Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

chiqish 
Auditorlik muolajalarini rejalashtirishda va amalga oshirishda hamda ular 
natijalariga baho berishda va hisobot taqdim etishda auditor sub’ekt faoliyati 
qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq emasligi moliyaviy hisobotga ahamiyatli 
ta’sir ko’rsatishi mumkinligini his etishi lozim. Biroq, audit faoliyatning barcha 
qonunlarga va me’yoriy hujjatlarga muvofiq bo’lmagan holatlarini aniqlab beradi 
deb bo’lmaydi. Faoliyat muvofiq emasligini aniqlash, ahamiyatligidan qati nazar, 
sub’ekt rahbariyati yoki xodimlarning halolligiga oid masalalarni va ular auditning 
boshqa jabhalariga ta’sir ko’rsatishligi ehtimolini ko’rib chiqishni talab qiladi. 
250-XAS qo’llaniladigan “muvofiq emaslik” atamasi audit qilinayotgan 
sub’ektning amaldagi qonunlarga va me’yoriy hujjatlarga zid bo’lgan, ataylab va 
bilmasdan turib qilgan harakatlari va u tomondan yo’l qo’yilgan xato va 
kamchiliklardir. Bunday harakatlar sub’ektning o’zi tomonidan yoki uning 
nomidan, rahbariyat yoki uning nomidan xodim tomonidan amalga oshirilgan 
operatsiyalardan iborat. XASning maqsadi uchun “muvofiq emaslik” atamasi 
sub’ekt rahbariyat yoki xodimlar tarkibidagi shaxsning qonunga to’g’ri 
kelmaydigan axloqini o’z tarkibiga kiritmaydi. 
Xarakatlar “muvofiq emas” deb aniqlash huquqiy doiraga taalluqli va, 
odatda, auditorning kasbiy xabardorligidan tashqarida bo’ladi. Auditorning kasbiy 


220 
tayyorgarligi, tajribasi, sub’ekt va uning tarmog’ini tushunishligi, auditorning 
diqqatini jalb qilgan ayrim harakatlar qonunlarga va amaldagi me’yoriy hujjatlarga 
muvofiq emas deb tan olishga asos bo’lishi mumkin. Odatda, alohida bir harakat 
“muvofiq emas”ligi yoki bunday bo’lishligi mumkinligi tegishli ma’lumotga ega 
bo’lgan va malakali, huquq doirasida amaliyot bilan shug’ullanadigan mutaxassis 
maslahatiga asosan aniqlanadi, lekin yakuniy baho faqat sud qarori bilan berilishi 
mumkin. 
Qonunlar va me’yoriy hujjatlar moliyaviy hisobotga taalluqligi bo’yicha 
ahamiyatli farqlanadi. Ayrim qonunlar va me’yoriy hujjatlar sub’ekt moliyaviy 
hisobotining shakli va mazmuni, hisobga olinadigan summalar yoki moliyaviy 
hisobotda yoritiladigan ma’lumotni belgilaydi. Boshqa qonunlar va me’yoriy 
hujjatlarga sub’ekt rahbariyati rioya qilishi lozim yoki ular sub’ekt o’z faoliyatini 
amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan sharoitlarni belgilaydi. Ayrim sub’ektlar 
qattiq tartibga solinadigan tarmoqlarda harakat qiladilar (masalan, banklar yoki 
kimyo sanoati korxonalari). Boshqalar faoliyati faqat biznesning xo’jalik 
jabhalariga umumiy taalluqli bo’lgan qonunlar va me’yoriy hujjatlar bilan tartibga 
solinadi (masalan, xavfsizlik texnikasiga, xodimlar sog’lig’ini saqlashga va ishga 
qabul qilishda teng huquqlik tamoyillariga rioya qilishda). Faoliyat qonunlar va 
me’yoriy hujjatlarga muvofiq emasligi sub’ekt uchun moliyaviy oqibatlarga, 
masalan jarimalarga, sudda ko’rishlikka va hokazolarga olib keladi. Odatda, 
muvofiq emaslik qanchalik moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan hodisalar va 
operatsiyalardan uzoqroq bo’lsa, shunchalik u auditor tomonidan aniqlanishi yoki 
taxmin qilinayotgan muvofiq emaslikni tan olish ehtimoli kam 
Qonunlar va me’yoriy hujjatlar turli mamlakatlarda turlichadir. Buxgalteriya 
hisobi va auditning milliy standartlari, ehtimol, audit uchun qonunlar va me’yoriy 
hujjatlarning ahamiyatiga oid yanada ham aniqroq qoidalaridan iborat bo’lishi 
mumkin. 
250-xalqaro standart moliyaviy hisobot auditi uchun qo’llanishi mumkin, 
lekin auditor sub’ekt faoliyati aniq qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini 


221 
tekshirish va hisobot tayyorlash uchun alohida ataylab jalb qilingan boshqa 
kelishuvlar uchun qo’llab bo’lmaydi. 
Moliyaviy hisobotni audit qilishda auditorning tovlamachilik va 
yanglishlarni ko’rib chiqish uchun mas’uliyatiga oid qo’llanma 240-XAS “Aldash 
va xato”da taqdim etilgan. 
Faoliyatni qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirish uchun 
sub’ekt rahbariyatining mas’uliyati 
Faoliyatni qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirish uchun 
mas’uliyat sub’ekt rahbariyatining zimmasiga yuklatilgan. Muvofiq emaslik 
holatlarini oldini olish va aniqlash yuzasidan sub’ekt rahbariyati mas’uldir. 
Quyidagi muolajalar va siyosat, boshqalar qatorida, sub’ekt rahbariyatiga 
muvofiq emaslik holatlarini oldini olish va aniqlash yuzasidan o’z majburiyatlarini 
bajarishda yordam beradi: 

Huquqiy talablar monitoringi va operatsion muolajalar ushbu talablarga 
muvofiq ishlab chiqilganligini ta’minlash. 

Tegishli ichki nazorat tizimlarini barpo etish va ijrosini ta’minlash. 

Kasbiy axloq kodeksini ishlab chiqish, ma’lumot uchun etkazish va unga 
rioya qilish. 

Kasbiy axloq kodeksi xodimlar tomonidan tegishli ravishda o’rganilishi 
va tushunishligini ta’minlash. 

Kasbiy ahloq kodeksiga rioya qilinishi yuzasidan monitoring o’tkazish va 
tegishli ravishda unga rioya qilmagan xodimlarga nisbatan intizomiy choralarni 
qo’llash. 

Huquqiy talablar yuzasidan monitoring o’tkazishda yordam berish uchun 
huquqiy maslahatchilarni jalb qilish. 

Sub’ekt o’zining tarmog’i doirasida rioya qilinishi lozim bo’lgan 
ahamiyatli qonunlar ro’yxatini yuritish va rasmiy da’volarni hisobga olish. 
Yirik sub’ektlarda ushbu muolajalar va siyosat tegishli majburiyatlar 
quyidagilar zimmasiga yuklatish yo’li bilan qo’shimcha ravishda to’ldirilishi 
mumkin: 


222 

Ichki audit xizmatiga. 

Auditorlik qo’mitasiga. 
Auditor sub’ekt faoliyati muvofiq emasligi holatini oldini olish uchun 
mas’ul emas va mas’ul bo’la olmaydi. Biroq har yili audit o’tkazilishini to’xtatib 
turuvchi omil sifatida ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
Audit o’tkazishda, garchi audit XASga muvofiq tegishli ravishda 
rejalashtirilgan va o’tkazilgan bo’lsa ham, moliyaviy hisobotdagi ayrim ahamiyatli 
noto’g’ri aks ettirilishlar aniqlanmay qolishning ajralmas tavakkalchiligi mavjud. 
Quyidagi omillar sababli ahamiyatli noto’g’ri aks ettirishlar sub’ekt faoliyati 
qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq emasligi natijasida vujudga kelgan 
bo’lsa, ushbu tavakkalchilik oshadi: 

Asosan sub’ekt faoliyati jabhalari bilan bog’liq bo’lgan, odatda moliyaviy 
hisobotga ahamiyatli ta’sir etmaydigan va buxgalteriya hisobi va ichki nazorat 
tizimlari bilan qamrab olinmagan ko’p sonli qonunlar va me’yoriy hujjatlar 
mavjudligi. 

Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlariga xos bo’lgan cheklovlar 
hamda test sinovlarini o’tkazish auditorlik muolajalar samaradorligiga ta’sir 
ko’rsatadi. 

Auditor tomonidan olingan aksariyat dallilar o’zining tavsifi bo’yicha 
yakuniy emas, ko’proq tasdiqlovchi bo’lib hisoblanadi. 

Muvofiq emaslik ostida uni yashirishga qaratilgan harakat, masalan 
kelishuv, hujjatlarni soxtalashtirish, operatsiyalar hisobini ataylab yuritmaslik, 
sub’ektning yuqori rahbariyati tomonidan nazoratni inkor etish yoki auditorga 
taqdim etilayotgan ma’lumotni ataylab noto’g’ri tayyorlash kabilar yotishi 
mumkin. 
200-XAS “Moliyaviy faoliyat auditioning maqsadi va uni tartibga soluvchi 
umumiy tamoyillar”ga muvofiq auditor, audit sub’ekt faoliyatini qonunlar va 
me’yoriy hujjatlarga muvofiqligiga shubha tug’diradigan vaziyatlar va hodisalarni 
aniqlab berishi mumkinligini tan olgan holda, auditni kasbiy ishonchsizlik nuqtai-
nazaridan rejalashtirishi va o’tkazishi lozim. 


223 
Aniq qonunchilikka oid talablarga muvofiq auditordan, moliyaviy 
hisobotning biror-bir tarkibiy qismi sifatida, sub’ekt qonunlar va me’yoriy 
hujjatlarning muayyan qoidalariga rioya qilayotganligi to’g’risida alohida hisobot 
tuzish talab qilinishi mumkin. 
Rejalashtirish maqsadida auditor, sub’ekt va tarmoq uchun qo’llaniladigan 
huquqiy va qonunchilikka oid asos va sub’ekt qay darajada ushbu asosga rioya 
qilayotganligi to’g’risida umumiy tushuncha olishi lozim. 
Umumiy tushunchani olish uchun auditor, xususan, ayrim qonunlar va 
me’yoriy hujjatlar sub’ekt faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligini tan 
olishi lozim. Shunday qilib, faoliyat muayyan qonunlar va me’yoriy hujjatlarga 
muvofiq emasligi sub’ekt faoliyati to’xtashiga yoki u o’z faoliyatini uzluksiz olib 
borish qobiliyatini shubha ostiga qo’yishga olib kelishi mumkin. Masalan, bunday 
ta’sir faoliyat sub’ekt litsenziyasi yoki faoliyatni amalga oshirish bo’yicha boshqa 
ruxsatnoma tarkibidagi talablarga (masalan, bank uchun - kapital va investitsiyalar 
bo’yicha talablar) muvofiq emaslikdan kelib chiqishi mumkin. 
Qonunlar va me’yoriy hujjatlar to’g’risida umumiy tushuncha olish uchun, 
odatda, auditordan quyidagilar talab qilinadi: 

Sub’ekt biznesi va tarmoq to’g’risida ega bo’lgan bilimlaridan 
foydalanish. 

Faoliyat qonunlarga va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligiga oid 
sub’ektning siyosati va muolajalari to’g’risida rahbariyat bilan so’rovnoma 
o’tkazish. 

Sub’ekt faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan qonunlar va 
me’yoriy hujjatlar to’g’risida rahbariyat bilan so’rovnoma o’tkazish. 

Sud da’volari va choralarini aniqlash, baho berish va hisobga olish 
bo’yicha qabul qilingan siyosat va muolajalar to’g’risida rahbariyat bilan suxbat 
o’tkazish. 

Boshqa mamlakatdagi sho’’ba korxonalarning auditorlari bilan huquqiy 
va qonunchilikka oid asoslarni muhokama qilish (masalan, sho’’ba korxona bosh 


224 
kompaniya uchun qimmatli qog’ozlarga oid me’yoriy hujjatlar talablariga rioya 
qilishi lozim bo’lgan taqdirda). 
Umumiy tushuncha olingandan keyin auditor, moliyaviy hisobotni 
tayyorlashda ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan qonunlarga va me’yoriy hujjatlarga 
muvofiq emaslik holatlarini aniqlashga yordam beruvchi muolajalarni bajarishi 
lozim, ayniqsa: 

Sub’ekt faoliyati ushbu qonunlar va me’riy hujjatlarga muvofiqligi 
to’g’risida sub’ekt rahbariyati bilan so’rovnoma o’tkazish. 

Tegishli tartibga soluvchi idoralar yoki litsenziya bergan idoralar bilan 
o’zaro xat yozishuvni tekshirish. 
Auditor faoliyat moliyaviy hisobotdagi ahamiyatli summalar va yoritishlarni 
aniqlashga ta’sir etadigan, auditor tomonidan umuman tan olinadigan qonunlarga 
va me’yoriy hujjatlarga muvofiq to’g’risida etarli bo’lgan tegishli auditorlik 
dalillarni olishi lozim. Hisobga olinadigan summalar va ma’lumotlarni aniqlashga 
taalluqli tasdiqlarni audit paytida ko’rib chiqish uchun auditor ushbu qonunlar va 
me’yoriy hujjatlarni etarli darajada tushunishi lozim. 
Bunday qonunlar va me’yoriy hujjatlar tegishli ravishda belgilanishi va 
sub’ekt hamda umuman tarmoqqa etkazilgan bo’lishi kerak; ular moliyaviy hisobot 
chop etilishi chog’ida muntazam ravishda ko’rib chiqilishi lozim. Ushbu qonunlar 
va me’yoriy hujjatlar, masalan, moliyaviy hisobotning shakli va mazmuniga, 
jumladan, o’ziga xos tarmoq talablariga; davlat shartnomalari bo’yicha 
operatsiyalarni hisobga olishga; daromad solig’ini hisoblash uchun xarajatlarni 
hisoblash yoki tan olishga yoki nafaqa bilan ta’minlash bo’yicha xarajatlarga 
taalluqli bo’lishi mumkin. 
Auditor sub’ekt faoliyati qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligiga oid 
test sinovlari yoki boshqa muolajalarni amalga oshirmaydi, zero bu moliyaviy 
hisobot bo’yicha audit qo’lamiga kirmaydi. 
Auditor, moliyaviy hisobot bo’yicha fikr shakllantirish maqsadida 
qo’llaniladigan muolajalar, ehtimol ayrim holatlarda qonunlar va me’yoriy 
hujjatlarga muvofiq emas deb auditorning diqqatini jalb qilishi mumkinligini 


225 
nazarda tutishi lozim. Masalan, bunday muolajalar majlislar bayonnomalari bilan 
tanishishdan; sudda ko’rishlar, da’volar va jazo choralari to’g’risida sub’ekt 
rahbariyati va huquqshunos bilan so’rovnoma o’tkazishdan iborat; hamda 
muolajalarni mohiyati bo’yicha amalga oshirish - operatsiyalar yoki hisobvaraqlar 
qoldiqlari bo’yicha mufassal test so’rovnomalari. 
Auditor, moliyaviy hisobotni tayyorlashda ta’siri ko’rilishi lozim bo’lgan 
faoliyat qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq emas holatlarining barcha 
ma’lum bo’lganlari va sodir etilish ehtimoli borlari to’g’risida auditorga ma’lumot 
berganligi haqida sub’ekt rahbariyatidan yozma ravishda tasdiqnoma olishi lozim. 
Teskarisining isbotlari mavjud bo’lmagan holda, auditor sub’ekt ushbu qonunlar va 
me’yoriy hujjatlarga muvofiq faoliyat ko’rsatmoqda deb taxmin qilishga haqli. 
Auditorga muvofiq amas degan holat ehtimoliga taalluqli ma’lumot ma’lum 
bo’lsa, auditor ushbu harakat tavsifi va qanday vaziyatlarda vujudga kelganligini 
tushunishi hamda moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatish ehtimoliga baho berish 
uchun etarli bo’lgan boshqa ma’lumotni olishi lozim. 
Moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatish ehtimoliga baho berishda auditor 
quyidagilarni ko’rib chiqadi: 

Bo’lg’usi moliyaviy oqibatlarni, masalan jarimalarni, penyalarni, 
zararlarni, aktivlarni musodara qilish xavfini, faoliyatni majburiy to’xtatishni va 
sudda ko’rishlarni. 

Bo’lg’usi moliyaviy oqibatlar yoritilishi zarurligini. 

Moliyaviy hisobotda taqdim etilgan to’g’ri va haqqoniy aks ettirilgan 
(haqqoniy taqdim etilgan) taqdimotni shubha ostiga qo’yish uchun bo’lg’usi 
moliyaviy oqibatlar shunchalik jiddiyligini. 
Auditor muvofiq emas ehtimoli mavjud deb hisoblagan taqdirda, u olingan 
ko’rsatkichlarni hujjatli rasmiylashtirishi va ularni sub’ekt rahbariyati bilan 
muhokama qilishi lozim. Olingan ko’r-satkichlar bo’yicha hujjatlar va yozuvlar 
yoki hujjatlar nusxasidan hamda, lozim bo’lsa, suxbatlar bayonnomasidan iborat 
bo’ladi. 


226 
Sub’ekt rahbariyati amalda muvofiq ekanligi to’g’risida qoniqarli ma’lumot 
taqdim etmagan taqdirda, auditor ushbu vaziyatlarda qonunlar va me’yoriy 
hujjatlarni qo’llash va ularning moliyaviy hisobotga ta’sir etish ehtimoli
to’g’risida sub’ekt huquqshunosi bilan maslahatlashishi lozim. Agar auditor 
sub’ekt huquqshunosi bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq emas deb 
hisoblasa yoki auditor uning fikri bilan qoniqmasa, auditor qonunlar va me’yoriy 
hujjatlar buzilganlik holatlari mavjudligi, kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar 
ehtimoli va, kerak bo’lsa, auditor kelajakda qanday harakatlar qilishi lozimligi 
yuzasidan o’z huquqshunosi bilan maslahatlashish imkonini ko’rib chiqishi kerak. 
Taxmin qilinayotgan muvofiq emaslik to’g’risida tegishli ma’lumot olib 
bo’lmaydigan taqdirda, auditor auditorlik hisobotiga auditorlik dalillar mavjud 
emasligining ta’sirini ko’rib chiqishi lozim. 
Auditor muvofiq emaslik auditning boshqa jabhalariga, xususan sub’ekt 
rahbariyati taqdimotlarining ishonchligiga ta’sirini ko’rib chiqishi kerak. Shuning 
uchun, muvofiq emaslik sub’ektning ichki nazorati tomonidan aniqlanmagan yoki 
uning taqdimotlariga kiritilmagan taqdirda, auditor tavakkalchilikka berilgan baho 
va sub’ekt rahbariyati taqdimotlarining haqqoniyligini qo’rib chiqadi. Auditor 
tomonidan aniqlangan muvofiq emaslikka oid aniq holatlarining ta’siri harakat 
sodir etilishi va yashirilishi bilan, garchi bu holat mavjud bo’lsa, nazoratning 
muayyan muolajalari hamda sub’ektning jalb qilingan rahbariyat va xodimlar 
mavqei o’rtasidagi o’zaro aloqalarga bog’liq. 
Auditor qisqa muddatlarda sub’ektning auditorlik qo’mitasi, direktorlar 
kengashi va yuqori rahbariyatini auditorning diqqatini jalb qilgan muvofiq emaslik 
to’g’risida xabar berishi yoki tegishli axborot olganligi haqida dalillar olishi lozim. 
Lekin, auditor, shubhasiz oqibatlarga olib kelmaydigan yoki ahamiyatsiz bo’lgan 
masalalar yuzasidan bunday harakatlarni qilishi shart emas va u xabar berilishi 
lozim bo’lgan masalalar tavsifini oldindan kelishib olishi mumkin. Agar, 
auditorning fikricha, muvofiq kelmaslik ataylab qilingan va ahamiyatli bo’lsa, 
auditor amalda aniqlangan xulosalar haqida xabar berishi lozim. Agar auditor 
sub’ektning yuqori rahbariyati, jumladan direktorlar kengashi, bevosita muvofiq 


227 
emaslik bilan bog’liq deb hisoblasa, auditor ushbu masala bo’yicha sub’ektning 
keyingi bosqichdagi yuqori idorasiga, bunday idora mavjud bo’lgan holda, 
masalan, auditorlik qo’mitasi yoki kuzatuv kengashiga xabar berishi lozim. Agar 
yuqori idora mavjud bo’lmasa yoki auditor hisobot harakat uchun qabul 
qilinmasligi mumkin deb hisoblasa yoki hisobotni kimga taqdim etish uchun 
ikkilansa, auditor huquqiy maslahat olish imkonini ko’rib chiqishi lozim. 
Agar auditor muvofiq emaslik moliyaviy hisobotga ahamiyatli ta’sir 
ko’rsatadi va u moliyaviy hisobotda tegishli ravishda aks ettirilmagan degan 
xulosaga kelsa, auditor o’z fikrini sharhlar bilan yoki salbiy fikr bildirishi lozim. 
Agar sub’ekt moliyaviy hisobotga ahamiyatli bo’lishi mumkin bo’lgan 
hodisa yoki muvofiq emaslik ehtimoliga baho berish maqsadida tegishli dallilar 
olish uchun auditorga to’sqinlik qilsa, auditor audit qo’lami cheklanganligi asosida 
moliyaviy hisobot bo’yicha o’z fikrini sharhlar bilan bildirishi yoki fikr 
bildirishdan voz kechishi lozim. Agar auditor muvofiq emaslik sub’ekt harakatidan 
emas, balki vaziyatlardan kelib chiqqan cheklovlar natijasida vujudga kelganligini 
aniqlay olmasa, auditor ushbu holatning auditorlik hisobotiga ta’sirini ko’rib 
chiqishi lozim. 
Auditorning sir saqlashlikka rioya qilishga oid majburiyati, odatda, muvofiq 
emaslik to’g’risida uchinchi tomonlarga xabar bermaslikni ko’zda tutadi. Lekin, 
muayyan vaziyatlarda qonunlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar yoki sud idoralarining 
qarorlari auditorning sir saqlashiga oid majburiyatlariga nisbatan ustivor kuchga 
ega (masalan, ayrim mamlakatlarda auditordan moliyaviy idoralar faoliyati 
qonunlar va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq emaslik holatlari haqida nazorat 
idoralariga xabar berish talab qilinadi). Bunday vaziyatlarda auditorga, auditorning 
jamiyat oldidagi mas’uliyatini etarli darajada hisobga olgan holda, huquqiy 
maslahatlar olish kerakli bo’lishi mumkin. 
Muvofiq emaslik moliyaviy hisobotga ahamiyatli ta’sir ko’rsatmaganda 
ham, auditor ushbu vaziyatlarda sodir etilgan muvofiq emaslik holatlarini bartaraf 
etish lozim deb hisoblasa, lekin sub’ekt rahbariyati bu holatlarni bartaraf etish 
uchun hech qanday chora-tadbirlarni qo’llamagan taqdirda, auditor xizmat 


228 
ko’rsatishni to’xtatish lozim degan xulosaga kelishi mumkin. Auditor qaroriga 
ta’sir etadigan omillar qatoriga sub’ekt rahbariyati taqdimotlari ishonchligiga ta’sir 
ko’rsatishi mumkin bo’lgan, sub’ekt yuqori rahbariyatining bunga aloqadorligi 
hamda auditor kelgusida sub’ekt bilan hamkorlik qilgan taqdirda, uning oqibatlari 
kiradi. Bunday xulosaga kelgan taqdirda, odatda, auditor huquqiy maslahat olish 
uchun murojat qiladi. 
Buxgalterlarning 
xalqaro 
federatsiyasi 
tomonidan 
chop 
etilgan 
“Buxgalterlarni kasbga oid ahloqiy kodeksi”ga muvofiq audit olishga taklif etilgan 
auditordan tegishli so’rovnoma xati olingan taqdirda, amaliyot ko’rsatayotgan 
auditor unga nima sababdan audit o’tkazishga taklif olgan auditor, uni auditor 
sifatida tayinlashdan voz kechishini tushuntirib beruvchi kasbiy sabablar 
mavjudligi to’g’risida xabar berish lozim. Amaliyot ko’rsatayotgan auditor mijoz 
ishlari holati to’g’risida audit o’tkazishga taklif etilgan auditor bilan muhokama 
qilish hajmining chegarasi, mijozning tegishli ruxsati mavjudligiga va/yoki mazkur 
aniq mamlakatda ma’lumotni yoritish yuzasidan amaldagi qonunchilik va ahloqga 
oid talablarga bog’liq. Qandaydir bunga o’xshash asoslar yoki yoritilishi lozim 
bo’lgan masalalar mavjud bo’lgan taqdirda, amaliyot ko’rsatayotgan auditor, 
qonunchilikka va ahloqga oid cheklovlarni, jumladan, lozim bo’lganda, mijoz 
ruxsati mavjudligini hisobga olgan holda, audit o’tkazishga taklif qilingan 
auditorga batafsil ma’lumotni taqdim etadi va u auditor etib tayinlashiga taalluqli 
bo’lgan barcha masalalarni erkin muhokama qiladi. Mijoz amaliyot ko’rsatayotgan 
auditorga o’z ishlari holatini audit qilishga taklif etilgan auditor bilan muhokama 
qilishga ruxsat bermagan taqdirda, bu to’g’risida taklif qilingan auditorga xabar 
berilishi lozim. 
Quyida auditorning diqqatini jalb qilishi mumkin bo’lgan va faoliyat 
qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq emas holati mavjud bo’lishi 
mumkinligiga ko’rsatma bo’lib xizmat qiladigan namunalar keltirilgan: 

Davlat muassasalari tomonidan o’tkaziladigan tekshiruvlar, jarimalar yoki 
penyalar to’lanishi. 


229 

Maslahatchilarga, 
bog’liq tomonlarga, xodimlarga yoki davlat 
xizmatchilariga ko’rsatilmagan xizmatlar uchun to’lovlar yoki qarzlar berilishi. 

Odatda sub’ekt tomonidan yoki ushbu tarmoqda yoki mazkur xizmat turi 
bo’yicha to’lanadigan summalardan haddan tashqari ko’proq deb tuyulgan sotuv 
uchun komission mukofotlar yoki vositachilarga gonorarlar. 

Bozor narxlaridan haddan tashqari yuqori yoki past narxlardagi xaridlar. 

Naqd pul bilan g’ayri odatiy to’lovlar, chek egalariga to’lagan holda kassa 
cheklari shaklidagi xaridlar yoki raqamlangan bank hisobvaraqlariga o’tkazmalar. 

Imtiyozli xududlarda ro’yxatga olingan kompaniyalar bilan g’ayri odatiy 
operatsiyalar. 

Olingan 
tovarlarni 
ishlab 
chiqargan 
va 
xizmatlar 
ko’rsatgan 
mamlakatlardan farqli boshqa mamlakatlarga to’lovlarni o’tkazish. 

Valyuta operatsiyalari bo’yicha hujjatlar yuzasidan tegishli nazoratsiz 
to’lovlar. 

Ataylab yoki tasodifan tegishli auditorlik iz yoki etarli bo’lgan dallilar 
bilan ta’minlanmagan buxgalteriya hisobining mavjudligi. 

Ruxsat 
etilmagan 
yoki 
tegishli 
ravishda 
rasmiylashtirilmagan 
operatsiyalar. 

Ommaviy axborot vositalaridagi sharhlar. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin