Ajratilgan gap bo’laklari yuzasidan test Ajratilgan bo'laklar haqidagi qaysi hukm noto'g'ri?


Ushbu gapdagi kesimlar to‘liq ko‘rsatilgan qatorni toping



Yüklə 39,61 Kb.
səhifə2/3
tarix16.03.2023
ölçüsü39,61 Kb.
#88287
1   2   3
Ajratilgan gap bo’laklari yuzasidan test Ajratilgan bo\'laklar ha

Ushbu gapdagi kesimlar to‘liq ko‘rsatilgan qatorni toping.

  1. angladimki, tanho, tanho, baland, tanho

  2. tanho, tanho, baland, tanho

  3. yurt tanho, Vatan tanho, baland, tanho

  4. angladimki, yolg‘iz, baland, tanho

7. Ayiruv bog'lovchisi bilan birikkan uyushiq to'ldiruvchili gapni toping.
A) Goh oyim, goh buvim kelib turadi.
B) Ortiq ishongisi kelmay, avval Avazga, so'ng Turdiga qaradi.
C) Qizlar goh undan, goh bundan gaplashib, hovli aylanishdi.
D) Dam yigʻlaydi, dam otasining bo'yniga osiladi.


8. Ayiruv bog`lovchilari uyushiq egalarni bog`langan javobni aniqlang.
A) Yolg`on yo farzandlarga urar, yo davlatga urar.
B) Savobdir, jilg`aga soysan, deb aytsang, Yo xunuk ayolga oysan, deb aytsang. (Murakkab qo‘shma gap)
C) Usmonali dam militsiyaga telefon qilar, dam o`zi borib kelar, yana kechasi bilan telefon oldida o`tirib chiqar edi.
D) Qurilishga dam g`isht, dam sement yetishmaydi.


9. Ayol qalbi tosh bo'lsa ham, allaqayeri paxtadan yumshoq, ipakdan mayin bo'ladi.
Ushbu gapda gumon olmoshi qaysi gap bo'lagi vazifasida kelgan?
A) o'rin holi B) to'ldiruvchi
C) ega D) aniqlovchi


10. Azizlar! Bir kuni kelib afsus-nadomatning zahar-zaqqum sharobini ichmaslik uchun qo'lning kiri bo'lgan mol-mulkni insoniy qadr-qiymatdan yuqori qo'ymaylik.
Ushbu gapda juft so'zlar qanday gap bo'lagi
vazifasida kelgan?
1) vositali to'ldiruvchi 2) vositasiz to'ldiruvchi
3) sifatlovchi aniqlovchi 4) qaratqich aniqlovchi 5) ega 6) kesim
A) 1, 2, 4 B) 1,2,3,4 C) 1, 2, 4, 6 D) 1,2,4,5


11. Barcha maqtanchoqlarning birdan-bir qismati shuki, ular ertami, kechmi pand yeyishadi. Ushbu gapda ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan qaysi gap bo'lagini izohlab kelgan?
A) egani B) kesimni
C) to'ldiruvchini D) aniqiovchini

12. Barcha javr-u sitamlardan o'tgan, endigina seni qo'lingdan tutgan, seni yo'qotib qo'ymaslik maqsadida butun vujudi bilan sen uchun yashayotganlarning orzusisan.


Ushbu gapda yasama so'zlar qaysi gap bo'laklari bo'lib kelgan?
A) ega, qaratqich aniqlovchi
B) maqsad holi, qaratqich aniqlovchi

  1. maqsad holi, sifatlovchi aniqovchi

  2. qaratqich aniqlovchi

13. Baxtim shuki, seni uchratdim.


Ushbu gapda gap bo'laklari to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang.
A) ega, kesim, ega, kesim
B) ega, kesim, kesim
C) ega, kesim, to'ldiruvchi, kesim
D) to'ldiruvchi, kesim, to'ldiruvchi, kesim

14. Berilgan baytlarning qaysi birida 4 ta sodda gap mavjud?


A) Oldindadir hali hikmat, oldindadir imkonimiz,
Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir vijdonimiz B) Ming-ming shukr, kelib davron istiqlolga erishdik biz,
Xarob bo‘lgan xonadonni butlamoqqa kirishdik biz. C) Muravvat-u ma’rifatdir buyuklikning nishonasi,
Qadam qo‘ying, mana sizga asl yo‘lning ostonasi. D) Jahon ichra buyuk yurtni doston etaylik biz,
Zamon keldi, Vatan bag‘rin go‘zal bo‘ston etaylik biz.

15. Berilgan dialoglarning qaysi birida to'liqsiz gap ishtirok etgan?


A) ― Sizning bunday yo'qolganingizni Mahmud akangiz ham bilmasmidilar?
― Yo'q.
B) Qaytganlaringdan keyin sheriklaringni ko'rdilaringmi?
― Kordik.
C) ― Kimga bog'lanish kerakligini aytishdimi?
― Ha.
D) Barchasida to'liqsiz gap mavjud

16. Berilgan fikrlardan qaysi biri noto'g'ri?


A) Ravish holi ravish va ravishdoshlar bilan ifodalanadi.
B) Ravish holi kesimga bitishuv va boshqaruv yo'li bilan bog'lanadi.
C) Ravish holi qanday, qanday qilib, qanday ahvolda kabi so'roqlarga javob bo'ladi.
D) Ravish holi ko'pincha o'zi ergashgan so'zdan oldin keladi.

17. Qo‘shma gap berilmagan javobni aniqlang.


A) Ota-onasi shaharda o‘qisin deb, Buxoroga ko‘chib kelishibdi.
B) Bir so‘z bilan aytganimizda, O‘zbekiston Amir Temur orzu qilgan yurtga aylanib bormoqda.
C) Tilak bilan yurilsa, yiroq yer ham yaqin bo‘ladi.
D) Bularning bari tushimmidi, bilolmadim.

18. Berilgan gapda ismlar qanday sintaktik vazifani bajargan?


Hunari va odobi bo'lmagan kishidan baxt va omad ketadi.
A) to'ldiruvchi, kesim
B) aniqlovchi, to'ldiruvchi, ega
C) ega, aniqlovchi, hol
D) to'ldiruvchi, hol, ega

19. Berilgan gapning egasi qaysi so'z turkumi bilan ifodalangan?


- Siz eski shaharga tushib, kechgacha bir aylanib keling.
A) ega ishtirok etmagan B) ot bilan
C) olmosh bilan D) ravish bilan
20. Berilgan gaplarning qaysi birida sabab holi qatnashgan?
A) Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib yig'lab yubordi.
B) Qoratoy do'stining dov-daragini surishtirish uchun yelib-yugurdi.
C) Bir chimdim uxlash uchun ko'zini yumdi.
D) Eshik oldi gul hovuz, Gul tergali kelganmiz.

21. Berilgan so'roqlarning qaysi biriga ham hol, ham aniqlovchi javob bo'la oladi?


A) qachon?, qanday?, nima uchun?
B) qanday?, nechta?, qancha?
C) qayerdagi?, qaysi?, nechta?
D) nechta?, qancha?, qayerdagi?

22. Berilganlardan uyushiq bo`lak va umumlashtiruvchi soʻz haqidagi togʻri ma’lumotlarni aniqlang.


1) uyushgan boʻlaklar narsa va hodisalarni, belgi va xususiyatlarini alohida-alohida ifodalaydi;
2) umumlashtiruvchi so`z uyushgan bo`laklarning hammasini jamlagan holda ifodalaydi;
3) uyushgan bo`laklar qaysi bo`lak bilan tobe munosabatda bo`lsa, umumlashtiruvchi so`z ham shu bo`lak bilan tobe aloqada bo`ladi;
4) ma`nosi umumiyroq bo`lgan so`zning ma`nosini aniqlashtirish uchun uning yonida keltirilgan konkretroq, aniqroq ma`no bildiruvchi so`z umumlashtiruvchi so`zdir.
A) 2,3,4 B) 1, 2, 3 C) 3, 4 D) 1, 2, 3, 4

23. Beva ayol farzandlarini mashaqqat bilan ― uning eri frontda halok bo'lgan edi ― qattiq qiyinchiliklarni ko'rib voyaga yetkazdi.


Ushbu gapga qaysi qatorda to'g'ri tavsif berilgan?
A) tarkibida kiritma gap mavjud bo'lgan gap
B) tarkibida ajratilgan bo'lak va murakkab kiritma mavjud bo'lgan gap
C) tarkibida vositasiz to'ldiruvchi, ravish holi va murakkab kiritma mavjud bo'lgan gap
D) tarkibida murakkab kiritma va uyushiq hollar mavjud bo'lgan gap

24. Bir kun ko'zlarimdan qochdi uyqular,


Bir kun yuragini ochdi tuyg`ular…
Men seni esladim entikib, yonib,
Men seni izladim baridan tonib… (Nazira as-Salom)
Ushbu she'riy parchadagi egalarni aniqlang.
A) uyqular, tuyg'ular, seni, seni
B) bir kun, bir kun, men, men
C) uyqular, tuyg'ular, men, men
D) bir kun, bir kun, seni, seni


25. 1. Bir necha hazilkash odamlar bir qizg'anchiq, xasis odamning uyiga mehmonga bormoqchi bo ‘libdi, ammo darvozani taqillatganlarida xasis odamning xizmatkori chiqdi.

Yüklə 39,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin