Akril kislota sopolimer bog’lovchisi asosidagi qavariqlanuvchi qoplamaning termik tahlili nurqulov Eldor Nurmuminovich



Yüklə 21,26 Kb.
səhifə1/2
tarix06.06.2022
ölçüsü21,26 Kb.
#60776
  1   2
12-14 may fonfrensiya uchun


AKRIL KISLOTA SOPOLIMER BOG’LOVCHISI ASOSIDAGI QAVARIQLANUVCHI QOPLAMANING TERMIK TAHLILI
Nurqulov Eldor Nurmuminovich
(t.f.PhD)
E-mail: nneldor@mail.ru
XX asrda metall konstruksiyalarni yong’indan himoyalash uchun, metall konstruksiya yuzasini beton qorishmasi, gipslash va boshqa usullardan foydalanilgan holda yong’inbardosh qoplamalar tayyorlangan hamda ushbu qoplamalardan keng miqyosda foydalanilgan.
Bu esa konstruksiyalarga juda katta ortiqcha yuk bo’ladi, hamda dizayn va qurilishdagi ba’zi cheklovlarni keltirib chiqaradi. Zamonaviy shaharsozlik talablariga ko’ra, inshootlarning umumiy og’irligini kamaytirish va dizaynni takomillashtirish sababli, qurilish materiallari bozorida zamonaviy yong’inga chidamli materiallar paydo bo’la boshladi. Shu sababli katta hajmli binolarni yong’indan va issiqlikdan himoyalash uchun suv o’tkazmaydigan bo’yoqlar, laklar, qoplama va boshqa usullar bilan almashtirildi [1].
Metall konstruksiyalar uchun ishlab chiqarilgan qavariqlanuvchi qoplamalar asosan 550oC dan past bo’lgan haroratda yong’inda himoyalashini aniqlash sinovlari o’tkiziladi. Bunday qoplamalar bino-inshoatlarni yong’indan himoyalab, qimmatbaho boyliklarini va inson hayotini saqlab qolishi mumkin. Qavariqlanuvchi qoplama uchta yong’inbardosh, kislota, uglerod va qavariq hosil qiluvchi qo’shimchalardan iborat. Qavariqlanuvchi qoplama bilan himoyalangan metall konstruksiyali inshootlarda yong’in sodir bo’lganda, o’zidan gaz hosil qilib, qavariqlanadi va uglerod qatlamlarini hosil qiladi, bu issiqliq to’sig’i vazifasini bajarib binoning strukturaviy yaxlitligini saqlaydi.
Tadqiqotlarimiz natijasida mahalliy xomashyolar asosida sintez qilingan polifosfat ammoniy va akril kislotaning sopolimeri asosida qavariqlanuvchi qoplama olindi. Qavariqlanuvchi qoplamaga issiqliq tasir qilganda uch bosqichda reaksiya boradi. Birinchi bosqichda qoplama tarkibidagi moddalar parchalanadi, ikkinchi bosqichda parchalanish reaksiyasidan hosil bo’lgan gazlar yuqori tezlikda ajralib chiqadi, uchinchi bosqichda natijada po’lat sirtida issiqlik o’tkazuvchanlikka yuqori qarshilik yuzaga kelib qoplama bir necha barobar qavariqlanadi. Yong’inga qarshi qoplamaning tarkibiy qismlar orasidagi miqdoriy nisbati, avvalambor, qavariq va koks hosil bo’lish jarayonlarining yo’nalishini va chuqurligini, shuningdek qoplamaning umuman olovga chidamli ta’sirining samaradorligini taminlaydi.
Akril kislota sopolimeri bilan polifosfat ammoniyning kompozitlari asosidagi yong’inbardosh qavariqlanuvchi qoplamaning derivatogrammasi 4 ta egri chiziqdan iborat. Dinamik termogravimetrik analiz egri chizig’i (DTGA) (2-egri chiziq) tahlili shuni ko’rsatadiki, DTGA egri chizig’i asosan 2 ta intensiv parchalanadigan temperatura oralig’ida amalga oshadi. 1-parchalanadigan oraliq 110-4250C temperaturaga, 2- parchalanadigan oraliq esa 430-780 0C temperaturaga mos keladi.
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, 1-parchalanadigan oraliqda intensiv parchalanish jarayoni sodir bo’ladi. Bu oraliqda parchalanishning miqdori, parchalanishning 52.65 % ya’ni 13.32 mg amalga oshadi.
Dinamik termogravimetrik analiz egri chizig’i va DSK egri chizig’ining batafsil tahlili, quyidagi jadvalga keltirilgan.

Yüklə 21,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin