Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


 Auditor va mijozning o’zaro munosabatlari



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

8.5. Auditor va mijozning o’zaro munosabatlari 
Auditorlar boshqa auditorlarga nisbatan do’stona munosabatda bo’lishlari, 
ularning faoliyatlarini tanqid qilishdan va boshqa hamkasblariga zarar keltiruvchi 
ongli hatti-harakatlardan tiyilishlari lozim. 
Mijoz auditorni almashtirganda, auditor hamkasblariga nisbatan odob 
doirasidan chiqmasdan munosabatda bo’lishi, ya’ni tayinlangan auditorga mijoz va 
auditorni almashtirish haqida ma’lumotlar olishda yordamlashishi kerak. Yangi 
tayinlangan auditorga ma’lumotlar axloq me’yorlariga rioya qilingan holda yozma 
shaklda beriladi. Yangidan taklif qilingan auditor, agar bunday taklif mijoz 
tomonidan o’tkazilgan tanlovning natijasi bo’lmasa, taklifga rozi bo’lishdan oldin 
avvalgi auditorga yozma so’rov yuborish va undan voz kechilishiga professional 
sabab yo’qligiga ishonch hosil qilishi zarur. 
Yangi taklif qilingan auditor, avvalgi auditordan belgilangan vaqt davomida 
o’z so’roviga javob olmasa va qo’llangan choralarga qaramay, uning ushbu mijoz 
bilan hamkorlik qilishiga to’siq bo’luvchi holatlar haqida boshqa ma’lumotlarga 
ega bo’lmasa, olgan taklifga ijobiy javob berishi mumkin.
Auditor mijozining manfaatlarini ko’zlab va uning roziligi bilan kasbiy 
xizmat ko’rsatish uchun boshqa auditorlarni va mutaxassislarni taklif etish 
huquqiga ega. Qo’shimcha ravishda jalb etilgan boshqa auditorlar (mutaxassislar) 
mijozning vakili bilan asosiy auditorlarning ishonchlilik va kasbiy sifatlarini 
muhokama qilishdan tiyilishi, uni taklif qilgan hamkasblariga nisbatan maksimal 
darajada do’stona munosabatda bo’lishi lozim.
Malaka sertifikatiga ega va auditorlik tashkiloti xodimi bo’lishga rozilik 
bildirgan auditorlar unga nisbatan xayrihox bo’lishi, butun faoliyat davomida 
firmaning obro’si va kelgusida yanada rivojlanishi uchun yordam berishi, tashkilot 
rahbariyati va boshqa xodimlar, mijozlarning rahbarlari va xodimlari bilan 
xolisona munosabatda bo’lishlari zarur. 
Xodimlar 
va 
auditorlik 
firmasining 
o’zaro munosabatlari kasbiy 
majburiyatlarni bajarishda o’zaro mas’uliyatlilikka, sodiqlik va noto’g’ri 
tushunchalarga ega bo’lmaslikka, auditorlik xizmatini tashkil etish, ularning kasbiy 


165 
mazmunini doimiy rivojlantirib, mukammallashtirib borishga asoslanishi kerak.
Auditorlik tashkilotini tez-tez almashtirib (o’zgartirib) turuvchi yoki uni 
to’satdan tark etuvchi va bu bilan firmaga ma’lum zarar keltiruvchi sertifikatlangan 
auditor kasb etikasini buzgan hisoblanadi. 
Auditorlik tashkilotining rahbarlari (hodimlari) uchinchi shaxs bilan 
o’zlarining sobiq xodimlari yoki kasbdoshlarining kasbiy yoki shaxsiy sifatlarini 
muhokama qilishdan tiyiladilar: ushbu sobiq xodimlar o’z xatti-harakatlari bilan 
kasbga va tashkilotning qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar etkazgan holatlar 
bundan mustasno. 
Auditor (boshqa) auditorlik tashkilotiga ishga kirayotgan bo’lsa, ushbu 
tashkilotning rahbarligining yozma so’rovi bo’yicha auditorning avval ishlagan 
auditorlik tashkiloti rahbari uning kasbiy va shaxsiy sifatlarini ko’rsatib, yozma 
ravishda tavsiyanoma berishi mumkin. Biror bir sabab bilan auditorlik firmasini 
tark etayotgan auditor o’z ixtiyori bilan va to’liq hajmda o’zidagi mavjud hujjatlar 
va boshqa kasbiy ma’lumotlarni tashkilotga topshirishga majbur. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin