6. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Kirishning samaradorligi maqsadni va ma’lumotning qo‘llanilish ko‘lamini kitobxonga tushuntiradi. Xulosa sarlavhada berilgan ixtiyoriy savolga javobni va asosiy punktlarning yakunini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘qish faoliyatida, odatda, kirish ham, xulosa ham, asosiy qismdan so‘ng yoziladi.
Kirish va asosiy qism Asosiy tarkibni kiritish
Kirish, odatda, vazifaning umumiy hajmining 10%ini tashkil qiladi. Shu sababli, 2000 ta so‘zdan iborat esselarda kirish 200 ta so‘zdan iborat bo‘lishi lozim.
Kirishga aniq bir na’muna mavjud emas, chunki ko‘p narsa siz olib borayotgan va davom etayotgan ishning turiga bog‘liq. Lekin quyidagilar uning umumiy xususiyati:
(a) Kerak bo‘lsa kalit so‘zlar ta’rifining berilishi.
(b) Kerak bo‘ladigan axborot.
(c) Bu mavzu haqidagi boshqa mualliflarning ishlaridan namuna.
(d) Ishning maqsad va vazifalari.
(e) Sizning tadqiqot uslubingiz.
(f) Siz tomoningizdan belgilanadigan biror-bir chegaralar.
(g) Ishingizning rejasi.
Esselarni boshlash, asosan, imtihonlarda juda qiyin bo‘ladi, ikkilanish esa qimmatli vaqtiningizni behuda sarflanishiga sabab bo‘ladi. Birinchi gaplar umumiy bo‘lishi lozim, ammo kitobxonning mavzuga diqqatini qaratishi uchun noaniqroq bo‘lishi lozim.
O‘rganish bilimlarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyotning muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari va texnologiyaning taraqqiyoti natijasida, internet bilimlar almashishning muhim vositasiga aylandi.
Uzun maqolalar alohida adabiyotlar sharhiga ega bo‘lgan bir paytda, qisqa esselar uchun bu mavzu haqida tanish bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z ishini oqlaydigan ilmiy tadqiqotlarda bo‘shliqlar yaratishi mumkin:
Ko‘plab tadqiqodchilar (Veb va Kirstin, 2003; Honiga va boshqalar, 2006) sog‘liqni saqlash va biznesda elektron ta’limni baholashgan, ammo hozirgacha oliy ta’lim muassasalarida talabalarning bunday ta’lim tizimiga yetarlicha e’tibor berilmagan.
Kitobxon siz nimani tushuntirmoqchiligingizni anglashi uchun o‘z tadqiqotingiz maqsadini aniq shakllantiring:
Bu tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalaridagi elektron ta’lim tizimi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarning tajribalarini o‘rganish edi.
Uslub - bu siz qo‘ygan maqsadga erishishni ko‘rsatuvchi jarayondir:
Avvalo, bir necha tadqiqotlar olib borildi, keyin esa 200 ta talabaning elektron
ta’lim tizimidagi tajribalarini o‘rganish uchun so‘rov o‘tkazildi.
Siz esseingizning har bir aspekti bilan alohida ish ko‘ra olmaysiz, shuning uchun o‘z ishingizni chegaralashingiz lozim:
Shu narsa aniqki, bu tadqiqot ma’lum bir chegaralar bilan cheklandi, asosan, talabani tanlash, bu farmatsevtika va qishloq xo‘jaligidagi talabalar bilan cheklangan.
Kitobxonga sizning munozaralaringizni tushuntirish uchun ishingizning tarkibiy tuzilishini tushunishingiz lozim:
Ish quyidagicha shakllangan. Birinchi bo‘lim, asosan, talabalarning tajribasi borasida chegaralarga e’tibor qaratilgan tadqiqotlarning tahlilini o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi esa so‘rovning metodologiyasi bilan natijalarning tahlilini o‘zida mujassamlashtiradi va oxirgisi elektron ta’lim dasturlarini olib borishning oqibatlarini qamrab oladi.
To ‘liq kirish quyidagicha bo ‘ladi: