Akkreditatsiya nima?


Xorijiy mamlakatlarda texnik jihatdan taribga solish soxasidagi faoliyati



Yüklə 33,55 Kb.
səhifə4/8
tarix26.11.2022
ölçüsü33,55 Kb.
#70693
1   2   3   4   5   6   7   8
Akkreditatsiya nima

Xorijiy mamlakatlarda texnik jihatdan taribga solish soxasidagi faoliyati
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani xalqaro andozalarga moslashtirish, standartlardan keng foydalanish muhitini yaratish, muvofiqlikni baholash jarayonlariga zamonaviy uslublarni joriy qilish maqsadida:
1. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Texnik jihatdan tartibga solish agentligi) tashkil etilsin.
2. Belgilansinki, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi:
texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
o‘z vakolatlari doirasida umummajburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
sanitariya-epidemiologik xulosasi majburiy tartibda olinishi lozim bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatini olish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bunda, ushbu mahsulotlarni tayyorlovchilar (ishlab chiqaruvchilar), yetkazib beruvchilar va sotuvchilar ularning texnik reglamentlar va standartlar bilan belgilangan majburiy talablarga muvofiqligini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi;
2021 yil 1 sentyabrdan ayrim turdagi xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan mahsulotlarning muvofiqligini baholash muvofiqlikni deklaratsiyalash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda, muvofiqlikni deklaratsiyalash texnik reglament talablari asosida mahsulotning to‘liq sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng ijobiy sinov natijalariga ko‘ra tuziladigan sinov bayonnomalari asosida muvofiqlik sertifikati berilmagan holda amalga oshiriladi; xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari a’zosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiya qilingan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari – muvofiqlikni baholash organlariga milliy akkreditatsiyadan o‘tmagan holda, akkreditatsiya doirasi haqida “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DKni xabardor qilib, muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga ruxsat beriladi. Bunda, rasmiylashtirilgan muvofiqlikni baholash hujjatlarida ILAC/IAF tashkilotlarining tan olish belgilari ko‘rsatilishi va ushbu hujjatlar ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishi muvofiqlikni baholash organlari tomonidan ta’minlanishi shart.
4. Belgilansinki, 2021 yil 1 noyabrdan boshlab import qiluvchilarga qulaylik yaratish hamda ichki bozorga sifatli va xavfsiz mahsulotlarning kirib kelishini ta’minlash maqsadida:
a) xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ayrim turdagi mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgandan so‘ng respublika hududiga erkin muomalaga chiqarish (jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlar doirasida olib kelingan mahsulotlar bundan mustasno) tartibi joriy etiladi.
Bunda: respublika hududiga olib kirilayotgan shu turdagi mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar ushbu mahsulotlar bojxona hududiga kelishidan kamida 15 kun oldin bojxona elektron dasturiga joylashtirilishi shart;
mahsulotlarni “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga o‘tkazish davlat bojxona xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblangan akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlari tomonidan rasmiylashtirilgan tegishli muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi;
b) xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan ayrim turdagi mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblangan akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarida muvofiqlik sertifikatini (amal qilish muddatidan qat’i nazar) bir marta rasmiylashtirgan holda yigirma to‘rt oy davomida import qilishga ruxsat etiladi.
Bunda: mazkur tartib muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan aynan bir ishlab chiqaruvchining mahsulot turlariga nisbatan amal qiladi;
import qiluvchining mahsulotlar muvofiqligi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi davlat bojxona xizmati organlari tomonidan mahsulotni “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga o‘tkazish uchun asos bo‘ladi;
mazkur soddalashtirilgan tartibda olib kiriladigan tovarlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlash uchun ushbu tovarlarni olib kirayotgan tadbirkorlik sub’ektlari javobgar hisoblanadi;
v) respublikaga olib kelinadigan mahsulotlarning texnik reglamentlar, standartlar va qonun hujjatlari bilan belgilangan talablarga muvofiqligi ustidan nazorat Texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki uning tuzilmasidagi vakolatli tashkilot tomonidan xavf-xatarlar tahlili asosida amalga oshiriladi;
g) texnik reglamentlar, standartlar va qonun hujjatlari bilan belgilangan majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar ro‘yxatini yuritish Texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki uning tuzilmasidagi vakolatli tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlarni, ro‘yxatga olingan kundan boshlab 6 oy muddatgacha ro‘yxatdan chiqarish, nomuvofiq deb topilgan tegishli mahsulotni ishlab chiqaruvchi (uning rasmiy vakili) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, erkin muomalaga chiqarish taqiqlanadi.
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Texnik jihatdan tartibga solish agentligining: tashkilot standartlari toifasiga kiruvchi standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni bekor qilish;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan tashkilot standartlarini ekspertizadan o‘tkazish ishlarini haq olmasdan amalga oshirish haqidagi takliflari ma’qullansin.
Bunda, tashkilot standartlarida belgilanadigan ko‘rsatkichlar (talablar) O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan tegishli mahsulotlarga oid standartlar talablaridan past bo‘lgan hollarda, ushbu tashkilot standartlariga asosan mahsulot muvofiqligini tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Belgilab qo‘yilsinki, mahalliy muvofiqlikni baholash organlarida mahsulotning xorijiy davlatlarning standartlariga muvofiqligini baholash uchun xorijiy davlatlar standartlarining O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab qilinmaydi.
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2021 yil 1 iyulga qadar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni qabul qilish tartibini xalqaro talablar asosida soddalashtirish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Yangi qabul qilinayotgan xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni joriy etish, qo‘llash hamda texnik jihatdan tartibga solish talablariga rioya etilmagan holatlar yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar korxona va tarmoq rahbarlarining oylik, choraklik va yillik rag‘batlantirish mezonlarini shakllantirishda inobatga olinsin.
9. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda ikki oy muddatda korxonalarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan qamrab olish darajasini 2021 yilda 20 foizga va 2022 yilda 40 foizga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 avgustdagi PF–6042-son Farmoni bilan tasdiqlangan Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi .

ISO/IEC 17065 va boshqa baholash va akkreditatsiya


Yüklə 33,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin