48-rasm.
O‘lkamiz tog‘larida yashaydigan hayvonlar:
1
2
3
47-rasm.
O‘lkamiz tog‘larida uchraydigan yirik qushlar:
2
3
1
Ulardan qor barsi va malla sug‘ur xalqaro «Qizil
kitob»ga kiritilgan.
O‘lkamizning tog‘li hududlari noyob o‘simlik va
hayvonlarga boy. Shuning uchun bunday joylarda
qo‘ riq xonalar tashkil etilib, ular nazoratga olin gan.
O‘rmonlar
Yer yuzida katta maydonlarni egallagan daraxtzor-
lar borki, unda daraxtlar zich bo‘lib o‘sadi.
o‘rmon
O‘rmonlarda qarag‘ay, qayin, archa, kedr, eman,
yong‘oq kabi daraxtlar o‘sadi. O‘rmonda buta va o‘t-
lar ham o‘sadi.
O‘zbekiston hududida tog‘, to‘qay va cho‘l o‘rmonlari
yong‘oqzorlar, pistazorlar va boshqalar
tog‘ o‘rmonla-
rini
tashkil etadi. Tog‘ o‘rmonlarida qayin, terak kabi
daraxtlar ham o‘sadi. Bunday o‘rmonlar o‘lkamizning
tog‘li hududlarida katta maydonlarni egallagan.
To‘qay o‘rmonlarida
jiyda, turang‘il, shumtol kabi
daraxtlar o‘sadi. To‘qay o‘rmonlari daryolarning sohil-
larini va daryo hosil qilgan orollarni egallagan.
Qizilqumning ayrim joylarida saksovullardan iborat
bo‘lgan
cho‘l o‘rmonlari
ham uchraydi.
Yovvoyi hayvonlarning ko‘p qismi o‘rmon larda ha-
yot kechiradi. O‘rmonlarda ayiq, bo‘ri, tulki kabi yirik
hayvonlar yashaydi.
49-rasm.
3 – cho‘ldagi saksovul o‘rmoni.
1
2
3
Havoni kislorod bilan boyitishda o‘rmonlarning
ahamiyati juda kattadir. O‘rmonlar yog‘och-taxta za-
xirasi hamdir. Binolarni qurishda, mebel va boshqa
buyumlarni yasashda, asosan, o‘rmon daraxtlari ish-
latiladi. Qog‘ozlar ham o‘rmon daraxtlarining mahsuli
hisoblanadi.
O‘rmonlar egallagan maydonlar kamayib ketsa,
ta biat ga jiddiy zarar yetadi. Buning oldini olish maq-
sadida o‘rmonlar egallagan maydonlarning keskin
qisqarib keti shiga yo‘l qo‘ymaslik, kesilgan daraxtlar
o‘rniga ko‘chatlar ekib, o‘rmonni tiklash zarur.
Keyingi paytlarda o‘rmondagi kesilgan daraxtlar
o‘rniga uning ko‘chatlari ekilmoqda. Ba’zi joylarda,
ayniqsa, Orol dengizining qurigan o‘rnida ko‘chatlar
ekilib, sun’iy o‘rmonlar tashkil etilmoqda.
Daftaringizga o‘rmonlarning ahamiyatini, qanday so-
halarda ishlatilishini yozing.
o‘rmon, tog‘ o‘r mo ni, to‘qay
o‘rmoni, cho‘l o‘rmoni.
Dostları ilə paylaş: |