1-topshiriq. Axborot va ma’lumot tushunchalarini farqlang va misollar keltiring. Na’muna: Axborot Ma’lumot
Oliy matematika qo‘llanmasi - bu kitob matematika uchun ma’lumot manbai, ya’ni axborot
ammo biolog yoki filolog uchun tushunarsiz bo‘ladi, shuning uchun unda yozilganlarning barchasi ushbu mutaxassislar uchun ma’lumot bo‘ladi.
2-topshiriq.Matnni o‘qing va davom ettiring.
Aqlli bir yigit bo‘lib, uning o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi nihoyatda baland edi. Va bu qiziqish ortidan turli xil ilmlarni o‘rgandi. Yigit ayni chog‘da go‘zal bir tabiatga sohib edi. Juda ko‘p majlisda qatnashar, ammo bo‘lar bo‘lmas gaplarga qo‘shilmasdi. Qayerda, qachon, qanday gapirishga e’tibor berardi. Yana bir majlisga yig‘ildilar. Otasi ham yonida edi. Juda uzun suhbat bo‘ldi, ammo yigit gapga aralashmadi. Bu holat otasi e’tiborini tortdi. Majlis tugashi bilan:
- O‘g‘lim! - dedi. - Sen ham bilgan narsalaring bilan nega bahsga qo‘shilmading? Yigit javob berdi ……………………….
3-topshiriq. FSMU jadvalini tuzing. Xato yo‘lda bo‘lgan kimsaga berilgan yuzlab o‘git, uni to‘g‘ri yo‘lga solmoq uchun yetarli emas. Ammo, to‘satdan boshiga kelgan bir falokat, unining uyg‘onishiga bir sababdir .
4-topshiriq. O‘zbekiston Respublikasida mavjud ommaviy axborot vositalari bilan tanishing.
KLASTER
OAV
5-topshiriq. Berilgan na’munadan foydalanib, so‘zlar toping va sinkveyn tuzing. Axborot so‘ziga sinkveyn 1. Bir so‘z ot (Xabar) 2. Ikkita sifat (qiziqarli, kerakli) 3. Uchta fe’l (Qidirmoq, o‘rganmoq, yubormoq) 4. To‘rt so‘zdan iborat gap (Axborot bu ma’lumotlar manbai) 5. Birinchi so‘zga sinonim (Ma’lumot) 6-topshiriq. Tushunchalar tahlili metodi jadvalini to‘ldiring.