasida ko'pincha holning qaysi ma'no turlari keladi?
A) payt holi va o'rin holi
B) ravish holi va daraja-miqdor holi
C) sabab holi va maqsad holi
D) o'rin holi va sabab holi
4. Ajratilgan ikkinchi darajali bo`lak mavjud bo'lmagan gapni belgilang.
A) Ayniqsa, hech narsa o'qimaydigan, johil kimsalar faqat bugunini o'ylab, hayotdan orqada qoladilar.
B) Bu ariqlarning suvlari allaqachon, aniqrog'i, bundan to'rt yillarcha oldin qurib qolgandi.
C) O'z hollariga qo'yib berishganda, bu yerlarga majburan ko'chirib kelishmaganda, qanday soz bo`lardi-ya!
D) To'g'ri, endi uni – o`ng qolimni oz-oz ishlatayapman-u, ammo tuzukroq ishga yaramaydi.
5. Aniqlovchilar qaralmish bilan munosabatga kirishganda quyida ko'rsatilgan qaysi shakllarda bo'lishi mumkin?
1) qaratqich va qaralmish belgili bo'ladi
2) qaratqich belgisiz, qaralmish belgili bo'ladi
3) qaratqich va qaralmish belgisiz bo'ladi
4) qaratqich belgili, qaralmish belgisiz bo'ladi.
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3
C) 1,2,4 D) 1,3,4
6. Angladimki, olamda
Yurt tanho, Vatan tanho,
Nokaslar emas, yo‘q, yo‘q,
Yolg‘iz Sen baland, tanho.
Dostları ilə paylaş: |