Akis ( Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ) haqida



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə1/3
tarix22.06.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#134085
  1   2   3
Kirish


Mundarija:

Kirish
Asosiy qism:



  1. AKIS ( Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ) haqida

    1. Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining tashkil etilishi.

    2. Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining funksiyalari

  1. Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashkiliy va boshqaruv tuzulmasi

    1. Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashkiliy tuzulmasi

    2. Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi boshqaruv tuzulmasi

  2. Qiymat zanjiri, bozorlar va pragnozlashtirish bo‘limi haqida

  1. Dsa

  2. Da

Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish

Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi tarmog’ining ahamiyati juda katta. Chunki respublikamiz aholisining yarmi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ulaming turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog’liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti va valyuta tushumi tarkibida ham qishloq xo‘jaligi tarmog’i sezilarli salmoqqa ega. Qishloq xo‘jaligi tarmog’i aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan hamda sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Endilikda aholi soni va ehtiyojlarining o‘sishi hamda qayta ishlash sanoati quvvatlarining yuksalishi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish hajmmi yanada ko‘paytirishni obyektiv ravishda taqozo etmoqda. Shuning uchun ham mazkur tarmoqni rivojlantirish va samaradorligini oshirish zarur.


Oziq-ovqt mahsulotlarining 90 foizga yaqini agrar tarmoqda tayyorlanadi. Shuningdek, bu soha aholining salmoqli qismini bandligini taminlab kelmoqda. Mustqillikdan so’ng qishloq xo’jaligini isloh qilish bo’yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Ishlab chiqarishga fan-texnika yutuqlarini joriy etish ishlari yildan-yilga jadallashmoqda.
Misol uchun 1990-yilda iste’moluchun zarur bo’lgan g’allaning 82 foizi chetdan kelgan bo’lsa, ayni vaqtda yurtimizda ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobidan aholining g’allaga bo’lgan ehtiyoji to’liq taminlashga erishildi.
Isiohotlarning boshlang'ich davrida qishloqda agrar va iqtisodiy munosobatlarni isloh qilishning huquqiy asoslarini barpo qilish, qishloq xo'jaligida tashkiliy-tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda innovatsion yangiliklarni joriy etish, investitsiyalar kiritish, infratuzilma ob’yektlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida boshqa sohalar qatori qishloq xo'jaligini rivojlantirishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Chunki, mamlakat boyligining salmoqli qismini qishloq xo'jaligidan tushadigan daromadlar tashkil qiladi.
Qishloq xo‘jaligini bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari darajasida rivojlantirish uchun tarmoqda erkin faoliyat ko‘rsatish imkoniyatiga ega boigan turli xildagi mulkchilik shakllarining, ularga asoslangan tadbirkorlik turlari hamda ular oitasidagi erkin bozor munosabatlarining nazariy, uslubiy asoslarini teranlashtirish, takomillashtirish, investitsiyalarni ko‘proq jalb etib, fan-texnika yutuqlarini, yangi texnikalarni, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, cheklangan yer va suv resurslaridan, kapital hamda mehnat resurslaridan qisqa va uzoq muddatlarda to iiq va samarali foydalanish yoilarini aniq belgilash, barcha xarajatlami tejash, mehnat unumdorligini yuksaltirish, ishchi-xizmatchilami rag'batlantirish tizimini takomillashtirish negizida foyda summasini ko‘paytirish yoilarini asoslangan holda belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Bu masalalarning ilmiy hamda amaliy asoslarini yaratishda, rivojlantirishda, ularni ishlab chiqarishga joriy etishda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurudagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 3-fevral 2021-yildagi PQ-4975-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashkil etilgan.


  1. AKIS ( Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ) haqida

    1. Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining tashkil etilishi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurudagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 3-fevral 2021-yildagi PQ-4975-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasining prezidentining 6159-sonli farmoniga asosan: O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini to‘laqonli amalga oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga ilmiy asoslangan axborot, zamonaviy xizmatlarni ko‘rsatish, ishlab chiqarishga ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni keng joriy etish, ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish va agroxizmatlar ko‘rsatish tizimining uzviy integratsiyasini ta’minlash maqsadida:
1. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini 2021 — 2025-yillarda ustuvor rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Konsepsiya doirasida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi subyektlariga zamonaviy agroxizmatlar ko‘rsatishning uzviy tizimini o‘zaro bog‘laydigan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Milliy markaz) tashkil etilsin va u quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritishga mas’ul etib belgilansin:
qishloq xo‘jaligi sohasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash;
fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi klasterlari va kooperatsiyalari hamda ilg‘or xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manfaatli ilmiy-ishlab chiqarish hamkorligini yo‘lga qo‘yish, yangi ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish;
barcha turdagi davlat ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish;
qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining malakali mutaxassislarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi sohasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologiyalar asosida ularning malakasini oshirish;
qishloq xo‘jaligida xususiy sektorni keng jalb etgan holda bilim, malaka va ko‘nikmalarning samarali almashinuvi hamda uzatilishini ta’minlaydigan milliy axborot va maslahat xizmatlari tarmog‘ini rivojlantirish;
xalqaro sifat standartlarini joriy qilishda ko‘maklashish, mahsulot yetishtiruvchilar va agrobiznesning o‘zaro hamkorlik platformasini tashkil etish.
Maʼlumki, ilm-fan har qaysi iqtisodiy sohaning asosiy natijadorligini belgilaydi. Qishloq xoʼjaligi sohasi ham bundan mustasno emas. Аgrar sektorni rivojlantirish maqsadida, 2019 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi tashabbusi bilan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni asosida, Qishloq xoʼjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʼljallangan strategiyasi qabul qilindi.
Qolaversa, joriy yil «Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar tizimini 2021 — 2025 yillarda ustuvor rivojlantirish kontseptsiyasi» ham tasdiqlandi. Kontseptsiya doirasida Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzurida Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashkil etildi.
2021-2022 yillarda Milliy markazning Respublika agroxizmatlar markazi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlar agroxizmatlar markazlari, 2022 yildan boshlab esa bosqichma-bosqich qishloq tumanlarida Milliy markazning tuman agroxizmatlar markazlari paydo boʼladi.
Xoʼsh, AKIS tizimining oʼzi qanday? АKIS – bu Oʼzbekiston agrar sohasida bilim va maʼlumotlarni ishlab chiqish, ularni soha ishtirokchilari orasida keng joriy etish orqali, qishloq xoʼjaligida tub burilish yasash, sohani rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqish degani. Tizim qishloq xoʼjaligini rivojlantirish bilan shugʼullanadigan barcha darajadagi davlat, xususiy va jamoat tashkilotlari oʼrtasida munosabatlarni mustahkamlashga asoslanadi.
Bugungi kunda aksariyat fermerlar asosan ish vaqtida tajriba yigʼadi. Ular yoʼl-yoʼlakay ota-onasi, yaqinlari va hamkasblaridan ham oʼrganib boradi. Qolaversa, mamlakatda qishloq xoʼjaligi sohasiga ixtisoslashtirilgan bir qator oliy va oʼrta maxsus taʼlim dargohlari mavjud.
Fermerlar oʼz faoliyati davomida marketing ishlari, yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash, yerga boʼlgan huquq, suv taʼminoti, sugʼoriladigan suv sifati, suvni tejash, tuproq hosildorligi, asbob-uskunalar muammosi, kredit masalalari, urugʼ tanlash, eroziyaga qarshi kurashish, oʼsimliklarni himoya qilish kabi koʼplab savollarga duch keladi.Zamonaviy qishloq xoʼjaligi sohasida bir anʼana bor. Baʼzi texnologiyalar, agrokimyoviy moddalardan foydalanish oqibatida, arzon mahsulot ishlab chiqarishga erishilsa-da, ammo tuproq va suvga jiddiy zarar yetadi.
AKIS tizimi doirasida xorijda va Oʼzbekistonda joylashgan qishloq xoʼjaligi maslahat xizmatlari tomonidan zaruriy maslahatlar beriladi, dalaning oʼzida tushuntirish ishlari olib boriladi, savdo kompaniyalari yoki soha mutaxassislari tomonidan ilmiy adabiyotlar, turli videofilьmlar, oʼquv qoʼllanmalari taqdim etiladi. AKIS maslahatchilari agrar sohada tegishli taʼlim olgan va yaxshi tajriba yiqqan boʼlishlari shart. Chunki ularning maslahatlari fermer va dehqonlar uchun samarali hamda foydali boʼlishi lozim. Tavsiyalar shuningdek, ilmiy tadqiqotlar natijalari, yetkazib beruvchi kompaniyalar tajribasiga asoslanishi lozim. Qolaversa, tajribali fermerlarning maslahatlaridan ham foydalanishni esdan chiqarmaslik kerak. AKIS tizimidagi agrar soha tadqiqotlari avvalo, fermerlar va agrobiznes sohasi ehtiyojlariga asoslanadi.
Oʼz navbatida agrobiznesning ham AKIS tizimi oldiga qoʼyadigan talablari bor. Аgrobiznes uchun fermer xoʼjaliklaridan yetkazib beriladigan mahsulotlarning bir xilligi, sifat barqarorligi, mahsulotni ishonchli saqlash sharoitlari muhim.
Jamiyat yuqori sifatli mahsulotga muhtoj, uning uchun oziq-ovqat zahirasi katta ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, har birimiz atrof-muhit, suv taʼminotiga zarar yetkazmaydigan, suvni tejaydigan, tuproq eroziyasini kuchaytirmaydigan, yovvoyi tabiatga salbiy taʼsir qilmaydigan va iqlim muammolarini chetlab oʼtmaydigan jadal rivojlanuvchi qishloq xoʼjaligi sari qadam tashlashni xohlaymiz.
AKIS tizimi fermerlar va jamiyat oʼrtasidagi manfaatlarning muvozanatli tahliliga asoslanadi. Tizimning agrar soha, agrar taʼlim va ilm-fan yoʼnalishidagi maslahat xizmatlari asosan yetkazib beruvchi korxona vakillari tomonidan taqdim etiladi. Bunday maslahatlarda fermerlar, agrobiznes va jamiyat ehtiyoji toʼgʼri tahlil qilingan boʼlishi kerak. Demak, AKIS tizimi fermerlar, agrobiznes va jamiyat ehtiyojini toʼgʼri baholash asosida ishlab chiqiladi.

1-rasm
Umuman olganda, AKIS – bu nafaqat bilim va ilm-fan, taʼlim hamda ishlab chiqarish integratsiyasi hisoblanadi, balki fermerlar, agrobiznes va jamiyatning haqiqiy ehtiyojlarini har tomonlama tahlil qilishni nazarda tutadi. Fermerlar va jamiyat AKIS tizimining Oʼzbekiston agrar sohasidagi integratsiyasida faol ishtirok etsagina, maqsadga toʼliq erishish mumkin. Bu yoʼlda Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi barchani qoʼllab quvvatlashga va mamlakat qishloq xoʼjaligi sohasining barqaror rivojlanishi yoʼlida kafil boʼlishga tayyor.

    1. Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining funksiyalari

a) qishloq xo'jaligi sohasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash sohasida:


qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, yuqori samarali, ko'p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish, tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, qishloqda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qishloq xo'jaligini tashkil etish va yuritishning jahon ilg'or tajribasini o'rganish va ijodiy qo'llash, xalqaro va xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, tasarrufidagi ilmiy tashkilotlar xodimlarining chet el ilmiy muassasalarida malaka oshirishini tashkil etish;
tayyor ilmiy ishlanmalarni, ekinlarning yangi yuqori hosildor navlari, tejamkor arotexnologiyalar, hududlar sharoitini hisobga olgan holda yerga ishlov berish usullari, sug'orish rejimi, me’yori va muddatlari, qishloq xo'jaligi ekinlarining yuqori sifatli urug'liklari, ekin turlari bo'yicha va ekinlarning navlari bo'yicha yaratilgan samarali agrotexnik usullarni ishlab chiqarishga joriy qilish uchun agrosanoat klasterlari, kooperativlar, fermer va dehqon xo'jaliklari bilan yaqindan manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish;
qishloq xo'jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqarishning ehtiyojlarini inobatga olgan holda kadrlar tayyorlash, oliy ma’lumotli kadrlarni agrar ilm-fani sohasiga jalb qilish, qorxona kadrlarining malakasini oshirish sohalarining o'zaro uzviyligini ta’minlash;
b) qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS) kontseptsiyasini amalga oshirish sohasida:
mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mahsulotlarining sanitar-gigienik xavfsizligini ta’minlash bilan bog'liq ilmiy-amaliy tadbirlar bajarish, olingan natijalarni qishloq xo'jaligi korxonalariga yetkazib berish bilan bog'liq xizmatlarni rivojlantiirish;
global iqlim o'zgarishi salbiy oqibatlarini va prognozini hisobga olgan holda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirib borishga qaratilgan barqaror boshqarish tizimini joriy qilish;
qishloq xo'jaligida qo'shilgan qiymat zanjirini, jumladan agrar resurslar, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bozorlari hamda bozor infratuzilmalarni rivojlantirish, eksport va importni optimallashtirish bilan bog'liq masalalarning ilmiy va amaliy asoslarini yaratish, ilmiy natijalarni muntazam ravishda tegishli agroxizmatlar orqali qishloq xo'jaligiga yetkazib berish;
agrar soha taraqqiyotini prognozlash va rejalashtirish, monitoring va baholash, shuningdek tizimning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy hamda tashkiliy asoslarini yaratishga qaratilgan qishloq xo'jaligida bilimlar va innovatsiyalar tizimining samarali faoliyat ko'rsatishini ta’minlash;
qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini jahon andozalari doirasida samarali tashkil etishga qo'maklashish maqsadida xorijiy ekspertlar guruhini jalb etish;
v) fermer xo'jaliklari, qishloq xo'jaligi klasterlari va kooperatsiyalari hamda ilg'or xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manfaatli ilmiy-ishlab chiqarish hamkorligini yo'lga qo'yish, yangi ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish sohasida:
respublika agrosanoat kompleksini rivojlantirishning ilmiy-texnika potentsialini rivojlantirish, ilm-fanning moddiy bazasini mustahkamlash bo'yicha takliflar tayyorlash;
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda boshqa idoralari bilan birgalikda qishloq xo'jaligi yerlari tuproq unumdorligini, qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligini va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish, urug'chilikni rivojlantirish, resurs va energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha dastur ishlab chiqish;
Agroxizmatlar markazi tomonidan bajarilgan ilmiy- tadqiqotlar natijalarining dehqonchilik, chorvachilik, irrigatsiya, melioratsiya va o'rmon xo'jaligiga joriy etilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga oshirish;
manfaatli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan hamkorlikda qishloq xo'jaligi sohasida ilm-fan, ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion texnologiyalar, bilimlarni raqamli tarqatish usullarini shakllantirish hamda amaliyotga tadbiq qilish;
g) barcha turdagi davlat ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
fundamental va amaliy tadqiqotlarning muhim yo'nalishlari bo'yicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar va boshqa birlashmalar tashkil qilish;
tarkibida ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari faoliyat yurituvchi agrosanoat majmuiga kiruvchi vazirliklar, idoralar bilan hamkorlikda ilmiy loyihalarni shakllantirish va bajarish, olingan ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilib borish;
barcha turdagi davlat ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali muvofiqlashtirish tizimini shakllantirish orqali, ilmiy- tadqiqotlarning uzviyligini ta’minlash, agroxizmatlar ko'rsatishning natijadorligini oshirish;
ilmiy muammolarni, dolzarb yo'nalishlardagi ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish va ularning natijalarini muhokama qilish uchun tegishli vazirliklar, idoralar hamda tashkilotlar bilan hamkorlikdagi kengashlar tashkil qilish;
d) qishloq xo'jaligi tarmoqlarining malakali mutaxassislarga bo'lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash sohasida:
qishloq xo'jaligi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kadrlar tayyorlash va shuningdek yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash;
etakchi olimlar va soha mutaxassislarini jalb qilgan holda hududlarning aniq yo'nalishlar bo'yicha ehtiyojlarini hisobga olib, mutaxassislar malakasini oshirish kurslarini tashkil qilish;
qishloq xo'jaligi va agroxizmatlarlar sohalarida kardrlarning malakasini oshirish kurslarida ishtirok qiluvchi olimlar va mutaxassislarning elektron bazasini shakllanrirish, ularni moddiy va ma’naviy rag'batlantirish mexanizmlarini joriy qilish;
agrosanoat kompleksining muhim dolzarb yo'nalishlari bo'yicha xalqaro ilmiy, ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar, treninglar, simpoziumlar uyushtirish;
e) qishloq xo'jaligi sohasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilg'or tajriba va zamonaviy texnologiyalar asosida ularning malakasini oshirish sohasida:
ilg'or agrotexnologiyalarni, yuqori unum bilan ishlaydigan va mustahkam qishloq xo'jaligi mashinalari va mexanizmlarining yangi turlarini yaratish va joriy etish;
tuproqning, ayniqsa o'rtacha va kuchli sho'rlangan yerlarda tuproqning unumdorligini tiklash va oshirishni hisobga olgan holda almashlab ekish sxemalarini ishlab chiqishda qatnashish;
eskidan sug'orib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va rekonstruktsiya qilish, qishloq xo'jaligi muoamalasidan chiqib ketgan yerlarni madaniylashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi yerlarni o'zlashtirish, sug'orishning ilg'or usullarini va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadralar tayyorlash, ilmiy tashkilotlar qoshida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlari faoliyatini rivojlantirish orqali soha uchun ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini kengaytirish;
pedagog va ilmiy xodimlarning rivojlangan davlatlar ilmiy markazlariga xorijiy stajirovkalarini tashkil qilish;
j) qishloq xo'jaligida davlat va xususiy sektorni keng jalb etgan holda bilim, malaka va ko'nikmalarning samarali almashinuvi hamda uzatilishini ta’minlaydigan milliy axborot va maslahat xizmatlari tarmog'ini rivojlantirish sohasida:
agrosanoat majmui tizimiga kiruvchi turli tashkilotlar va idoralar bilan hamkorilkda qishloq xo'jaligida bilimlar va innovatsiyalarni joriy etish bo'yicha xizmatlar turlarini oshirish va sifatini yaxshilash, ilmiy tashkilotlar, qishloq xo'jaligi, xizmatlar ko'rsatish sohalarida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash;
ilmiy tashkilotlar va olimlarning ilmiy ishlanmalarini qishloq xo'jaligi sohasiga joriy qilish, ilmiy va axborot maslahatlar berishni tashkil etish, ilmiy ishlanmalarni asarlarini nashr etish, bilimlarni qishloq xo'jaligida ommalashtirish;
chorva mollarning yangi zotlarini yaratish bo'yicha naslchilik ishlarini yaxshilashga doir tadbirlarni amalga oshirish hamda loyihalash va konstruktorlik tashkilotlarining qishloq xo'jaligi mashinasozligi, yer tuzish, melioratsiya va suv xo'jaligi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash;
fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish uchun xo'jalik hisobidagi bo'linmalarni, tadbirkorlik sub’ektlarini jalb etgan holda kichik ilmiy-innovatsion korxonalarni belgilangan tartibda tashkil qilish kabi funktsiyalarni amalga oshirish;
z) xalqaro sifat standartlarini joriy qilishda ko'maklashish, mahsulot yetishtiruvchilar va agrobiznesning o'zaro hamkorlik platformasini tashkil etish sohasida:
qishloq xo'jalik mahsulot ishlab chiqaruvchilarining ilmiy ishlanmalarga talabini e’tiborga olib, zamon talablariga javob beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori bo'lgan ilmiy natijalar uchun halqaro sifat standartlarini joriy qilish;
xalqaro ilg'or tajribalar asosida agrar sohadagi innovatsion resurstejamkor texnika va texnologiyalar hamda ilg'or xorijiy va mahalliy tajribalar bo'yicha ma’lumotlar bazasini yaratish va qishloq xo'jaligi bilimlari va innovatsiyalar tizimi sub’ektlarining foydalanishi uchun qulay raqamli axborot almashinuvi tizimini shakllantirish;
ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan yaratilgan intellektual mulkni xalqaro miqyosda himoya qilish va moliyaviy rag'batlantirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
ilmiy-tadqiqot muassasalarida yangi ilmiy-tadqiqot yo'nalishlari, laboratoriyalari va tajriba uchastkalarini tashkil qilish, shuningdek, ilmiy izlanishlarning sifati va natijadorligini oshirish maqsadida laboratoriyalarda ishlash ko'nikmasini mahalliy yoshlarda shakllantirish uchun halqaro ekspertlarni jalb qilish;
agrosanoat majmuasi va qishloq hududlarini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha faoliyat yuritadigan xalqaro darajada e’tirof etiladigan ilmiy maktablar yaratish;



  1. Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashkiliy va boshqaruv tuzulmasi

    1. Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashkiliy tuzulmasi

Korxona tashkiliy tuzilmasi deganda, boshqaruv bo‘g‘inlari va bosqichlari miqdori va tarkibi tushuniladi. Korxona tashkiliy tuzilmasining oddiy va tushunarli bo‘lishi uning ish qobiliyati yuqori bo‘lishini kafolatlaydi, ya’ni boshqaruv tashkiliy tuzilmasida bosqich va bo‘g‘inlar qancha kam bo‘lsa, boshqaruv shunchalik samarali bo‘ladi.


Boshqaruv bo‘g‘inlari - bu bitta yoki bir-qancha vazifalarni bajaruvch mustaqil tarkibiy unsurlardir. Tuzilma elementlari, ularning bo‘linmalari va boshqaruv apparatida ishlovchilardir.
Boshqaruv bosqichlari-bu boshqarish biror darajasidagi ma’lum bo‘g‘inlar yig‘indisidir. SHu belgisiga ko‘ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari
– ko‘p bosqichli (ko‘p bo‘g‘inli), uch, ikki bosqichli (bo‘g‘inli) bo‘ladi. Bosqichlar va bo‘g‘inlar o‘rtasidagi aloqa vertikal va gorizontal bo‘lishi mumkin. Vertikal bo‘g‘inlar rahbarlarning ularga bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni, gorizontal aloqalar boshqaruvning teng huquqli bo‘g‘in va unsurlari o‘rtasidagi munosabatlarni bildiradi. Iqtisodiyotni boshqaruv tashkilotlari yuqori, quyi, teng huquqli tashkilotlarga bo‘linadi. YUqori tashkilotlar respublika va tarmoq boshqaruv tashkilotlariga ajratiladi. Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari ishlab chiqarishning turli tarmoq- larini birlashtiradilar. Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari Respublika Konstitutsiyasiga asoslangan holda faoliyat yuritadi.
Respublika vazriliklari respublika xududidagi konsernlar tarmoq- larni boshqarishni amalga oshiradilar. Tarmoqni boshqarish tizimiga yakka rahbarlik asosida ish yurituvchi vazir boshchilik qiladi. U qo‘l ostidagi vazirlik va unga qarashli korxonalar faoliyatiga shaxsan javobgardir.
Har bir vazirlikda vazir tarmoqni boshqarishning muhim masala- larini kollegial ravishda ko‘rib chiqish va amalga oshirishga imkon beruvchi maslahat tashkilotlari tashkil etiladi. Bosh maslahat beruvchi tashkilot - kollegiya bo‘lib, uning tarkibiga vazir o‘rinbosarlari, boshqarma boshliq- lari, korxonalar rahbarlari kiradi. Xalq xo‘jaligi tarmog‘i tarkibida ham davlat, ham xususiy korxona, firma, aksioner jamiyatlari faoliyat yuritadi. Korxona, firma, aksionerlar jamiyatlari fan-texnika salohiyati- dagi samarali foydalanish, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va uygunlash- tirish va uyg‘unlashtirish asosida mahsulot ishlab chiqarish maqsadida tashkil etiladi. Ular xo‘jalik hisobi asosida sanoat, ko‘rilish, transport, savdo va boshqa soxalarda faoliyat yurituvchi tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Tarkibiy qism bankda alohida balans va hisob raqamiga ega bo‘lishi va ijara pudrati bo‘yicha, xususiy sohada ish yuritishi mumkin.
Korxona, firma, aksionerlik jamiyati tarkibiy birlikka qarashli asosiy fond va mablag‘larni biriktiradi, ichki xo‘jalik munosabatlarini amalga oshirish, tarkibiy birliklar o‘rtasidagi munozaralarni xal etish, shuningdek, ular o‘z majburiyatlari bo‘yicha javobgarlik tartibini belgi- laydilar. Tarkibiy birlik qonunda belgilangan huquqlari doirasida unga biriktirilgan mulkni tasarruf etadi, firma, AJlari nomidan boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadilar.
Korxona, firma, aksionerlar jamiyatlari tarkibiy birlikka o‘z nomidan shartnoma tuzish va bu shartnoma bo‘yicha javobgar bo‘lish xuquqini beradi.
Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining ham tarkibidga kiruvchi bir qator ilmiy tadqiqot insitutlari mavjud bo’lib ular Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga bo’ysunadilar. (1-ilova)
Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining O’zbekiston bo’ylab filliallari mavjud bo’lib ular bilan 2-ilovada tanishishingiz mumkin.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin