Akis ( Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ) haqida



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə3/3
tarix22.06.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#134085
1   2   3
Kirish

T/r

Hududlar nomi

Tuman/ shahar

Joylashgan manzili

Binoni balansida saqlovchi tashkilot nomi

Ajratiladigan yer maydoni, gektar**

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kegeyli tumani

Juzimbag‘ MFY

Kegeyli agrosanoat kasb-hunar kolleji

5

2.

Andijon viloyati

Andijon tumani

Kuyganyor MFY

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

9,8

3.

Buxoro viloyati

Buxoro tumani

Bog‘ikalon MFY

Galaosiyo suv xo‘jaligi va melioratsiya kolleji

20,6

4.

Jizzax viloyati

Sh. Rashidov tumani

A. Navoiy MFY

Sharof Rashidov tuman 2-son kasb-hunar maktabi

6,6

5.

Navoiy viloyati

Karmana tumani

Do‘rmon MFY

Karmana oziq-ovqat sanoati va mehmonxona xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

4,2

6.

Namangan viloyati

To‘raqo‘rg‘on tumani

Toshkent mahallasi MFY

To‘raqo‘rg‘on agrotexnologiyalar texnikumi

9,4

7.

Qashqadaryo viloyati

Qamashi tumani

Qo‘shkapa MFY

Qarshi davlat universiteti huzuridagi Qamashi xizmat ko‘rsatish texnikumi

5,15

8.

Samarqand viloyati

Oqdaryo tumani

Dahbet qo‘rg‘oni

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali

12,8

9.

Surxondaryo viloyati

Termiz tumani

A. Navoiy MFY

Arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji

4,2

10.

Sirdaryo viloyati

Boyovut tumani

Bekat MFY

Boyovut ijtimoiy iqtisodiyot kolleji

3,2

11.

Toshkent viloyati

Yuqori Chirchiq tumani

Ahmad Yassaviy MFY

Toshkent Davlat Agrar universiteti G‘o‘za urug‘chiligi markazi

2,9

12.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona shahri

Al-Farg‘oniy ko‘chasi

Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi Yormozor akademik litseyi

4,3

13.

Xorazm viloyati

Urganch tumani

G‘oybu MFY

Urganch agrotexnologiyalar texnikumi

3,7



    1. Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi boshqaruv tuzulmasi

Tashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog‘liqlikka ega va qonuniyatlarga buysunadi. Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy turi chizikli va funksional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funksional tuzilmalar tarkib topadi1.




CHiziqli Funksional





CHiziqli shtabli CHiziqli funksional




1-rasm. SHartli belgilar: R - rahbar, B - boshliq, U - usta, F - funksional rahbar, SH - shtab, 1,1; 1,2;1,3 - funksional bo‘limlar.


CHiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo‘g‘inlari yuqori bosqichdagi rahbarga bevosita bo‘ysunushi bilan tavsiflanadi. CHiziqli tuzilmada xar bir xodim bitta rahbarga buysunadi va yuqori tizim bilan faqat u orqali bog’langan bo‘ladi. chiziqli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamxarjligidir. Har bir rahbar butun mehnat jamoasi faoliyati natijalari bo‘yicha javobgar. Bu strategik va joriy qarorlarni qabul qilish xuquqi markazlashishiga olib keladi.
CHiziqli tuzilmalarni xal etiluvchi masalalar doirasi keng bo‘lmagan, bu masalalar yechilishi oson bo‘lgan xollarda qo‘llash maqsadga muvofikdir. Sof xolda chiziqli boshqaruv juda kam, asosan, brigada, bo‘lim, shirkat, kichik korxonalarda qo‘llaniladi.
Funksional tuzilma - boshqaruv vazifalarining funksional bo‘g‘inlar va rahbarlar urtasida taqsimlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va ixtisoslashuv rivojlanishi bilan bog‘liq xolda vujudga kelgan.
Funksional tuzilmada boshqaruvchi ko‘rsatmalar nisbatan malakali bo‘ladi, lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funksional bo‘g‘inlar soni ortishi bilan xar bir bo‘g‘in mustaqil ravishda xal etuvchi masalalar doirasi torayib boradi. Muammoning moxiyati xar bir bo‘g‘in o‘z masalasini birinchi navbatda xal qilishdan manfaatdor bo‘lishida emas, balki bitta xam bo‘g‘in bu masalani etarli darajada asoslangan xolda va to‘gri xal qila olmasligi, echimlar maydalashib, tulik bo‘lmay kolishidadir. Bu boshqaruvni marakkablashtirib, uning samaradorligini kamaytiradi.
CHiziqli tuzilmani tashkil etish va fnukitsonal tuzilmaning kamchiliklari qushma, biriktirilgan tuzilmalar-chiziqli-shtabli, chiziqli-funksional va boshqa tuzilmalar vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
CHiziqli-shtabli tuzilmada chiziqli tuzilma asos qilib olinadi, lekin boshqaruvning quyi bo‘g‘inga ega har bir bo‘g‘inida ayrim muhim muammolar bo‘yicha shtablar tuziladi. SHtablar malakali qarorlar tayyorlaydilar, lekin chiziqli tuzilma rahbari tasdiqlab, quyi darajaga yuboradi. U shtab tavsiyalarini koordinatsiya qiladi, muvofiqlashadi va natijada boshqaruv sifati yaxshilanadi, lekin vazifalar miqdori ko‘p bo‘lsa. Lekin, vazifalar miqdori ko‘p bo‘lsa, chiziqli tuzilma rahbari vazifalari xam ortadi. SHu sababli, amaliyotda boshqa qo‘shma tuzilmalar vujudga keldi. Ular orasida eng keng tarqalgani chiziqli-funksional tuzilmadir.
CHiziqli-funksional strukturada, funksional zvenolar quyi turgan bo‘linmalarga o‘zlari buyruq bera oladilar, lekin ular kompetensiyasiga taalukli bo‘lgan aniq belgilangan savollar bo‘yicha. Masalan, rejalashtirish
-iqtisodiy bo‘limi tsex boshligiga rejalashtirishni rivojlantirish savollari bo‘yicha buyruq berishi mumkin, Zavodnnig bosh buxgalteri esa tsexda hisob va hisobotni yaxshilash bo‘yicha va x.k. CHiziqli funksional strukturasining ustunligi uning boshqaruv prinsiplarini buyruq berish- ning yagonaligi prinsipi bilan o‘zviyligidadir. Lekin bu ustunlik strukturada aloqalarning murakkab tiplari mavjud: loyiha bo‘yicha boshqarish; matritsali struktura va boshqalar. Loyixa bo‘yicha boshqarish ishlab chiqarish texnologiyasining o‘zgarishi bilan bog‘liq qayta ko‘rishlar va yangi texnologiyalar kiritilishi zarur bo‘lgan korxona va tashkilotlarda qo‘llaniladi. Bunday qayta ko‘rishni amalga oshirish uchun fakatgina shu loyixaga javob beruvchi boshqaruv organi tuziladi. Boshqaruvning loyixa bo‘yicha organi vaqtinchalik tashkilot hisoblanadi. Unga yuklatilgan vazifalar amalga oshirilgandan so‘ngi tugatiladi.
Matritsali struktura chiziqli va loyixa bo‘yicha boshqaruv struktura- larining birlashtirilishi natijasida ko‘riladi. Boshqaruvni tashkil qilishning matritsali strukturasida loyixa yoki dastur rahbarlarining faoliyati erkinligi ta’minlanadi, ular oldiga huyilgan masalalar maqsadli xal qilinadi. Ishni tashkil qilish bo‘yicha rahbarning ma’suliyati aniqlanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar bo‘yicha rahbarning ma’suliyati aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini belgilangan darajada qisqartirishga, boshqaruvning xar-xil darajalari va xar bir zveno chegarasida aloxida darajalarning vazifalari va funksiyalarini aniq ajratish, xalq xo‘jaligi, korxonalar (firmalar) tarmoqlarining xo‘jalik mustaqilligini ta’minlashga imkon beradigan yangi tashkiliy strukturalar tuziladi



1



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin