45
Certified Public Accountants – AICPA) AQShda
auditorlik faoliyatining
rivojlanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan. Unga quyidagi majburiyatlar yuklangan:
qasamyod qilgan buxgalterlar uchun professional talablarni belgilash;
buxgalteriya hisobi va audit bilan bog’liq mavzularda tadqiqotlar
o’tkazish va asarlar chop qilish;
ma’muriyat uchun maslahat xizmatlari;
soliqqa tortish sohasidagi maslahat xizmatlari va boshqalar.
Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga ko’plab boshqa muassasalar,
assotsiatsiyalar va institutlar ham ta’sir ko’rsatgan. Ulardan har biri ma’lum
vazifalarni bajarish uchun yaratilgan bo’lib, ularda auditorlik faoliyatiga juda ham
xilma-xil yondoshuvlar mavjud. Shubhasiz, eng
muhimlaridan biri qimmatli
qog’ozlar va birja operatsiyalari bo’yicha komissiya - QQBOK (Securities and
Exchange Comission – SEC) bo’lib, u moliya bozorining rivojlanishi uchun mas’ul
hisoblanadi.
Bulardan tashqari, AQShda markaziy hisob boshqarmasi (yoki umumiy
buxgalteriya hisoboti boshqarmasi) – MHB (General Accounting Office - GAO)
ham mavjud. Bu federal hukumat qonunchilik shohobchasining idoradan tashqari
xizmati bo’lib hisoblanadi. O’zbekistonda bu borada Hisob Palatasi tashkil etilgan.
GAO faqat AQSh Kongressi oldidagina mas’ul hisoblanadi. Unga bosh nazoratchi
rahbarlik qiladi, u Kongress oldida hisobot beradi.
GAO auditor xodimlarining
asosiy majburiyati – aynan Kongress uchun auditor-larni tasdiqlash funktsiyasini
bajarishdir. AQShning har xil hukumat muassasalari Kongress uchun moliyaviy
axborotlarning ayrim turlarini (shu jumladan, byudjet mablag’larining
sarflanishi,
davlat buyurtmalarining bajarilishi haqida ham) vaqti-vaqti bilan taqdim qilib
turadi. Ular tomonidan tayyorlangan axborotlarning katta qismi Kongressga
taqdim qilinishidan oldin GAO mutaxassislari tomonidan auditorlik tekshiruvidan
o’tkaziladi. Hukumat muassasalarining xarajat va daromadlari qonun hujjatlari
bilan belgilanganligi sababli, ushbu auditorlik tekshiruvlar mazmuni – buxgalteriya
hisoboti bilan yakunlangan an’anaviy audit emas, balki muvofiqlik auditidir. GAO
auditorlarining
boshqa maj-buriyatlari ham, asosan, mustaqil auditorlik firmalari
46
mutaxassislariniki kabi bajariladi.
AQShdagi auditorlarni birlashtirib turgan, yuqorida sanab o’tilgan
tashkilotlardan tashqari, quyidagilarni ham keltirish mumkin:
1.
Buxgalterlarning Amerika Assotsiatsiyasi – BAA (American
Accounting Association – AAA). Bu tashkilot asosan buxgalteriya hisobi, audit va
moliyaviy tahlil o’qituvchilarini birlashtiradi.
2.
AQSh buxgalterlarining milliy assotsiatsiyasi – ABMA (National
Association of Accountants – NAA). Bu moddiy ishlab chiqarishning turli
tarmoqlarida,
notijorat tashkilotlarda, banklarda, sug’urta kompaniyalarida va
boshqalarda ishlaydigan buxgalterlarning idoradan tashqari assotsiatsiyasidir.
3.
Moliya xodimlari instituti – MXI (Financial Executives Institute –
FEI). U asosan moliyaviy direktorlar va bosh buxgalterlarni birlashtiradi.
4.
Davlat muassasalari buxgalterlarining assotsiatsiyasi – DMBA
(Association of Government Accountants – AGA). Ushbu assotsiatsiyada davlat
(federal, ayrim hollarda munitsipial)
muassasalari, xizmatlar va agentliklarning
buxgalterlari birlashadilar.
5.
Kompyuterlashtirilgan audit bo’yicha mutaxassislar asso-tsiatsiyasi –
KAMA(EDP Auditors Association) va boshqalar.
Angliyada qasamyod qilgan buxgalterlarni birlashtiruvchi, quyidagi asosiy
tashkilotlar mavjud:
1.
Angliya va Uels qasamyod qilgan buxgalterlarining instituti –
AUQBI(The Institute Chartered Accountants in England and Wales – ICAEW,
yoki ACA, yoki FCA);
2.
Diplomli buxgalterlarning jamoat assotsiatsiyasi – DBJA (The
Chartered
Association of Certified Accountants – CACA yoki ACCA, FCCA);
3.
Buxgalter-tahlilchilarning jamoat instituti – DBJA (The Chartered
Institute of Management Accountants – CIMA, yoki ACMA, FCMA);
4.
Milliy moliya va buxgalteriya hisobi jamoat instituti – MMBHJI (The
Chartered Institute of Public Finance and Accountancy- CIPFA, yoki IPFA);
5.
Shotlandiya qasamyod qilgan buxgalterlar instituti (The Institute of
47
Chartered Accountants of Scotland–ICAS, yoki CA);
6.
Irlandiya qasamyod qilgan buxgalterlari institut (The Institute of
Chartered Accountants of Ireland –ICAI, yoki FCA).
Dostları ilə paylaş: