Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Audit standartlarini o’zaro taqqoslash



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

Audit standartlarini o’zaro taqqoslash 
Standart 
Asosiy talablar 
Namunaviy muolaja 



Mustaqillik 
Auditda qatnashayotgan har bir 
xodim kasbiy etika kodeksida 
keltirilgan mustaqillik talablariga 
rioya qilish kerak. 
Har bir auditor firmasi ishga 
olinayotgan audit xodimi har yili 
«mustaqillik anketasi» ning 
savollariga javob berishi kerak 
Xodimlarni 
muayyan ishga 
belgilash 
Auditda ishtirok etayotgan har bir 
xodim etarli texnik tayyorgarlik va 
tajribaga ega bo’lishi kerak. 
Har bir xodim bosh auditor 
tomonidan belgilanadi va bu ish 2 oy 
oldin amalga oshiriladi. 
Maslahat 
berish 
Bosh auditor va auditda 
qatnashayotgan xodimlar 
Auditorlik firmasining direktori bilan 
maslahat. 
Yuqorida keltirilgan muammolar bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning 
turli xil shakllari mavjud bo’lgan holatda nazoratni to’g’ri tashkil qilish uchun o’z 
echimini topishi, keltirilgan takliflarga amal qilinishi esa bu echimni hal qilishda 
muhim omil bo’ladi.


370 
Auditorlik standartlari auditorlik tekshiruvlarining barcha jihatlarini belgilab 
beradi. Jumladan, auditorlik tekshiruvi vaqtida dallillarni to’plash, ularni xulosa 
tuzish vaqtida isbot sifatida ko’rsatish jarayonida auditorlik standartlari muhim rol 
o’ynaydi. Shuningdek, audi-torlik standartlari tekshiruvda mavjud haqiqiy axborot 
va audit protsedurasini belgilashga xizmat qiladi. Auditorlik standartlari nafaqat 
dalillar yig’ish, balki, o’sha dalillarni yig’ish paytida auditordan talab qilinadigan 
malaka va axloq qoidalarini, tekshiruv paytida qo’llanilishi mumkin bo’lgan 
auditorlik protseduralarini (taomillarini), shuningdek ushbu dalillarni to’plashda 
qo’llaniladigan usullarni ham belgilab beradi. Demak, auditorlik standartlari mijoz 
korxonada auditorlik tekshiruvi o’tkazilish vaqtida butun bir jarayonni boshqarib 
turishga samarali xizmat ko’rsatadi.
Keyingi vaqtlarda auditorlik faoliyatining xalqaro ko’lamda rang-barang bo’la 
borishi jarayoni kuzatilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning so’ng o’n 
yilligida auditorlik xizmatining yangi turi – guvohlik beruvchi audit turi 
shakllandi. Auditorlik xizmatining ushbu turi, ayniqsa, bank sohasida keng 
ko’lamda tarqalmoqda. Bank muassasalari mijozga kredit berishda auditorlik 
kompaniyalarini guvohlik beruvi shaxs tomon sifatida qaramoqda. Bunda 
auditorlik kompaniyasi bankdan kredit olgan mijozning kredit shartnomasini 
bajarish holatini kuzatib boradi. 
Hozircha xalqaro standartlar auditorlik tadbirlarini batafsil bayon qilishi va 
misollar keltirilishi bilan auditorlik faoliyatining milliy standartlaridan farq qiladi. 
Shu sababli xalqaro standartlarni o’rganish sifatli o’tkazilgan auditlarning 
ko’payishiga va jamoatchilik orasida auditor kasbi nufuzining ortishiga 
ko’maklashadi. 
Keyingi vaqtlarda auditorlik faoliyatining xalqaro ko’lamda rang-barang bo’la 
borishi jarayoni kuzatilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar, xususan, AQShda 20-
asrning so’ng o’n yilligida auditorlik xizmatining yangi turi – guvohlik beruvchi 
audit turi shakllandi. Auditorlik xizmatining ushbu turi, ayniqsa, bank sohasida 
keng ko’lamda tarqalmoqda. Bank muassasalari mijozga kredit berishda auditorlik 
kompaniyalarini guvohlik beruvi shaxs tomon sifatida qaramoqda. Bunda 


371 
auditorlik kompaniyasi bankdan kredit olgan mi-jozning kredit shartnomasini 
bajarish holatini kuzatib boradi. 
Auditorlik xizmatining ushbu turini tartibga solish uchun AQShda maxsus 
standartlar ishlab chiqildi. AICPA tomonidan ishlab chiqilgan ushbu standartlar 
auditning umumqabul qilingan standartlariga mos kelishi lozim. 
Quyidagi jadvallarda guvohlik beruvchi auditorlik standartlari bilan 
auditning umumqabul qilingan standartlarining o’zaro taqqoslanishi keltirilgan. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin