367
buxgalterlarning ko’pchiligi transmilliy auditorlik firmalarida, milliy auditorlik
firmalari va individual faoliyat bilan shug’ullanadi.
Dunyo bo’yicha eng rivojlangan 4 ta yirik auditorlik firmalari mavjud bo’lib,
uni «katta to’rtlik» deb atashadi. Bu firmalar ko’plab
mamlakatlarga xizmat
ko’rsatadi.
AQShda buxgalter va auditorlik xizmati yo’nalishlari bo’yicha, kasb malakasi
va tasdiqlovchi sertifikati bo’yicha farqlanadi. Ular oliy buxgalteriya malakasini
olgandan so’ng mustaqil o’quv-tajriba asosida kasbiy sertifikat olishlari kerak. Bu
uchta yo’nalish bo’yicha beriladi.
1.
Moliyaviy buxgalter – Certified Public Accounting, CPA.
2.
Boshqaruv hisobi - Certified Management Accounting, CMA.
3.
Ichki audit - Certified Internal Auditor, CIA.
Respublikamizda audit ishlarini tashkil etishda asosan tashqi audit tomonidan
o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvlari ko’zda tutiladi. O’zbekistonda ham
buxgalter va auditorlarni tayyorlash, kasbi, ish staji, kasbiy malaka sertifikatiga
bo’lgan talabni oshirish zarur. Auditorlik firmalari
tomonidan bajariladigan ish,
xizmatlarni tuzilishi bo’yicha quyidagicha taqqoslash mumkin.
AQShdagi xalqaro va milliy auditorlik firmalarining asosiy faoliyati 55%
audit qilish, 20% boshqaruv xarakteridagi maslahatlar xizmati, 20% soliq va
soliqqa tortish bo’yicha maslahatlar berishdan asosiy daromad manbai hosil
bo’ladi. O’zbekistonda esa xorijiy firmalar auditorlik faoliyatidan kelib tushadigan
jami daromadning atigi 7%ini tashkil etib, uning asosiy qismi «Audit qilish»,
«Boshqaruv xarakteridagi maslahat xizmatlari»dan kelib tushadi.
Shu sababli
O’zbekiston Respublikasida yirik auditorlik firmalari «katta to’rtlik» xizmatidan
foydalanish sohasini yanada kengaytirish kerak. Bu ma’lumotlardan ko’rinib
turibdiki, O’zbekistonda auditorlik firmalari faoliyatini takomillashtirish va ularni
xalqaro auditorlik standartlari talablari asosida tashkil etish zaruriyati kelib chiqdi.
Chunki O’zbekistonda ham auditorlik firmalarini faoliyat turi, ustav kapitali,
xodimlari soni, xizmat ko’rsatish sohasi yo’nalishlari bo’yicha guruhlarga ajratish
mumkin. Bu bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil
368
22 sentyabrdagi №365-sonli qarori asosida tashkil qilish zarurdir.
Hozirgi kunda
O’zbekiston Respublikasida Audit sohasida qabul qilinayotgan me’yoriy
hujjatlarga, auditning milliy standartlari va auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun
hujjatlariga asosan auditorlik firmalarini tashkiliy ro’yxatdan o’tkazish,
litsenziyalash
va
auditorlarning
malaka
sertifikatlarini
berish
tartibini
takomillashtirish zarurdir.
Oxirgi 20-30 yilda auditorlar bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda katta
mavqega erishganini, AQSh va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda o’z sohasida
nufuzli erkin professionallar toifasiga kiradigan buxgalteriya hisobi hamda tahlil
bo’yicha mutaxassislarning nisbatan kichik va keng ommaga uncha ma’lum bo’l-
magan guruhi shu yillarda ancha e’tiborli professional birlashmalarga aylandi.
Turli sabablarga ko’ra bu birlashmalar iqtisodiy axborotni tartibga solish va
nazorat qilish tizimida markaziy o’rinni egalladi. Bu ham, o’z navbatida,
auditorlarni eng yuqori darajadagi birja, bozor va siyosiy sohalarga yaqinlashtiradi.
Ushbu masalada O’zbekiston Respublikasida ham ko’pgina ishlar amalga
oshrilmoqda, lekin bu ishlar etarli darajada emas.
Auditorlik munosabatlarini
o’rganishda rivojlangan davlatlardagi tajribalar asos bo’lishi mumkin:
–
audit o’tkazish ob’ektlarini ajratib olish, ya’ni davlat tashkilotlari va
xususiy korxonalardagi auditorlik xizmatlari;
–
auditning vazifalarini ajratib olish byudjet tushumlari va xarajatlari,
hisobotlardagi moliyaviy natijalar ustidan nazorat qilish,
zarur hollarda mulkning
saqlanishini nazorati va hokazolar.
– hududlarda xizmat qilayotgan auditorlik firmalarining ta’sir doirasini
kuchaytirish.
Umuman, bu fikrlar mulk munosabatlariga va shu hisob muno-sabatlarining
o’zgarishidan kelib chiqayotgan bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq javob beradi,
deb o’ylaymiz.
Auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha qaror ichki audit xizmati bilan
auditorlik xizmati ko’rsatishga shartnoma tuzgan tegishli bo’linma rahbari
tomonidan qabul qilinadi.
369
Shuningdek, har bir auditorlik xizmati vaqtida:
1.
Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunga muvofiq kelishligi.
2.
Ishlab chiqilgan va amaliyotda qo’llanilayotgan
auditning umumiy
standartlariga asoslanishi.
3.
Auditning milliy standartlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Shuni qayd etish kerakki, auditorlik firmalarining ish faoliyatini yaxshilash va
sifat nazorati standartlariga to’la amal qilishni ta’minlash uchun ularni toifalarga
ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Buning uchun ikkita sektsiya tashkil qilish
tavsiya etiladi:
1.
Qimmatli qog’ozlar va birja muomalalari bo’yicha audit sektsiyasi.
2.
Kompaniyalarning audit sektsiyasi.
Bunday sektsiyalar o’z-o’zini boshqarishda va nazorat qilishda katta rol
o’ynaydi. Sektsiyalarga a’zo bo’lish uchun auditorlik fir-malariga, albatta, ma’lum
talablar qo’yiladi va bunday sektsiyaga a’zo auditorlik firmalarining mavqei ham
oshib boradi. Auditorlik firmalari sektsiyalar ichida bir-birini
tekshirish huquqiga
ega bo’ladi va faqat tekshiruvdan muvaffaqiyatli chiqqan firma sektsiya a’zoligida
qolishi mumkin. Bunday tekshiruvlar firmaga ham, auditorlarga ham foydali
bo’lib, ularga ishonchni oshirib boradi.
Dostları ilə paylaş: