Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Xalqaro auditorlik tashkilotlarining faoliyati



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

 
Xalqaro auditorlik tashkilotlarining faoliyati
№ Xalqaro auditorlik tashkilotining nomi 
Yalpi tushum 
2012 yil
(mlrd. doll.) 
2012 yilda 
mutaxassislar soni 
 
1. 
PricewaterhouseCoopers 
31,5 
180 500 
2. 
Deloitte 
31,3 
193000 
3. 
Ernst & Young 
24,4 
167 000 
4. 
KPMG 
23 
145 000 
3.5. Ichki auditorlarning professional tashkilotlari 
Tashqi (mustaqil) auditorlar o’z faoliyatida ko’p jihatdan ichki audit 
natijalariga tayanadi. Umuman olganda ichki auditorlar o’zlari ishlaydigan 
korxonalar faoliyatini tekshiradi. Ammo, ular qoidaga ko’ra, korxona ma’muriyati 
(direktorlar kengashi) tarkibiga kiradilar. Bunday nazorat (o’z-o’zini nazorat 
qilish) shakli AQShda o’tgan, XX asrning 30 yillarida yuzaga kelib, keyinchalik 
G’arbiy Evropa va Yaponiyada tarqalgan.
Hozirgi vaqtga kelib, ko’p hollarda ichki auditorlarning funk-tsiyalari, hatto 
o’z kompaniyasi tarkibiy bo’linmalari buxgalteriya hisobotlarini tekshirish 
doirasidan ham chetga chiqadi. Ichki auditorlar korxonaning iqtisodiy siyosati va 
boshqaruv masalalarida ko’proq ishtirok etmoqdalar. Ichki auditorlar yuqori 
malakali mutaxassislar bo’lib, o’z maqomiga ko’ra katta vakolatlarga ega. 
Ularning majburiyatlari doirasiga ko’proq quyidagilar kiradi: 
operatsion audit
–boshqaruv masalalari bo’yicha korxonaning turli tarkibiy 
bo’linmalariga maslahat berish kabi faoliyat (masalan, marketing ishlarini 
baholash, korxona tarkibiy tuzilmasini baholash va sh.k.); 


53 
mos keluvchanlik auditi
– ushbu korxona bo’linmalari faoliyati, uning 
ma’muriyati va zarur bo’lganda yuqori organlar tomonidan belgilangan yoki qonun 
hujjatlarida ko’rsatilgan qoidalarga muvofiqligini tekshirishdan iborat. Masalan, 
tuzilgan shartnomalarni yuridik talablar nuqtai nazaridan tekshirish va baholash
risklarni kamaytirish va h.k. 
AQShda ichki auditorlarning professional tashkilotlari 1941 yilda tashkil 
topgan bo’lib, Ichki auditorlar instituti – IAI (IIA – Institute of Internal Auditors) 
deb nomlangan. U hech qancha vaqt o’tmasdan «
Taraqqiyotga hamkorlik orqali 
erishiladi
» degan shior bilan chiqqan. O’tgan asrning 70-yillarida institut o’zining 
xalqaro markazini Florida shtatiga ko’chirgan. Ushbu institut faoliyati quyidagilar 
negizida qurilgan: 
a) ichki auditorlarning umumkasbiy bilimlari; 
b) professionallikni uzluksiz rivojlantirish dasturi; 
v) iqtisodiy kodeks; 
g) professional me’yorlar; 
d) sertifikatsiyalash dasturi. 
Ichki auditorlarning bunday birlashishi ularning tarqoq kuchlarini o’z 
manfaatlarini himoya qilish maqsadida birlashtirish hamda malaka mahoratini 
yanada rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish zarurligidan kelib 
chiqqan. Institut ichki auditorlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga solib 
turadi, umumta’lim faoliyatini ta’minlaydi va mazkur professional amaliyot 
me’yorlarini ishlab chiqadi. U o’z funktsiyalarini va ichki auditorlar xizmatlarini 
doimiy ravishda kengaytirib kelmoqda. 
Institut ichki auditorlarning professional olamida yuqori obro’ga ega. Uning 
dunyo bo’yicha 100 dan ortiq mamlakatlarda ishlaydigan a’zolari bor. Institutning 
AQShdagi bo’limlaridan tashqari Avstraliya, XXR, Hindiston, Isroil, Yaponiya
Malayziya, Yangi Zelan-diya, Janubiy Afrika Respublikasi, Angliya va Shimoliy 
Irlandiya kabi mamlakatlarda milliy institutlari mavjud. 


54 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin