Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


XII BOB. AUDITORLIK XULOSASI VA HISOBOTINI TUZISH



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

XII BOB. AUDITORLIK XULOSASI VA HISOBOTINI TUZISH 
12.1. Auditorlik xulosasini tuzish 
Iqtisodiy sub’ektning buxgalteriya hisobi haqidagi auditorlik xulosasi 
auditorlik tashkilotining bu hisobotning ishonchliligi to’g’risidagi fikrini 
ifodalaydi.
Auditorlik xulosasi - moliyaviy hisobotning haqqoniyligi (to’g’riligi) va 
buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlari bilan belgilangan 
talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda 
ifodalangan 
va 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotidan 
foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat. 
Auditorlik xulosasi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: 
a) nom («Auditorlik xulosasi» yoki «Auditorlik tashkilotining xulosasi»: 
ikkala nom teng huquqli); 
b) adresatning nomi; 
v) kirish qismi; 
g) qayd etish qismi; 
d) yakuniy qism; 
e) auditorlik xulosasini berish sanasi; 
j) auditorlik tashkiloti manzili; 
z) auditorlar va auditorlik tashkiloti rahbarining imzosi. 
Auditorlik xulosasi auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. 
Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi shaklining bir xilligiga rioya qilishi 
kerak. 
Auditorlik xulosasi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yo’llanib, 
buyurtmachining barcha zaruriy rekvizitlari ko’rsatilishi kerak. 
Auditorlik xulosasining kirish qismi auditorlik tashkilotining quyidagi 
rekvizitlarini o’z ichiga olishi kerak: 
– auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlari; 
– auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya raqami, berilgan 
sana va litsenziya bergan organning nomi; 


347 
– auditorlik tashkiloti davlat ro’yxatiga olingani to’g’risidagi guvohnoma 
raqami; 
– auditorlik tashkiloti hisob-kitob varag’ining raqami; 
– auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditor (auditorlar) ning, shuningdek, 
auditorlik tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi. 
Kirish qismida sana va hisobot davri ko’rsatilgan holda tekshirilgan moliyaviy 
hisobotlar ro’yxati keltirilishi kerak. 
Kirish qismida quyidagilar ko’rsatilishi kerak: 
– xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladigan 
moliyaviy hisobotni tayyorlash va uning haqqoniy bo’lishi uchun javobgar; 
– auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasining xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalariga muvofiq bo’lishi uchun javobgar. 
Auditorlik xulosasining qayd etuvchi qismida auditorlik tekshiruvi moliyaviy 
hisobot va boshqa moliyaviy axborot qonun hujjatlariga, shuningdek moliyaviy-
xo’jalik faoliyatining haqiqiy holatiga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashga 
asoslanishi ko’rsatilishi kerak. 
Qayd etuvchi qismda auditorlik tekshiruvi fikrni ifodalash uchun etarlicha 
asoslar berishi xususida auditorlik tashkilotining tasdig’i berilishi kerak. 
Auditorlik xulosasining yakuniy qismida auditorlik tashkilotining tekshirilgan 
moliyaviy-hisobot xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy-xo’jalik faoliyatining 
haqiqiy holati to’g’risida haqqoniy tasavvur berish-bermasligi va moliyaviy 
hisobot qonun hujjatlariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi xususidagi fikri 
ravshan bayon etilishi kerak. 
Auditor auditorlik xulosasini auditorlik tekshiruvi yakunlangan kun bilan 
belgilashi kerak. 
Auditor auditorlik xulosasini xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotga 
imzo chekkan yoki uni tasdiqlagan sanadan oldin keluvchi kun bilan belgilashi 
kerak emas. 


348 
Auditorlik xulosasining har bir beti auditor tomonidan imzolanishi kerak va u 
auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Qiziquvchi tomonega 
auditorlik xulosasining yakuniy qismini ko’rsatish kerak. 
Xalqaro standartlarga binoan auditorlik xulosalarining quyidagi turlari 
mavjud: 
a) ijobiy auditorlik xulosasi; 
b) shartli ijobiy auditorlik xulosasi; 
v) salbiy auditorlik xulosasi; 
g) xulosa berishdan bosh tortish. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin