43
standartlarning loyihasini ko’rib chiqishda ishtirok etadi. Mazkur tashkilot 1976
yilda tuzilgan bo’lib,
unga Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Kanada, Daniya,
Finlandiya, Frantsiya, Germaniya, Gretsiya, Islandiya, Irlandiya, Italiya, Yaponiya,
Lyuksemburg, Niderlandiya, Yangi Zelandiya,
Norvegiya, Portugaliya, Ispaniya,
Shvetsiya, Shveytsariya, Turkiya, Buyuk Britaniya va AQSh davlatlari a’zo
hisoblanishadi.
Auditning xalqaro standartlarini ishlab chiqishda
xalqaro tash-kilotlardan
tashqari mintaqaviy tashkilotlar ham ishtirok etishi mumkin. Buxgalteriya hisobi
va auditning xalqaro standartlarini ishlab chiqishda eng faol ishtirok etadigan
mintaqaviy tashkilot Evropa iqtisodiy hamjamiyati hisoblanadi. Ushbu tashkilot
1957 yilda tuzilgan bo’lib, uning tarkibiga Belgiya, Daniya, Frantsiya, Germaniya,
Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya
va Portugaliya kiradi.
Evropa iqtisodiy hamjamiyati unga a’zo mamlakatlarning
hisob va audit
tizimlarini standartlashtirish maqsadida 5 ta direktiva ishlab chiqqan. Bu
direktivalardan
ko’zlangan
asosiy
maqsad
mazkur
tashkilotga
a’zo
mamlakatlarning milliy hisob va audit tizimlarini bir-biriga yaqinlashtirishdan
iborat. Chunki, Evropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlarning milliy hisob
va audit tizimlari bir-biridan farq qiladi. Masalan, Niderlandiya, Buyuk Britaniya
va Irlandiyada buxgalteriya hisobi va audit ma’lumotlari asosan investorlar uchun
mo’ljallanadi hamda hisob va audit ma’lumotlari
boshqaruv qarorlarini qabul
qilishda qo’llaniladi. Germaniya, Lyuksemburg va Belgiyada esa hisob va audit
ma’lumotlari, asosan, bank muassasalariga yo’naltirilgan. Frantsiyada esa yagona
unifikatsiyalangan hisob va audit tizimi mavjud bo’lib,
u davlat rejalashtirish
tashkilotlarini ma’lumot bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Mazkur
muammolarni
bartaraf
etish
maqsadida
Evropa
iqtisodiy
hamjamiyatining direktivalari ishlab chiqilgan. Masalan, 1984 yil 10 aprelda qabul
qilingan 8-direktivada Evropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar
auditorlariga qo’yiladigan malakaviy talablar belgilangan bo’lib, barcha mamlakat
auditorlariga qo’yiladigan talablar unifikatsiyalashtirilgan.
44
1979 yilda tuzilgan Buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha Afrika Kengashi
ushbu qit’a mamlakatlarida mavjud milliy hisob va audit tizimlarini bir xil asosga
keltirishga xizmat qiladi. Ushbu tashkilotga Afrika qit’asidagi 27 mamlakat
birlashtirilgan.
Lotin Amerikasidagi mamlakatlarning milliy
hisob va audit tizimlarini
standartlashtirish maqsadida Amerika mamlakatlari buxgalterlari assotsiatsiyasi
tuzilgan bo’lib, uning tarkibiga 21 ta davlat kiradi. Ushbu tashkilot har 2-3 yilda
yirik anjumanlar o’tkazadi hamda uning natijasiga ko’ra, ilmiy uslubiy
qo’llanmalar chop etadi.
Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari buxgalterlari
assotsiatsiyasi Indoneziya,
Malayziya, Filippin, Singapur va Tailand davlatlari a’zolaridan tashkil topgan.
Ushbu tashkilot faqatgina buxgalterlarning malakasini oshirish bilan cheklanib
qolmasdan, balki milliy hisob tizimlarini bir-biriga muvofiqlashtirish bo’yicha ham
ishlar olib boradi.
Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari buxgalterlari konfederatsiyasi tarkibiga
20 dan ortiq davlat kiradi. Ushbu tashkilotning maqsadi
mintaqada buxgalteriya
hisobi va auditorlik kasbini rivojlantirishni muvofiqlashtirishdan iboratdir.
Tashkilot endilikda milliy hisob va audit tizimlarini uyg’unlashtirishga asosiy
e’tiborini qaratmoqda.
3.2.
Dostları ilə paylaş: