Aldash turlari
Manipulyatsiya, falsifikatsiya yoki
hisob hujjatlarini o’zgartirilishi
Aktivlarni noqonuniy yo’l bilan
egallash
Hisob hujjatlarida noto’g’ri ma’lumot,
axborot berish yoki ularni yashirish
Moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarini
noto’g’ri hisobga olish
Hisob siyosatini noto’g’ri olib borish
Hisob siyosatini noto’g’ri olib borish
Faktlarni unutish yoki ularni noto’g’ri
tushunish
Arifmetik xatolar
Xato turlari
202
Ichki nazorat va buxgalteriya hisobida bo’ladigan kamchiliklardan tashqari
aldash va xatolarning ko’payishiga yoki kamayishiga quyidagi omillar ta’sir etadi:
Rahbariyatning rostgo’yligi va haqqoniyligi;
Ichki va tashqi tazyiqlar ta’siri;
Noma’lum operatsiyalar;
Auditorlik isbotlarini yig’ish paytida paydo bo’ladigan muammolar.
Tavakkalchilikni baholash natijasidan kelib chiqqan holda auditor auditorlik
protseduralarini ishlab chiqib, aldash va xatolarni oldini olinganligini aniq bilishi
kerak.
Keyinchalik auditor aldash va xatolarning oldi olinganligi haqidagi aniq
isbotga ega bo’lishi shart. Xatoni topish ehtimoli yuqoriroq, chunki xato
bilmasdan, anglashilmovchilik yoki e’tiborsizlik natijasida yuzaga keladi. Unda
xatoni yashirishga harakat ham qilin-maydi.
Aldash esa aksincha bo’lib, u bilib turib kamomadlarni yashirilishidir va
oqibatda moliyaviy hisobotni noto’g’ri tuzilishiga olib keladi.
Noto’g’ri tuzilgan moliyaviy hisobotdagi aldashlar yashirilib ko’rsatilgani
tufayli ularni topish ehtimoli biroz kamroq.
Agar tavakkalchilikni (riskni) baholash asosida ishlab chiqilgan auditorlik
protseduralar aldash va xato borligini aniqlasa, auditor bu aldash va xatoning
moliyaviy hisobotga potentsial ta’sirini aniqlashi shart.
Agar aniqlangan xato va aldash moliyaviy hisobotga katta ta’sir ko’rsatsa,
auditor qo’shimcha protseduralarni amalga oshirishi shart.
Qo’shimcha protseduralarni hajmi auditorni o’ziga bog’liq bo’lib, xato va
aldashlarni turi, ularning kelib chiqish ehtimoli, moliyaviy hisobotga qanchalik
darajada ta’sir darajasidan kelib chiqadi.
Odatda qo’shimcha protseduralar xato va aldashlar aniq bor yoki yo’qligini
aniqlab beradi. Agar xato yoki aldash aniqlansa, auditor tezda rahbariyatni
ogohlantirib, aldash va xato bartaraf etilishini nazorat qilishi kerak. Bu xato yoki
aldashlarning o’zining auditorlik hisobotiga ta’siri darajasini ham o’rganishi kerak.
Auditor tezda rahbariyatga murojaat qilishi shart, agar:
203
Aldash bo’lishi mumkinligini sezib qolsa, moliyaviy hisobotga ta’sir
ko’rsatmasa ham;
Aldash yoki katta xato ma’lum bo’lsa.
Agar aldashda rahbariyatni qo’li bo’lsa, auditor yurist maslahatchilardan
foydalanishi shart.
Agar auditor talab qilinadigan ma’lumotlarga ega bo’lmasa, aldash va xato
bo’lganligi yoki bo’lishi mumkinligini aniqlay olmasa, u auditorlik xulosasini
berishdan bosh tortishi lozim.
Auditor ma’lumotlarni sir tutishi kerak, lekin aldash aniqlangan ma’lum bir
hollarda u qonuniy ravishda yurist maslahatidan foydalanishi shart. Aldash va
xatolarni ko’paytiradigan omillarga misollar:
1.
Rahbariyatning rostgo’yligiga va haqqoniyligiga tegishli misollar:
Rahbariyat vazifalari bir kishi tomonidan amalga oshirilib, uning ustidan
tegishli, samarali nazorat o’tkazilmaslik;
Ko’pturkumli korporativ tizim majudligi, ammo keraksiz;
Yuristlarni va auditorlarni tez-tez almashinishi.
Kerakli joylarda ichki nazoratni kuchaytirmaslik;
Bosh buxgalter, buxgalterlar va iqtisodchilarni tez-tez o’zgarib, almashinib
turishi.
iqtisodchi va buxgalterlarning bo’sh o’rinlarini to’ldirmaslik.
2.
Ichki va tashqi tazyiq ko’rsatishga tegishli misollar:
Sanoat tarmog’ining iqtisodiy ko’rsatkichlari pasayib, bankrotlik hollari
ko’payishi;
Foydaning kamayishi yoki ishlab chiqarishni keskin ko’paytirish sababli
aylanma mablag’ning miqdori pasayib, etishmovchilik vujudga kelishi.
Foydaning sifat tarkibini kamayishi: masalan, naqd pulsiz sotuv hisob-
kitoblari bilan bog’liq tavakkalchilikning oshib ketishi, moliyaviy xo’jalik
faoliyatda amaliy o’zgarishlar, noto’g’ri muqobil hisob siyosatini tanlash.
Aktsiyalarni bozordagi narxini ko’tarish uchun sof foydani yuqori qilib
ko’rsatish.
204
Korxonaning investitsiyalari keskin o’sishi yoki ishlab chiqariladigan
mahsulotlarning turlarini keskin ko’payishi.
Sub’ektning bosh rahbarlariga moliyaviy tazyiq ko’rsatilishi.
Korxona bir xil mahsulot ishlab chiqarishga majburligi.
Buxgalteriya ishchilariga juda kam vaqt ichida moliyaviy hisobotni to’ldirib
berish to’g’risida buyruq berish.
3.
Noma’lum operatsiyalarga misollar:
Yilning oxirida foydaga ta’sir etuvchi noma’lum operatsiyalar.
Buxgalteriya schetlarida noma’lum va chigal operatsiyalar.
Aloqador tomonlar bilan operatsiyalar.
Yurist, maslahatchi yoki agentlarni xizmatlariga yarasha oylik bermasdan,
balki juda yuqori oylik berish.
4.
Auditorlik isbotlarini to’plash vaqtida paydo bo’ladigan muammolarga
misollar:
Hisob yozuvlarini noto’g’ri olib borilishi, masalan, buxgalteriya kitoblari va
schetlarda o’zgarishlarni ko’pligi, standartlar asosida operatsiyalarni aks
ettirmaslik.
Operatsiyalar va buyruqlarni hujjatlashtirmaslik.
Buxgalteriya yozuvlari va uchinchi tomonlar ma’lumotlari o’rtasida katta
farq mavjudligi va ularning auditorlik isbotlariga qarama-qarshiligi.
Auditorning savollariga noaniq yoki umuman javob bermaslik.
Moliyaviy xo’jalik faoliyati avtomatik ravishda amalga oshirilayotgan
korxonalarda aldash va xatolarga ta’sir etuvchi omillar misoli:
Dasturlar eskirishi yoki vaqtida ma’lumotlarni kompyuterga kiritmaslik
sababli fayllardan ma’lumot ololmaslik.
Qo’lga kiritilgan ma’lumotlarni tasdiqlanmaganligi, tekshi-rilmaganligi va
tegishli hujjatlarda aks ettirilmaganligi.
Moliyaviy hisobot va ma’lumotlar bazasi o’rtasidagi balans yo’qligi.
205
To’g’ri rejalashtirish va xalqaro audit standartlariga asoslanib, auditni amalga
oshirishga
qaramasdan,
moliyaviy
hisobotni
xatolarini
topa
olmaslik
tavakkalchiligi juda katta.
Aldash natijasida pafdo bo’lgan xatolarni aniqlay olmaslik tavakkalchiligi
(riski) xato asosida paydo bo’lgan buzilishlarni aniqlay olmaslik tavakkalchiligi
(riski) ga qaraganda nihoyatda katta. Chunki aldash bu – bilib turib qilingan
harakat bo’lib, u albatta yashiriladi, masalan, maxfiy kelishuv, hujjat almashtirish,
atayin operatsiyalarni aks ettirmaslik va auditorga bilib turib noto’g’ri axborot
berish.
Agar auditor shu kabi aldashlarni isbotini aniqlamasa, u ma’lumotni aniq,
hisob yozuvlarini va hujjatlarni haqqoniy deb tan olishi mumkin.
Shunga qaramasdan auditor xalqaro audit standartlari 200-«Moliyaviy hisobot
auditini maqsadi va umumiy tamoyillari» standartiga asoslanadi va har bir
korxonani audit qilish vaqtida aldash va xato bo’lishi mumkin deb taxmin qilib,
fikr bilan sinchkovlik bilan tekshirishi zarur.
Bizga ma’lumki, buxgalteriya hisobini samarali sistemalari va ichki nazoratni
kuchaytirilishi aldash va xatolarni kamayishiga olib keladi. Lekin korxona
rahbarlari moliyaviy kelishuvlariga qarshi hech qanaqa ichki nazorat va hokazalar
yordam bermaydi. Rahbariyat xodimlari ichki nazorat qonunlariga buysunmasligi
mumkin. Shuning uchun yurist maslahatlaridan foydalanishi zarur.
Agar korxona rahbariyati aldash faktlarini bartaraf etish uchun hech narsa
qilmasalar, auditor korxonani audit qilishdan bosh tortishi mumkin (moliyaviy
hisobotga aldashni ta’siri bo’lmagan holda, lekin auditor o’zgartirishi shart deb
lozim topsa). Bu faktlarga korxona rahbariyati aralashganini auditor aniqlasa, u
yurist maslahatlaridan foydalanishi shart.
Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi nashr etgan Axloq kodeksiga asosan
korxonani audit qilishdan bosh tortgan auditor, bosh tortish sabablarini aniq dalil,
isbotlar asosida korxona, tashkilot rahbariga tushuntirish orqali ma’lum qilishi
shart.
206
Xalqaro audit standartlarining aldash va xatoga bag’ishlangan 240-
standartida audit o’tkazish chog’ida nimalarga ko’proq e’tibor bermoqlik, aldash
va xatolarning o’rtasidagi farqlar, ularning moliyaviy hisobotga qanchalik ta’sir
etgan yoki etmaganligi, ularni aniqlash chog’ida aldash va xatoni to’liq ajratib,
moliyaviy natija noto’g’ri tuzilishiga xato, ya’ni bilmasdan turib qilingan xatolarni
ta’sirini aniqlab, ularni to’g’rilash bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirish
kabilarni o’z ichiga oladi.
Shu bilan birgalikda audit jarayonida auditor moliyaviy hisobotni noto’g’ri
tuzilishiga aldashlar sabab bo’lganini aniqlasa, tezlik bilan uni rahbarlarga
bildirishi va ularni oldini olishga yo’l-yo’riqlar ko’rsatishi lozim. Agar aldash
rahbariyat tomonidan amalga oshirilgan bo’lsa, u holda yurist maslahatlaridan
foydalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |