Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Qaysi mamlakatning buxgalteriya hisobi tamoyillaridan foydalanganligi



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

Qaysi mamlakatning buxgalteriya hisobi tamoyillaridan foydalanganligi 
aniq bo’lmagan har qanday vaziyatda, mamlakat albatta ko’rsatilgan bo’lishi 
lozim. 
Moliyaviy hisobot paydo bo’lgan mamlakatdan tashqariga keng 
tarqaladigan
m
oliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisobotini tuzishda, auditor 
auditorlik hisobotida moliyaviy hisobot paydo bo’lgan mamlakat standartlariga 
izohlanishi lozim, masalan: 
“....... A mamlakatining buxgalteriya hisobi umum qabul qilingan 
tamoyillariga muvofiq ........”
 
Bunday ta’kidlash moliyaviy hisobotni tayyorlashda buxgalteriya hisobining 
qanday tamoyillari qo’llanilganligini foydalanuvchi yaxshiroq tushunishi uchun 
yordam beradi. Aniq boshqa mamlakatda foydalanish uchun tayyorlangan 
moliyaviy hisobot bo’yicha (masalan, xalqaro moliyalashtirishda hisobot boshqa 
mamlakatning tiliga tarjima qilingan va valyutasiga o’tkazilgan taqdirda) auditorlik 
hisobtini tayyorlashda auditor tayyorlangan moliyaviy hisobot paydo bo’lgan 


355 
mamlakat buxgalteriya hisobi tamoyillariga asoslanish kerakligini va moliyaviy 
hisobotda tegishli yoritishlar amalga oshirilganligini ko’rib chiqadi. 
Auditor hisobotga audit yakunlangan paytdagi sanani qo’yishi lozim. 
Bu o’quvchi (foydalanuvchi)ga auditor unga ma’lum bo’lgan va ushbu sanagacha 
qadar sodir etilgan va moliyaviy hisobotga hamda auditorlik hisobotga ta’sir 
ko’rsatadigan hodisalar va operatsiyalarni ko’rib chiqqanligi haqida xabar beradi. 
Auditorning mas’uliyati sub’ekt rahbariyati tomonidan tayyorlangan va 
taqdim etilgan moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisobotini tayyorlash 
hisoblanganligi munosabati bilan, u hisobotga sub’ekt rahbariyati moliyaviy 
hisobotga imzo chekkan yoki tasdiqlagan sanadan oldin bo’lgan sana qo’yishga 
haqli emas. 
Auditorlik hisobotida albatta joylashgan joyi ko’rsatilishi lozim, odatda bu 
audit o’tkazilishi uchun mas’ul bo’lgan auditorning ofisi joylashgan shahar 
ko’rsatiladi. 
Auditorlik hisoboti auditorlik firma nomidan, auditor nomidan yoki kerak 
bo’lganda, auditor nomi bilan bir qatorda, firma nomidan ham imzolanishi lozim. 
Auditorlik hisoboti, odatda, firma nomidan imzolanadi, chunki audit uchun 
mas’uliyatni firma o’z zimmasiga oladi. 
Sharhlarsiz fikr. 
Auditor belgilangan Moliyaviy hisobotni taqdim etish 
bo’yicha kontseptual asosga muvofiq moliyaviy hisobot haqiqiy va ishonchli aks 
etishni beradi (yoki barcha muhim jabhalar bo’yicha ishonchli taqdim etilgan) 
degan xulosaga kelsa sharhlarsiz fikr bildiriladi.
 
Sharhlarsiz fikr, shuningdek, 
buxgalteriya hisobi tamoyllaridagi yoki ularni qo’llash usullaridagi har qanday 
o’zgarishlar hamda ushbu o’zgarishlarning ta’siri moliyaviy hisobotda tegishli 
ravishda aniqlanganligiga va yoritilganligiga bilvosita ko’rsatadi.
 
Quyidagi vaziyatlarda auditorlik hisoboti modifikatsiyalashtirilgan sifatida 
ko’riladi: 
Auditor fikriga ta’sir ko’rsatmaydigan masalalar:
 
(a) 
tushuntirish bandi. 
Auditor fikriga ta’sir ko’rsatadigan masalalar:


356 
(a) 
sharhlar bilan fikr; 
(b) 
fikr bildirishni rad etish; 
(g) 
salbiy fikr. 
Modifikatsiyalashtirilgan hisobot har bir turi, shakli va mazmunining bir 
xilligi foydalanuvchilar tomonidan bunday hisobotni tushunish uchun yordam 
beradi. Binobarin, xalqaro standartga fikrni sharhlarsiz bildirishning taklif etilgan 
shakli hamda modifikatsiyalashtirilgan hisobotlarni chop etishda modifikatsiya 
uchun qo’llaniladigan jumlalar namunasi kiritilgan. 
Muayyan vaziyatlarda, moliyaviy hisobotning ilovasiga kiritilib keng 
muhokama qilingan va moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatadigan masalani alohida 
ajratish uchun qo’shimcha band kiritish yo’li bilan auditorlik hisoboti 
modifikatsiyalashtirilishi mumkin. Bunday tushuntirish bandini qo’shish auditor 
fikriga ta’sir ko’rsatmaydi. Ushbu band band-fikrdan keyin bo’lganligi maqsadga 
muvofiqdir, chunki bunda auditor fikri ushbu jabha bo’yicha sharhlarga ega 
emasligi nomoyon bo’ladi. 
Auditor faoliyat uzluksizligi muommosi yuzasidan muhim jabhani ajratib 
ko’rsatish 
uchun 
band 
qo’shish 
yo’li 
bilan 
auditorlik 
hisobotini 
modifikatsiyalashtirishi lozim. 
Hal qilishi kelgusi hodisalarga bog’liq va moliyaviy hisobotga ta’sir 
ko’rsatishi mumkin bo’lgan muhim noaniqlik (faoliyat uzluksizligi muammosidan 
farqli) mavjud bo’lganda, auditor auditorlik hisobotini modifikatsiyalashtirish 
ehtimolini ko’rib chiqishi lozim. Noaniqlik bu shunday vaziyatki, uning hal etilish 
kelgusi harakatlar yoki hodisalarga bog’liq. Ushbu vaziyat sub’ektning bevosita 
nazorati ostida bo’lmaydi, lekin u moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
Faoliyat uzluksizligi yoki muhim noaniqlik muammosiga e’tiborni 
qaratadigan bandni qo’shish, odatda, ushbu masalalar bo’yicha auditorlik 
hisobotini taqdim etishda auditorning mas’uliyatiga nisbatan mos bo’ladi. Bunga 
qaramasdan, alohida, masalan, moliyaviy hisobot uchun ahamiyatli bo’lgan ko’p 
sonli noaniqliklar mavjud bo’lgan vaziyatlarda, auditor tushuntirish bandini 
ko’shmaslikni o’rinli hisoblab fikr bildirishni rad etishi mumkin. 


357 
Moliyaviy hisobotga ta’sir etuvchi masalalar yuzasidan tushuntirish bandini 
qo’llashdan tashqari, auditor, shuningdek, moliyaviy hisobotga ta’sir etuvchi 
masalalardan farqli masalalar yuzasidan tushuntirish bandidan foydalanish, band-
fikdan keyin joylashtirish afzalroq hisoblanadi, yo’li bilan auditorlik hisobotini 
modifikatsiyalashtirishi mumkin. Masalan, tarkibida audit qilingan moliyaviy 
hisobot bo’lgan hujjatlardagi boshqa ma’lumotga tuzatishlar kiritish kerak bo’lsa, 
sub’ekt esa ushbu tuzatishlar kiritishdan bosh tortgan taqdirda, auditor auditorlik 
hisobotiga muhim noizchilliklar to’g’risida ma’lumot yoritilgan tushuntirish 
bandni kiritishni ko’rib chiqishi lozim. Auditorlik hisobotini taqdim etish 
yuzasidan qonunchilik bilan belgilangan qo’shimcha mas’uliyat mavjud bo’lgan 
taqdirda, shuningdek, tushuntirish banddan foydalanish mumkin. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin