Sana: Mavzu: Yonma-yon kelgan bir XIL undoshlar 65-67-mashq Maqsad



Yüklə 10,79 Kb.
tarix03.06.2023
ölçüsü10,79 Kb.
#124334
Sana Mavzu Yonma-yon kelgan bir XIL undoshlar 65-67-mashq Maqs


Sana:
Mavzu: Yonma-yon kelgan bir xil undoshlar 65-67-mashq
Maqsad.
A) ta’limiy: Ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so'zlarni to'g'ri o'qish va yozish ko'nikmasini shakllantirish.
B) tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
D) rivojlantiruvchi: lug;’at boyligini oshirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish;
televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish;
media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
rasmli kitoblar, jurnallarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib borish;
o‘zini nazorat qila olish;
kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish.
Darsning borishi.
Kitob o`qi doimo
Ma’rifatga bo`l oshno
Qo`llasin yer-u samo
Sadoqat konidir bu
Baxtning ayvonidir bu
Bo`la olsang bilimdon
Seni yengolmas yomon
Ilmliga yor zamon
Baxtning ayvonidir bu.
She’r orqali o`quvchilar diqqati dasga jalb qilib olinadi.
“Dumaloq stol”metodi.
Topshiriq yozib qo`yilgan qog`oz varog`i davra bo`ylab o`tgaziladi. Har bir o`quvchi o`zining javob variantini yozib qo`yadi va varaqni boshqa o’quvchiga uzatadi .Hamma o’quvchilar o’z javoblarini yozib qo’yishadi , keyin muhokama bo’ladi; noto’g’ri javoblar o’chiriladi , to’g’ri javoblarning soniga qarab o’quvchining bilimlariga baho beriladi.Bu metodni faqat yozma shakilda emas , balki og’zaki shaklda ham qo’llash mumkin
Berilishi mumkin bo’gan topshiriqlarga misollar;
-O’zbek tilida nechta unli tovush bor va ular qaysilar?
-O’zbek tilida nechta undosh tovush bor ?
-Gap nima? U nimalardan tuziladi?
-Nutqning qanday turlarini bilasiz ?
-Nom bildirgan so’zlarga misol keltiring.
- Harakatni bildirgan so’zlarga misol keltiring.
-Belgini bildirgan so’zlardan ayting.
Metod bajarib bo’lingandan so’ng. Navbat quvnoq daqiqaga beriladi .
Dam olish daqiqasi .
Yozib charchab qo’limiz,
O’qib to’lar ko’zimiz .
Boshimiz qo’yib asta ,
Dam olamiz ohista

  1. Uy vazifasini tekshirish.

Bugun oddiy dars emas ,
Balki sinov darsidir.
O’tib olsak sinovdan,
Bu hammadan yaxshidir
II. So'z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlarni kuzatish.
1-usul. O'qituvchi o'rganiladigan yangi mavzu nomini va so'z ichida ketma-ket kelgan bir xil undosh harflar yoziladigan ma'lumotni darslikdan o'qishni topshiradi, darsning maqsadini aytadi: «Bugun sizlar so'z ichida ikkita bir xil undosh harf ketma-ket yoziladigan so'zlarni bilib olasiz».
Xattaxtaga yozilgan yoki jadval tarzda tayyorlangan so'zlar ko'rsatilib, topshiriq beriladi:
So'zlarni o'qing va so'z ichidagi bir xil harfga qarab, uch ustun shaklida yozing.
Muqaddas, Abdulla, Muhayyo, Fayzulla, Muqaddam, Sayyora.
2- usul. O'qituvchi o'quvchilarga ikkita bir xil undosh ketma-ket yoziladigan ismlar aytishni topshiradi. O'quvchilar aytadilar. Masalan: Abbos, Muzaffar, Nuriddin, Muazzam, Muattar, Mukarram, Muyassar, Muhabbat, Qahhor, Qimmatxon kabi.
Xattaxtaga 4 — 5 ta ism yoziladi.
Shu ismlarni yozishda nimani bildingiz? (So'z ichida ikkita bir xil undosh harf ketma-ket yoziladi.)
O'qituvchi shunday so'zlardan 4—5 tasini aytib turib yozdiradi. Yozilganlar bo'g'inlab o'qib tekshiriladi.
III. Ketma-ket kelgan bir xil undoshli so 'zlarning talaffuzi va yozilishiga oid ko 'nikmasini shakllantirish, darslik bilan ishlash.
1. So'zlarni aytib turib yozdirish va yozganlarini darslikka qarab tekshirtirish. (Bunda yozilganlarni tekshirish yo'li, albatta, yodga tushiriladi.)
2. 65-66- mashqlarni ishlash.
65- mashq. 0‘qing, so‘zlarning yozilishini yodda saqlang
Achchiq, balli, barakalla, gripp, tashabbus, tabar ruk, metallurgiya, gramm, tabassum, yalla, jizza, alla dovuchcha, muddat, minnatdor, mahalla.
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni qatnashtirib, gaplar tuzing. Tuz< gan gaplaringizni yozing.
66- mashq. Tushirib qoldirilgan harflarni qo‘yib <
muka..al mi..atdor, tana..us
taa..ub, mi..ioner, tasha..ur
maha..a, chi..i, chi..ak
gra.., ji..a, shi..at
tasa..i musa..o ma..or
pa..ak pa..a pi..a
qu..at qa..iq sa..iz
So‘zlarni yozing, imlosini yodda tuting.
Mustahkamlash
Pochtachi” o’yini. Bunda o’quvchilardan biri pochtachi sifatida sinfga kirib keladi va o’quvchilarga bittadan surat solingan xatjild topshiradi. Har bir o’quvchi qo’lidagi suratda nimalar tasvirlanganligini so’zlab beradi. Boshqa o’quvchilar o’rtoqlarining hikoya davomida nechta so’zdan foydalanganini sanab boradi. So’zlardan ko’p va o’rinli foydalangan o’quvchi g’olib sanaladi.


IV. Darsni yakunlash.
Uyga vazifa: 67-mashq 0‘qing. Topishmoqlarning javobini ayting.
0‘zi oppoq, qor emas,
Shirin, ammo bol emas.
Tilla sandiq ochildi, lchidan zar sochildi.
Yüklə 10,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin