Xulosa va perefraza. Oliy o‘quv muassasalaridagi talabalar uchun elektron ta’limning tajribasini baholash. Bu terminning bir qator talqinlari mavjud, ammo bu maqolada “elektron ta’lim” internet orqali ma’lumot almashiladigan ixtiyoriy turdagi ta’limga tegishlidir. O‘rganish bilimlarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyotning muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari va texnologiyaning taraqqiyoti natijasida, internet bilimlar almashishning muhim vositasiga aylandi. Ko‘plab tadqiqodchilar (Veb va Kirstin, 2003; Honiga va boshqalar, 2006) sog‘liqni saqlash va biznesda elektron ta’limni baholashgan, ammo hozirgacha oliy ta’lim muassasalari talabalarining bunday ta’lim tizimiga yetarlicha e’tibor berilmagan. Bu tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalaridagi elektron ta’lim tizimi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarning tajribalarini o‘rganish edi.
Avvalo, bir necha tadqiqotlar olib borildi, keyin esa 200 ta talabalarning elektron ta’lim tizimidagi tajribalarini o‘rganish uchun so‘rov o‘tkazildi.
Shu narsa aniqki, bu tadqiqot ma’lum bir chegaralar bilan cheklandi, asosan, talabalarni tanlash, bu asosan farmasevtika va qishloq xo‘jaligidagi talabalar bilan cheklangan.Ish quyidagicha shakllangan. Birinchi bo‘lim, asosan, talabalarning tajribasi borasida chegaralarga e’tibor qaratilgan tadqiqotlarning tahlilini o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi esa so‘rovning metodologiyasi bilan natijalarning tahlilini o‘zida mujassamlashtiradi va oxirgisi elektron ta’lim dasturlarini olib borishning oqibatlarini qamrab oladi.
Xulosa, odatda, kirishga qaraganda qisqaroq va turlicha bo ‘lishi lozim. Kopchilik maqolalar “sharhlar” yoki “xulosalovchi izoh”dan iborat bo ‘lishi mumkin. Ammo talabalar ishida yakinlovchi bo‘lim argumentlarni umumiylashtirishi va asosiy savolga javob topilganligini kitobxonga tushuntirishi lozim.
Yaxshi xulosalashning siri nimada?
Xulosalash jarayoniga oddiy hayotda ko‘p marta duch kelamiz. U biror narsa haqidagi asosiy(umumiy) fikrni ifodalaydi.
Xulosalar
Xulosalash va perefrazalash (ma’noni boshqa so‘zlar yordamida ifodalash)
Odatda esseda xulosalash va perefrazalash birgalikda ishlatiladi. Xulosalashning maqsadi ma’lumotlar hajmini yetarli darajagacha qisqartirish va uzundan uzoq ma’lumotlarni qisqa hajmga keltirishdan iborat bo‘lsa, perefrazalashning maqsadi esa umumiy ma’noni saqlagan holda ma’lumotni asl manbadagidan farqli qilib, o‘zgartirib yozishdan iboratdir. Bularning ikkalasi ham ko‘chirmachilikning oldini olish uchun qo‘llaniladi Xulosalashning bosqichlari Siz xulosalashda mavzuga doir eng muhim ma’lumotlarni berishingiz yoki mavzuga to‘liqroq to‘xtalib o‘tishingiz mumkin. Odatda, xulosada asosiy fikrlarni qo‘shimcha qismdan(keltirilgan misollar va ularning isbotlaridan) xoli tarzda yozishga e’tibor qaratiladi.
Quyidagi xulosalash bosqichlariga e’tibor bering va ularni to‘g‘ri (ketma-ket) tartibda joylashtiring.
Xulosani o‘z izohlari asosidayozish. Bunda tuzilishni o‘zgartirish ham mumkin.
Asosiy fikrlami marker yordamida belgilab borish.
Asosiy fikrlar uchun izohlar yozib olish (perefrazalagan holda).
Barcha kerakli fikrlar bildirilganva ixchamlik ta’minlanganligini tekshirish maqsadida xulosani qayta tahlil qilish.
Asl manbani e’tibor bilan o‘qish va yangi, tushunish qiyin tuyulgan so‘zlami tahlil qilish.
Perefrazalash (asosiy ma’noni saqlagan holda, fikrni boshqa so‘zlar yordamida ifodalash)
18-asrda, Fransiya va Germaniyadan oldin, Britaniyada sodir bo‘lgan industrial inqilob to‘g‘risida ko‘plab munozaralar davom etib kelmoqda.Ushbu gapni quyidagicha perefrazalash mumkin:
Industrial inqilobning nima sababdan boshqa joyda emas, balki aynan Britaniyada sodir bo‘lgani hozirgi kunga qadar tortishuvli savollardan biri bo‘lib kelmoqda.
Odatda ta’sirchan perefraza:
• asl manbadan o‘z shakliga ko‘ra farqlanadi
• asl manbadagi so‘zlarning sinonimlaridan iborat bo‘ladi
• asosiy ma’noni saqlagan bo‘ladi
• asl manbadagi ba’zi bir qismlarni o‘zida mujassamlashtiradi (misol uchun “Industrial inqilob”, “18-asr”)
Perefrazalash va uning yo‘llari (usullari):
• a) so‘zlarning sinonimlarini qo‘llash orqali:
• Aytadi > keltirib o‘tadi; 18-asr > 1700-yillar; tejamoq > kam xarajat qilmoq
• b) so‘z turkumlarini o‘zgartirish orqali:
• Izoh (ot) > izohlamoq (fe’l); foyda keltiradigan, foydali (sifat) > foyda (ot)
• c) so‘zlar ketma-ketligini o‘zgartirish orqali:
• Britaniya industrial inqilobining asosiy sabablari talabni tahlil qilish orqali o‘z yechimini topishi mumkin.
• Talabni tahlil qilish orqali Britaniyadagi industrial inqilobning sabablarini topish mumkin.
• Amaliyot mashqlarida 3ta usul ham bir vaqtning o‘zida ishlatiladi. Barcha so‘zlar o‘z sinonimlariga ega emasligini hisobga olgan holda, ularning hammasini perefrazalash maqsadga muvofiq emas.
Havola, sitata, abzats
Havola (ma'lumot olingan manbani keltirib o ‘tish) va sitatalar
Essening saviyali bo‘lishi olib borilgan tadqiqotlar va ko‘plab esselarning mavzuga doir bildirgan fikrlarini o‘rganib chiqishni talab etadi. Shu sababdan o‘z esseingizda qaysi adabiyotlardan foydalanganingizni keltirib o‘tishingiz maqsadga muvofiqdir. Bu bob sizga quyidagilar haqida ma’lumot beradi:
• Sitatani matn ichida keltirish
• Havolaning asosiy shakllari
• Sitatalardan foydalanish
• Foydalanilgan adabiyotlarning umumiy ro‘yxatini keltirib o‘tish
Havolalarni qo ‘llash qay darajada ahamiyatli?
Havola va sitatalar qo’llanilishining 3 ta asosiy sababi mavjud:
(a) Siz mavzuni bir qancha adabiyotlarni o‘qib-o‘rgangan holda izlanish olib borganingiz va uni yoritganingizni ko‘rsatish (bu sizning esseingiz qadrini oshiradi).
(b) Esseni o‘qigan shaxs mavzu to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olgisi kelgan taqdirda, havoladan foydalanishiga imkon yaratish.
(c) Ko‘chirmachilikning oldini olish. Ko‘chirmachilikning oldini olish to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish uchun kerak.