177
– audit ob’ektlarini yozish (buxgalteriya hisobi, ichki nazorat tizimi,
moliyaviy hisobot);
– audit chegaralarini belgilash, ya’ni amaldagi qonuniy hujjatlar bo’yicha ish
ko’rishi, auditorlik firmasining qoidalariga bo’ysunish;
– Auditorlik xulosasi turlarini sanash, auditorlik xulosasi tarkibiy qismlarini
bayon qilish;
– hisobda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan xatolarni hisobga olgan holda
tavakkalchilik darajasini belgilash;
– auditga ma’no kasb etadigan hisob hujjatlari va axborotlar bilan ta’minlash;
– iqtisodiy sub’ekt xodimlari tomonidan yordam berishni ta’minlash;
– tijorat sirini saqlash bo’yicha auditorning majburiyati.
Quyidagilar xat-majburiyatda albatta ko’rilishi kerak:
– xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi, ichki nazorat tizimi,
moliyaviy hisoboti holatini tekshirishning maqsadi;
– iqtisodiy sub’ektning tekshiruvga taqdim etilgan hujjatlarining
ishonchliligini ta’minlashdagi majburiyati;
– tekshiruv davomida auditorning foydalaniladigan qonuniy va normativ
hujjatlari;
– qilingan ish natijasi bo’yicha auditorlik hisobotining shakli.
Odatda xat-majburiyat mijozga birlamchi auditdan oldin jo’natiladi. Qayta
audit o’tkazilganda quyidagi hollardagina xat-majburiyat mijozga jo’natiladi:
– mijoz audit ob’ektlarini, audit ko’lamini, auditorlik faoliyatining
chegarasini, taqdim qilingan hujjat bo’yicha o’zining javobgarlik darajasini
noto’g’ri tushunganida;
– audit o’tkazish muddati, haq to’lash hajmi va boshqa shartlar o’z-garganida;
– mijoz korxona rahbariyatida yoki hisobot tuzishda ma’sul bo’lgan xodimlar
tarkibida o’zgarish bo’lganida;
– tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ekt faoliyatining turi va ko’lami sezilarli
darajada o’zgarganda.
Dostları ilə paylaş: