Akkreditatsiya nima?


Hujjatlarga qo‘yiladigan talablar. 4.2.1



Yüklə 33,55 Kb.
səhifə7/8
tarix26.11.2022
ölçüsü33,55 Kb.
#70693
1   2   3   4   5   6   7   8
Akkreditatsiya nima

Hujjatlarga qo‘yiladigan talablar. 4.2.1 Umumiy qoidalar
Sifat menejmenti tizimining hujjatlari:
a) sifat sohasidagi siyosat va maqsadlar haqida hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan bayonotlarni;
b) sifat bo‘yicha qo‘llanmani;
c) ushbu standartda talab etiladigan hujjatlashtirilgan protseduralar va yozuvlarni;
d) tashkilot tomonidan jarayonlarni natijali rejalashtirish, amalga oshirish va ularni boshqarishni ta’minlash uchun zarur deb belgilangan hujjatlar, jumladan yozuvlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Izohlar
1 Ushbu standartda «hujjatlashtirilgan protsedura» atamasi uchraganda, protsedura ishlab chiqilgan, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan, joriy
qilingan va ishchi holatda saqlab turilmoqda degan ma’noni anglatadi. Alohida hujjat bitta yoki undan ko‘p protseduralar talablarini hisobga olishi mumkin. Hujjatlashtirilgan protseduraga qo‘yiladigan talab bittadan ko‘p hujjatda aks etishi mumkin.
2 Sifat menejmenti tizimi hujjatlarining hajmi quyidagilarni hisobga olgan holda turli tashkilotlarda farqlanishi mumkin:
a) tashkilotning kattaligi va faoliyat turi;
b) jarayonlarning murakkabligi va o‘zaro bog‘lanishi; hamda
c) xodimlarning layoqatliligi.
3 Hujjatlar istalgan shaklda va har qanday turdagi tashuvchida bo‘lishi mumkin.
Sifat bo‘yicha qo‘llanma Tashkilot:
a) har qanday istisnolarning tafsilotlari va asosi bilan birga sifat menejmenti tizimining qo‘llanish doirasini (1.2 q.);
b) sifat menejmenti tizimi uchun ishlab chiqilgan hujjatlashtirilgan protseduralar yoki ularga qilingan havolalarni; va
c) sifat menejmenti tizimi jarayonlarining o‘zaro bog‘lanishi bayonini o‘z ichiga olgan sifat bo‘yicha qo‘llanmani ishlab chiqishi va ishchi holatda saqlab turishi lozim.
Hujjatlarni boshqarish
Sifat menejmenti tizimi tomonidan talab qilinayotgan hujjatlar boshqarilishi lozim. YOzuvlar hujjatlarning maxsus turi bo‘lib, 4.2.4 bandda keltirilgan talablarga muvofiq boshqarilishi kerak.
Zarur boshqaruv vositalarini aniqlash uchun:
a) hujjatlarni chiqarishdan oldin ularni bir xilligi bo‘yicha tasdiqlashni;
b) hujjatlarni tahlil qilish va zaruratga qarab aktuallashtirish hamda ularni qayta tasdiqlashni;
c) hujjatlar o‘zgartishlarining hamda ularni qayta ko‘rib chiqish amaldagi statusining identifikatlashtirilishini ta’minlashni;
d) foydalanilayotgan hujjatlarning tegishli talqinlari qo‘llaniladigan joylarida bo‘lishini (foydalanish mumkinligini) ta’minlashni;
e) aniq va oson identifikatlanadigan hujjatlarning saqlanishini ta’minlashni;
f) tashkilotdan tashqarida ishlab chiqilgan hamda tashkilot tomonidan sifat menejmenti tizimini rejalashtirilishi va ishlashi uchun zarur deb belgilangan hujjatlarni identifikatlashtirilishini hamda ularni tarqatilishini boshqarishni ta’minlashni; hamda
g) eskirgan hujjatlardan bexosdan foydalanishni oldini olish va qandaydir maqsadlar uchun saqlab qo‘yilgan hujjatlarni tegishli ravishda identifikatlashtirishni nazarda tutadigan hujjatlashtirilgan protsedura ishlab chiqilishi lozim.

Yüklə 33,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin