Mavzu: Fonetikada terminlar taraqqiyoti



Yüklə 101 Kb.
tarix22.05.2022
ölçüsü101 Kb.
#58960
Fonetikada terminlar taraqqiyoti


Mavzu: Fonetikada terminlar taraqqiyoti
REJA

1.Tarixiy Fonetikaning o'rgatish ob'ekti manbalari


2.O'zbek tili fonetikasining o'rganilish tarixidan
3.Bo'g'in va urg'uning turlari
4.Fonetik o'zgarishlar
5.Fonetik qonuniyatlar
Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzuni dolzarbligi: Fonetika deganda eng quyi lisoniy sath ham,tilshunoslikning shu sathi O'rganadigan sohasi ham tushiniladi.Fonetikada tilshunoslikning boshqa sohalaridan farqli o'laroq,nafaqat o'rganish manbaining funksional tomonini,shuningdek,ularning akustik xossasini va til egalari tomonidan qabul qilinish jihatlarini ham tekshiradi. Fonetikada nutqdagi tovush o'zgarishlari va almashishni,urg'u va uning turlarini ham o'rganadi.Fonetikada tilshunoslikning boshqa fan sohalari, adabiyotshunoslik, fiziologiya,fizika,psixologiya kabi fanlar bilan aloqasi yanada yaqqol namayon bo'ladi. Bu fanlardan farqli o'laroq,fonetika tovushga so'z,qo'shimcha va gapga moddiy qiyofa beruvchi til tizimi unsuri sifatida qaraydi.Fonetikani o'rganish imlo,to'g'ri talaffuz me'yorni yaxshi o'zlashtirib olishda,adabiy va dialektal talaffuz farqlarini aniqlashda,logopediya va surdopedagogikada nutqiy nuqson diagnostikasi va uni bartaraf etishda katta ahamiyatga ega.Fonetika yutuqlari aloqa vositalarini tekshirish va ular samaradorligini oshirishda hamda nutqni avtomatik aniqlashda muhik ro'l o'ynaydi.
Arab alifbosi asosidagi eski o’zbek yozuvi haqida.
Tarixiy fonetika o'zbek tili unli va undosh tovushlarining turli davrlardagi taraqqiyoti, har bir taraqqiyot davri uchun xos bo’lgan fonetik sistema, ayrim unli va undosh tovushlarning shakllanishi va tadrijiy taraqqayoti, asosiy fonetik qonuniyatlar, bo'gin tuzilishidagi tarixiy o'zgarishlar kabi kator masalalarni o'rganadi va o'rgatadi.
Fonetik sistema tilning qurilish birliklari orasida o'zining o'zgaruvchanligi bilan leksikadan keyin ikkinchi o'rinda turadi.Buning sababi shundaki, tilning ichki rivojlanish qonuniyatlari, tashqi muhit-qo'shni xalqlar tillari, jamiyat va fan-texnikaning rivoji, yangi-yangi so’zlarning kirib kelishi tilning fonetik ko'rilishiga tez ta'sir ko'rsatadi.1
Tildaga o’zgarishlar birdaniga bir-ikki yil orasida emas, balki asta-sekinlik bilan uzoq davr davomida sodir bo'ladi. Dastlab onda-sonda uchraydigan hodisalar, fonetik variantlar, yonma-yon qo'llanishlar asta-sekin qonuniyatga aylanadi. Shuning uchun muayyan davrdaga til shu tilda so’zlovchilar uchun o’zgarmasdan, barqarorday tuyuladi. Vaholanki, tilda taraqqiyot va o’zgarish jarayoni hech qachon to’xtamaydi. O’zbek tili esa bir necha taraqqiyot davrini boshidan kechirdi va har bir davrning o'ziga xos qonuniyatlari, fonetik sistemasi bor, Muayyan taraqqiyot davri uchun xos bo’lgan fonetik sistemani tiklash, tasvirlash kabi masalalar o'zbek tilining tarixiy fonetikasida o'rganiladi.O’zbek tilining turli davrlarida yaratilgan yozma yodgorliklar, ilmiy va badiiy asarlar tarixiy fonetik tadqqiqot uchun eng asosiy manbaa vazifasini o'taydi, chunki bir yozma yodgorlikda shu asar yaratilgan davr tili o’z aksini topadi. Muayyan bir asarni atroflicha o'rganish asosida shu yodgorlik yaratilgan davrdagi o'zbek tilining xususiyatlari, jumladan, fonetik qonuniyatlarini aniqlash mumkin.O’zbek klassik adabiyotida she'riy janrning keng rivojlanganligi, qofiyada o'zaro o'xshash so’zlarning ishlatilishi, shakildoshlikka asoslanib yoziladigan tuyuq janrining mavjudligi fonetik tadqiqotlarga ma'lum darajada imkon beradi.Turli taraqqayot davrlarida yozilgan asarlar tilining fonetik xususiyatlarini qiyoslash asosida esa o'zbek tili fonetik sistemasining taraqqayot yo'lini aniqlash mumkin. Lekin biz o'tmish davrlar talaffuzini bevosita kuzatish imkoniyatidan maxrummiz. O’z navbatida, yozuv ham talaffuzni to’la-to'kis aks ettirmagan, shu sababli tarixiy fonetikani o’rganish katta to'siqlarga uchraydi. Ta'kidlash lozimki, o'zbek tili tarixiy fonetikasini o'rganish jarayonida yozma yodgorliklar orasida filologik-tilshunoslik va adabiyotshunoslik asarlari beqiyos ahamiyatga ega. Chunki bunday asarlarda tadqiqotchi o’zi bilgan va tasvirlayotgan tilning fonetik xususiyatlari, u yoki bu so’zning talaffuz shaklanishi ma'lum darajada tasvirlab beradi. Mahmud Qoshg'ariyning «Devonu lug’atit-turk», Abu Hayyomning «Kitobul idrok lil lisonul atrok», Alisher Navoiyning «Muhokamatul lug’atayn», «Mezonul avzon», Zahiriddin Boburning «Muxtasar», Toley Xiraviyning «Badoe ul lug’at», Mirza Maxdiyxonning «Maboniul lug’at» grammatikasi va «Sangloh» lug’ati, Fath Ali Kojariyning «Lug’ati atroqiya» kabi asarlaridagi noyob fonetik ma'lumot va izohlar o'zbek tili tarixiy fonetikasini o'rganish uchun eng muhim manbaalar sanaladi.
Yozma yodgorliklardan tashqari, o'zbek tili tarixiy fonetikasini o'rganish uchun hozirgi o’zbek shevalari, o'zbek tiliga qarindosh bo'lgan boshqa turkiy tillar, ayniqsa, qo’shni uyg’ur, qozoq, qoraqalpoq, turkman tillarining hodisalari ham katta ahamiyatga ega. O’zbek tili fonetik sistemasidan ketgan qator hodisalar (old va orqa qator unlilarining fonologik farqi, cho'ziq va qisqa unlilar, uyg’unlik (singarmonizm) hodisasi, tovush almashinuvlari) o’zbek shevalarida hamda boshqa turkiy tillarda saqlangan va rivojlangan. O’zbek shevalari va boshqa turkiy tillarda saqlangan qonuniyatlar esa o’zbek tilining tarixida amalda bo’lgan deb taxmin qilish mumkin. O’zbek tili tarixiy fonetikasi va grammatikasini bilish ona tili va adabiyot mutaxassislari uchun katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega, chunki tarixiy fonetika hozirgi o'zbek tilidagi qator fonetik xususiyatlar ( son- sana, tola- to’lov kabi tovush almashinuvlari), bir qo’shimchaning turli fonetik variantlarda uchrashi (ekkan1 kelgan va h.k), stilistik mahrajda qo'shimchalarning eskirgan fonetik ko’rinishlarda ishlatilish sababi, fonetik o'zgarishlar zaminida so'zlarning yangi ma'no kasb etish imkoniyati (supi va sudus, tizgin va tipgin, sishlos va hishlov ) va boshqa shu kabi hodisalarni tushuntirib beradi.
Tarixiy fonetika hozirgi o'zbek shevalari xususiyatlarini to'g’ri izohlash va dialektal xatolarni bartaraf etishning qulay usullarini ishlab chiqishda ham alohida ahamiyat kasb etadi.2
Eski turkiy tilni amaliy ravishda o'rganishni boshlab bergan va asari bizgacha yetib kelgan olim Mahmud ibn Xusayn Qoshg'ariydir. U o’zining «Devonu lug’atit turk» asarida turkiy adabiy tilni tasvirlash bilan cheklanib qolmay, o'zi yashagan davrdagi ko'pgana shevalar va ulardagi talaffuz xususiyatlari haqida ham atroflicha ma'lumot beradi.
Shuningdek, turkiy tillarni o’rganishga bag’ishlab yozilgan «Muqadsimatul adab», «Kitobul idrok lil lisonul atrok», «Tarjumon turkiy va ajamiy va mugaliy» kabi lutt va grammatikalarida ham turkiy tillar fonetikasiga oid qimmatli ma'lumotlar bor.
XV asrdagi eski o’zbek tili unli tovushlarining batafsil tavsifini, bu tildagi unlilar, ularning fonetik ko'rinishlari haqidagi muhim ma'lumotlarni Alisher Navoiyning «Muhokamatul lug’atayn» asaridan topamiz. Alisher Navoiy ijodidan keyin eski o’zbek tiliga qiziqish kuchayadi. XVI asrda Xusayn Boyqaro buyrug’i bilan Toley Xiraviy tomonidan, asosan, forsiy tidda yozilgan «Badoe ul lug’at», Mirza Maxdiyxonning «Maboniul lug’at» grammatikasi va «Sanglox.» lug’ati, Fath Ali Kojariyning «Lug’ati atrokiya», usmonli turk tilida XV asrda yozilgan «Abushqa» lug’ati, Shayx Sulaymonning «Lug’ati chigatoiy va turkiy usmoniy» asarlaridagi eski o’zbek tili so'zlarining talaffuz xususiyatlari haqida berilgan izohlardan ham o'zbek tili tarixiy fonetikasi bo'yicha muhim ma'lumotlarni olish mumkin.
O’zbek tili tarixiy fonetikasini o’rganishda rus va o'zbek tilshunoslarining ham xizmati katta. V. V. Radlovning eski o'zbek tili yodgorliklari fonetikasi bo'yicha ishlari, K. K. Yudaxinning «Chig’atoy tilining fonetik sostavi materiallar»,A. K. Borovkovning «Alisher Navoiy eski o'zbek tilining asoschisi», A. M. Shcherbakning «Eski o'zbek tili grammatikasi» kabi asarlarini qayd etish lozim.
O'zbek tilshunoslarining o’zbek tili tarixiy fonetikasi bilan qiziqishlari 60-yillardan keyin kuchaydi. Professorlar F. Abdullayev, A. Rustamov, X. Doniyorov eski o'zbek tili unli va undoshlari sistemasi, ayrim fonetik hodisalar bo'yicha qator ilmiy ishlarni nashr ettirdilar va Alisher Navoiy asarlari ma'lumotlari asosida eski o’zbek tili unlilari sistemasi ustida tadqiqot ishlari olib bordilar. E.Umarov Toley Xiraviy, Mirza Maxdiyxon va Kojariy lug’atlari asosida XV, XVII va XIX asrlarda o'zbek tili unlilariga oid muhim kuzatishlarni umumlashtirib e'lon qildi. G. Abduraxmonov va A.Rustamovlarning o'zbek tilida birinchi marta nashr etilgan oliy yurtlari talabalari uchun «Qadimgi turkiy til» darsligida turkiy tillar uchun mushtarak bo’lgan O'rxun-Enasoy yodgorliklarining fonetik xususiyatlari atroflicha bayon etildi.
O'zbek xalqi ming yildan ortiqroq davr mobaynida arab alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanib keldi. O'zbek xalqining 1920 yilgacha yaratgan tarixiy, ilmiy va badiiy yozma yodgorliklari asosan mana shu yozuvda yetib kelgan. Yozuv va til, ayniqsa, fonetika bir-biri bilan aloqador bo'lganligi sababli eski o'zbek yozuvidan xabarsiz bo'lgan shaxsning tarixiy fonetikasini o'zlashtirishi mumkin emas.
Turkiy xalqlar o'z tarixi mobaynida qo'llagan bir necha yozuv-ruhiy, qadimgi uyg'ur, so’g’d va boshqa yozuvlar ichida keng va uzoq qo'llanilgani arab alifbosi asosidagi yozuv bo'ldi. Ma'lumki, arab alifbosi kam unlili va ko'p undoshli semit tillariga mo'ljallangan. Bu tillarda cho'ziq va qisqaligi bilan farqlanuvchi uchta unli fonema bor: a, i, u. Yozuvda, ko'proq, cho'ziq unlilar ifodalanadi, qisqa unlilar harakatlar: ost, ust belgilari bilan beriladi va yozuvda ifodalanmaydi.Ta'kidlash joizki, turkiy(o’zbek) matnlarida qanday bo'g’in bo'lishidan qat’iy nazar, unli harflarning yozilishi arab, fors tillariga nisbatan turg’unroqdir.
Ayrim undoshlar uchun ikki xil t va x ,uch xil s, turt xil z belgi bor. Shuningdek, arab tiliga xos bo’lgan chuqur bo'g’iz portlovchisi va sayoz bo’g’iz portlovchisini ifodalovchi ayn va t harflari bor. Bundan tashqari arab alifbosida turkiy tillarda keng tarqalgan p, ch, g undoshlari uchun maxsus harflar yo’q. Keyinchalik Pe, chim, gof harflari turkiy til alifbosiga kiritilgan bo’lsa-da, ular juda kam eski o'zbek tili havoda gapirganimizda, undaga qat'iylash joiz: arabcha va forscha so'zlari manbaa tili yozuvida vavdai yozilsa, turkiy matnlarda ham i ularning to’g’ri yozilishiga juda katta e'tibor berilgan, arabcha so'zlar yozilishini buzish qo'pol xato, madaniyatsizlik va savodsizlik hisoblangan.3
Nutq-fonetik jihatdan to’rt tarkibiy qismdan iborat: jumla, takt, bo'g'in va tovushga ajratiladi. Fonetika ana shu birlikni tilda tutgan o’rni turi va xususiyatlarini o’rganadi. Fraza nutqning eng katta fonetik birligi bo’lib, ikki tomonidan pauza bilan chegaralanib o’ziga xos ohangga ega bo’ladi. Fraza jumla degan ma’noni anglatib, u ko’pincha gapga teng keladi. Takt. Frazalar taktlardan tashkil topgan bo’ladi. Frazaning ikki kichik pauzasi orasiga joylashgan va yagona urg'u bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir necha bo'g'inning yig'indisiga takt deb aytiladi. Frazada nechta urg'u bo'lsa, shuncha takt buladi. Takt o'z navbatida sintagma deb xam yuritiladi. Bo'g'in Takt bo'g’inlardan tashkil topadi. Bo'g’in bir yoki bir necha tovushlardan tashkil topib, bir zarb bilan talaffuz qilinadigan fonetik birlikdir. Tilshunoslik fanida bo’g’in ta’rifiga aloqador bir nechta nazariya mavjud. Shulardan ikkitasi: fonologik bo'g'in nazariyasi va fonetik bo'g'in nazariyasi boshqalariga qaraganda kengroq tarqalgan. Fonologik nazariya bo’g’inda unli va undosh tovushlarning joylashishi tartibini o’rganadi. Bu nazariyada asosan bir bo'g'inli so’zlarning tovush tuzilishi o’rganilib, unlidan oldin turishi mumkin bo'lgan undoshlarning soni va sifati xamda unlidan keyin kelishi mumkin bo'lgan undoshlarning soni va sifati aniqlanadi. Bo'g'inga fonetik birlik sifatida yondashishda xam turli fikrlar bor. Shulardan akustik va artikulyaktsion nazariyalarni nazarda tutishi lozim.
Umuman, o’zbek tilida bo'g’in bo’lishi uchun,albatta, unli bo'lishi kerak. Bo'g’inlar unli va undoshlar bilan tugashiga qarab ochiq va yopiq bo'g’inlarga bo’linadi:
Ochiq, bo'g’inli so’zlar — lo-la, sha-.lo-la.
Yopiq. Bo'g’inli so’zlar — mak-tab, daf-tar.
2.Urg'u. So'zlarda bo'g'inlar, gaplarda so'zlar va so'z birliklarini ma’lum vositalar bilan boshqalardan ajratib kursatish urg’u deyiladi.
Bu tillarda so’z fraza urg’ular mavjudligidan dalolat beradi. Ma’no urg’usi. Bir mustaqil so’zni yoki unga bog’lanib kelgan bir yoki bir necha yordamchi so’zlar guruhini boshqalardan ajratib ko’rsatish demakdir. So’z urg’usi. So’zdagi bo'g'inlarning birini boshqasiga nisbatan ajratib ko'rsatishdir. Bu ikki urg’u turlari o’zbek tiliga va uning o’z xususiyatlariga to’g’ri keladi. Umumiy tilshunoslikda urg’u o’rniga ko’ra: turg’un urg’uli tillar va erkin urg’uli tillarga farqlanadi. Turg’un urg’uli tillarda urg'u doimo so’zning ma’lum bir bo'g’iniga tushadi. O’zbek va fransuz tillarida urg’u doimo oxirgi bo’g’inga (buni o’ylab ko'rish lozim) polyak, venger, chex, lotin tillarida hamma vaqt birinchi bo’g’inga tushadi.Erkin urg’uli tillarda urg’u so’zning qaysi bo’g’inga tushishini oldindan bilish mumkin emas. Bunday tillarda urg'u so’zning har xil bo'g'inlariga tushishi mumkin. Urg’u boshqa tillardagi kabi o’zbek tilida ham so’z ma’nosini farqlashda xizmat qiladi: olmá òlma, yàngi, yangì 3.Transkriptsiya nima? Bu termin ikki xil ma’noda ishlatiladi:keng ma’noda atoqli, geografik, tarixiy va boshqa nomlarning ma’lum bir qoida asosida berilishini; tor ma’noda esa ma’lum til va uning shevalariga oid so'zlarni yoki chet tiliga oid so'zlarni talaffuziga ko’ra aynan yozib olishni anglatadi. Bu so’z ko’pincha keyingi ma’noda ishlatiladi.
Demak, nutq, tovushlarini aniq ifodalash uchun ishlatiladigan yozuv transkriptsiya deyiladi.Transkriptsiyaning asosiy prinsipiga ko'ra so’zlar qanday eshitilsa, shunday yozib olinadi.
4.Nutq jarayonida tovushlar turli o’zgarishlarga yuz tutadi. Nutq jarayonida tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida ro’y beradigan o’zgarishlarni kombinator o’zgarishlari deyiladi. Bunday o’zgarishlarga akkomodatsiya, assimilyakiya, dissimilyatsiya, gaplologiya, diereza va
boshqalar kiradi. Tovushlarning talaffuziga ularning so’zda tutgan o’rni, o’rganish ta’siri sabab bo’lsa, bunday o’zgarishlarmi pozitsion o’zgarishdar deyiladi. Assimilyatsiya lotincha "assimilation" so’zidan olingan bo’lib, «o’xshashlik» degan ma’noni anglatadi. Tovushlarning o’zaro bir-biriga ta’siri natijasida biri ikkinchisiga o’xshab ketishi assimilyatsiya xodisasi hisoblanadi. Assimilyatsiya progressiv, regressiv bo’lishi mumkin. Oldinda kelayotgan tovush keyingisiga ta’sir etib, uni o’ziga o’xshatib olsa, progressiv assimilyatsiya ro’y beradi: ochdi-ochti, botdi-botti. Keyingi kelayotgan tovush o’zidan oldingisini o’ziga o’xshatib olsa, regressiv assimilyatsiya deyiladi: bir+ta - bitta, yuz+siz - yussiz, yigit+cha - yigichcha. Dissimilyatsiya termini lotincha "dissimilatio" so'zidan kelib chiqqan bo’lib, «o’xshamaslik» ma’nosini anglatadi. Talaffuz jixatidan bir-biriga yaqin bo’lgan tovushlardan biri o’zining fiziologik yoki akustik xususiyatlarini o’zgartirib yuborsa, bunday xodisani dissimilyatsiya deyiladi: birorta - bironta, koridor. - kolidor. Diereza so’zdagi tovushlardan birini talaffuz qilmay tushirib qoldirishdir: dastlab - daslab, past - pas, go’sht — go’sh, nima - nma. Metateza - yonma-yon turgan tovushlarning o'rin almashtirish xodisasidir: turpoq, - tuproq, surpa - supra. Epinteza so’zlarga ularning tarkibida yo'q bo'lgan tovushlarning qo'shilib, aytilishi xodisasidir: unga, unda, undan. Tovushlarning pozitsion o’zgarishlari. Ba’zi tillarda nutq tovushlari so’zda tutgan o’rinlariga qarab talaffuzda va rasmiy yozuvda orfografiyada o’zgarib ketishi yoki tushib qolishi mumkin. Bunday xodisalar o’zbek tilida ham uchraydi: zavod - zavot, bob - bop. Ba’zan so’zlarga qo’shimchalar qo’shilishi natijasida, so’zning urg'usi qo’shimchaga o’tadi, avvalgi urg'u:olgan unli tushib qolishi mumkin: singil - singlim, burun - burnim. Bu masala boshqa tillarda xam ko'p tarqalgan reduktsiya xodisasiga misoldir.
Reduktsiya qisqarish» ma’nosini anglatib, unli tovushlarning urg'uli yoki urg'usiz xolatiga taalluqli xodisadir. Bu xodisa dinamik urg'u bilan uzviy bog'liq. bil-bilak, til-tilak, bir-biroq Epiteza. So'z ohirida bir o'rinda kelgan ikki undoshdan so’ng tovushining qo'shilish hodisasidir: disk - diska,
blank - blanka, tank-tanka.
Prokopa yiroq,-irok,, yirik-irik.
Sinkopa - avtor-avtir, direktor-direktir.
Sinyarizis - maorif-morif, saodat-sodat.
Eliziya - kora ot-korot, bora oladi-boroladi.

Adabiy til va shevalarni o’rganish ilmiy - nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham unli tovushlartarkibi bilan mustahkam bog’langan. Tilshunoslikning hamma bo’limlarini bir- biriga bog’lab o’rgangandagina ularning taraqqiyot qonunlarini to’g’ri tushunish mumkin. Morfologiyadagi egalik kategoriyalari, ularning turlanish, so’z yasash, leksikasida esa so’zlarning ma`nolarini o’rganish, so’zlarning turli – tuman shakllarini aniqlash kabi masalalarni fonetik qonunlarini hisobga olmasdan turib tasavvuretish qiyin. Bu hol, ayniqsa shevalaruchun muhimdir.


Qarluq - chigil – uyg’urlahjasida unli tovush uyg’unligi yoki ohangdoshlik hodisasi uchramaydi.Shuning uchun ham ulardagi unlilarmiqdori ko’p emas, unlilarfonemasining soni 6-8 dan oshmaydi. Jumladan, Toshkent shevalarida oltita (‘, e, u, o), Namangan shevasida sakkizta (`, a, o, u, e, `), Marg’ilon shevasida ettita unli (`, a, o, u, e) fonema bor. Bu shevadagi unli fonemalarsifat jihatidan farqlanadi. o’zlariga xos xususiyatlar alohida qayd etiladi. Buxoro, Urgut, Qarshi, Xo’jand, Chust shevalarining unlilartarkibida ham oltitadan unli fonema bo’lib, ularmiqdori jihatdan Toshkent va Samarqand shevalardagi holatga tengdir. Vodiy va Jizzax shevalari, Toshkent atrofidagi ayrim (Parkent, Piskent, Chinoz) va Qarnoq shevalarida unlilarToshkent shevasidagi singaridir, Qo’qon va Marg’ilon shevalarida esa unli fonemalarning soni yuqoridan keltirilgan shevalardan bitta ortiqdir. Unda a fonemasi ham ishlatiladi.
Yuqorida qayd etilgan shaharshevalaridagi unlilarning ko’plari g’arbiy Samarqand qarluq – chigil – uyg’urshevalarida ham qo’llaniladi, ba`zilarida esa uchramaydi.
A) Bu guruh shevalaridagi … fonemalarining qo’llanilishi Toshkent shevasidagi fonemalarning qo’llanilishiga mos keladi;
B) Yuqoridagi guruhni tashkil etuvchi shevalardagi ikki unli fonema o’rnida Marg’ilon shevasida uch fonema ( . . a ) qo’llaniladi;
V) `, e, o, u fonemalari yuqoridagi shevalarning hammasida ham birxil ishlatiladi.
G) Namangan shevasidagi .. unli fonemasi g’arbiy Samarqand, Toshkent, Marg’ilon shevalarida uchramaydi.
Qipchoq shevalarida 10 ta unli fonema qo’llaniladi:
a - e, o - e, u - u, iu - i, s - e. Bu shevalarda unlilarohangdoshligi hodisasi saqlangan, lab va qisman ohangdoshligi mavjud. Shunga ko’ra, unli fonemalarning sakkiztasi juft holda qo’llaniladi. Bu o’zbek tilining hamma qipchoq shevalari uchun umumiy xususiyatga ega. Bunda ularning ba`zilarida hali fonemasining to’la shakllanib etmaganligini qayd etish mumkin. Natijada va a unlilarning almashinib qo’llanish holatlari ko’zga tashlanib turadi. Shunday qilib,shevalarning materiallarida tovushlarning o’zgarishi jaranglashish yoki jarangsizlanish, tushib qolish yoki orttirilish, o’rin almashish yoki kuchsizlanish kabi hodisalarning nutq jarayonida hosil bo’lishi, ohangdoshlik, undoshlarning o’rin almashishi, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, qo’sh undosh kabilarni qamrab oladi. Proteza hodisasi Qarnoq, Burgut Uyshun, Ming – Mang’it, Xitoy, Qirq, Saroy, Nayman, usmoniy - turk, Xo’jatug', Ispanza, Yangiravot kabi qarluq- chigil-uyg’ur, qipchoq hamda o’g’uz guruh shevalari vakillarining talaffuzida ko’plab uchraydi. Ushbu shevalarda ikki yoki undan ortiq undosh tovushlar(hamda ayrim sirg’aluvchi tovushlar) so’zning boshida kelganda, talaffuz qulaylik tug’dirishi uchun titroq rva boshqa xil sirg’aluvchi undosh tovushlardan oldin iu, i, o, u, , kabi unli fonemalardan biri orttiriladi. Bunday o’zgarishlar o’zlashtirma so’zlarda ko’proq uchraydi. Masalan, ishkep-shkaf, `r`sk`- rizk, `r`skul- rizkul, stul va stol – ustel, smega – itsmete, sirga – isirga (qipchoq) kabilar. Adabiy tilda ro’mol, ro’zak so’zlari qipchoq shevalarida uramal, oraza tarzida qo’llaniladi. O’g’uz shevalarida bu so’z protezaga uchramaydi, balki sof holda romal, roza tarzida qo’llaniladi.4
Rus tili orqali kirib kelgan stol o’zida esa bu qoidaga amal qilinmaydi, ya`ni stol so’zi ham o’g’uz shevasa vakillari talaffuzida proteza hodisasiga uchraydi va usterdeb qo’llaniladi.
Demak, boshqa shevalardan farqli o’laroq, o’g’uz lahjasi bu shevani chetlab o’tadi. Qiyqim (Ishtixon tumani), Ming(Urgut tumani), Qipchoq va Burkut (Poyariq tumani) shevalarida ham ikki undosh ketma- ket, qatorkelgan harbir so’zning oldida birunli tovush orttirish hodisasi uchraydi. Bunday xususiyatlarToshkent, Andijon, Uychi, Vodil, Parkent singari o’zbek shevalari materiallarida ham uchrab turadi. Epiteza hodisasi o’zlashtirilgan so’zlarda mavjud bo’lib, ularQarnob, Ispanza, Baxmal, Saroy, Qirq, Mang’it, Parkent, Vodil, Andijon, Kattaqo’rg’on kabi shevalarvakillarining talaffuzida aniq seziladi.
Masalan, o’zbek adabiy tilidagi bank va propusk so’zlari Urgut va Ispanze shevasida banka, propuska tarzida qo’llaniladi, yoki Qarnobliklarbu so’zlarni benke, proposke deb talaffuz etadilar. Parkent shevasining vakillari bonke hamda propuske tarzida talaffuz etadilar.
O’zbek tilining Mang’it hamda Vodil shevalarida mazkurhodisa birmuncha chegaralangandir. Masalan, Vodil shevasi vakillirining talaffuzida boshqa shevalardagi kabi otpuskege elbete boremen, bonkeden piuld`old`zm` kabi so’zlardagina uchraydi.
Epiteza hodisasi Samarqandda: ucheske - uchastka, otpuske - otpusk, kabi; Qarnobda: `sp`ske - spisok – ruyxat, benke - bank, k`eske - uchastok singari; Urgutda; kiyeska - kiosk, otpuska - otspuk,banka- bank kabi.
Yuqoridagilarkabi epiteza hodisasi Andijon shevasi vakillarining nutqida ham uchraydi. Masalan, otspuk (ad. imloda: ta`til) – etpuska, uchastok – uchestke - uchesteke, kios - k`eske, propusk - p`ropuske.
Epiteza hodisasini qatoro’zbek shevalarida uchratganimizdek, o’zbek adabiy talaffuzida ham mavjud ekanligini qayd etmog’imiz lozim. So’z oxirida qatorlashib kelgan ikki undoshdan keyin a unlisini qo’shib talaffuz qilinadi. Bu hol ko’pincha undoshlarning sk, nk.shakllaridan so’ng yuz beradi. Masalan, otpusk - otpuska, blank - blanka, tank - tanka, bank- banka kabi.
Shuni aytish kerakki, 1956-yilgi o’zbek tili imlosi me`yori qonunlashganiga qadar hozirgi o’zbek adabiy tilida ham epiteza hodisasi hisoblangan so’zlar faqat lahja va shevalarbilan bog’lanaredi. 1956 -yildan boshlab o’zbek adabiy tili qoidasi qabul kilindi va to’la rasmiy tus oldi.
Qisqasi, epiteza hodisasi o’zlashtirilgan so’zlarda ko’proq mavjud bo’lib, o’zbek xalq shevalari vakillarining talaffuzida uchraydi. Epenteza hodisasi o’zbek tilining hamma shevalarida qo’llaniladi.Ayniqsa, Qarnoq, Xo’jatug’, Qang’li, Baxmal, Mang’it, Ming kabi shevalarda esa u yanada oydinlashadi. Masalan, adabiy tilidagi davr so’zi Qarnob shevasida esa duvirshaklida uchraydi.
Qiyos qiling: Qarnobda – dekelet, kerekt`r, t`renvey; Urgutda – daqolot, tirektir, tiranvoy. Adabiy tilda - doklad, traktor, tramvay.
O’zbek tilining Kattaqo’rg’on va uning atrofidagi shevalarda ham xuddi Qarnob va Urgut shevalaridagi singari epenteza hodisasi kuchli saqlangan. Masalan, `skelet - skalad, kensert - koncert kabi.5
Yuqoridagilarsingari fonetik hodisalarni G’allaorol tumani Qang’li qishloq shevasida ham ikki undosh o’rtasida biri unli fonemasining orttirilib talaffuz qilinishini ko’ramiz. Masalan, ilm- ilim, kosib- kasb- kesip, kaft- kepit kabi.
Shuningdek, o’zbek tilining qipchoq shevalari vakillarining talaffuzida ham i, a, u unlilari chetdan qabul qilingan so’zlarda orttirilib talaffuz qilinishi xosdir. Masalan, rus tilidan qabul etilgan traktor- tirektirtaraktiur, krovat` – kerevot kerevet, plenum - pilinum pul`num, zveno - zuvine z`v`ve kabi so’zlarda ko’rinadi.
Epenteza hodisasi birgina o’zbek xalq shevalari uchun xos bo’lib qolmasdan, balki boshqa turkiy tillaruchun ham xosdir. Masalan, yoqut tilida birat - mladshiy brat, kilass – klass, kulus – klyuch, kiurabaat – krovat`, yoqut tili shevalarida esa ispiravka – spravka, pumala - smola kabilaruchraydi.
Epinteza birshevada ko’proq mavjud bo’lsa, ikkinchisida nisbatan kamroq bo’ladi.
Ma`lumki, o’zbek adabiy tilida yonma - yon kelgan ikki undosh tovush o’rtasida qipchoq shevalarida, ayniqsa, Mang’it shevasida `, a, u, singari unli tovushlarni qo’shib talaffuz qilinadi. Masalan, aks - ekis, asl-es`l, kasr- kos`r, akl - akiul, krovat` - kerevet kabi.
Biroq, o’zbek tilining Vodil shevasida esa bu hodisa nisbatan kamroq uchraydi. Bori ham so’z o’rtasi va so’z oxirida yonma-yon kelgan undoshlarorasiga birunli qo’shib talaffuz etish natijasida vujudga keladi. Masalan, o’g’limni konspekt daftari yo’q kabi.
Qisqasi, epenteza hodisasi maktab, maorif va matbuotning ta`siri tufayli o’zbek xalq shevalarida tobora chegaralanib bormoqda. Ular hozirgi kunda keksalar nutqida uchraydi. O’quvchi, talaba va boshqa ma`lumotli kishilar nutqida borgan sari kamayib bormoqda.Sinkopa hodisasining hosil bo’lishi bevosita urg’u masalasi bilan bog’langan bo’ladi. Urg’usiz bo’g’inlarda birunli fonemaning tushib qolishi sinkopa hodisasi hisoblanadi. Masalan, maorif – merup// mer`p, Fotima – petme, silos – sles kabi. O’zbek tilining Kattaqo’rg’on, Qarnob, Parkent, Urgut, Mang’it kabi shevalarini va o’g’uz lahjasini olaylik. Bu shevalarvakillarining talaffuzida ayrim so’zlardagi ba`zi tovushlarni ishlatmaslik hollari (sinkopa) ko’plab uchraydi. Masalan, Parkent shevasida: kutubxona – biblioteka – bubleteke, billiard – bil`yart (Sh. Afzalov kuzatishicha) tarzida qo’llaniladi.Shuningdek, hozirgi-kelasi zamon fe`llarining ikkinchi bo’g’inidagi i, iu, u, u unlilartalaffuzda bevosita tushib qolishi natijasida vujudga keladi. Masalan, chaqiraman – chaqraman, yuguraman – yugremen, o’tiraman – otraman kabi.Yuqoridagi kabi buyin, og’iz, egin, burun, korin kabi so’zlarning ikkinchi bo’g’inidagi unli tovush shu so’zlarga yangi bo’g’inlarga egalik qo’shimchasi qo’shilgach, urg’uning bevosita yangi bo’g’inga ko’chishi bilan kuchsizlanadi va tushib qoladi. Bu adabiy til uchun xosdir. Masalan, buyin – buyni, og’iz – og’zi, egin – egni, burun – burni, o’rin – o’rni, qorin – qorni kabi. O’zbekxalq shevalari materiallarida bu hodisa keng ko’lamda ishlatiladi.
Sinkopa hodisasi o’zbek tilining qipchoq hamda qorluq-chigil- uyg’urlahjalari materiallarida ko’p hollarda birxil xususiyatga ega bo’ladi. Masalan, adabiy tilda «xaridor» so’zi qipchoq shevalarida hardar– hariudar, Toshkent shevasida xerder, Namangan shevasida xerdorshakllariga ega bo’ladi.
Shuningdek, so’z o’rtasida yonma-yon kelgan ikki unlidan biri kuchsizlanadi va ikkinchisi cho’ziq talaffuz qilinadi. Yuqoridagi holatlarturli o’zbek shevalari materiallarida uchraydi. Lekin sinkopa o’zbek adabiy tili tarixi taraqqiyoti bosqichida mavjud bo’lib, adabiy til uchun o’ziga xos xususiyat hisoblanadi.
So’z oxirida tovushlarning tushib qoldirilishi urg’uning odatdagidan boshqacha bo’lganligi sababli yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda so’z oxirida urg’usiz unli yoki bo’g’in talaffuzda kuchsizlashadi va tushib qoldiriladi. Bu apokopa hodisasidir.
Ma`lumki, apokopa hodisasi butun o’zbek shevalari uchun xos hodisa sanalib, qisman o’zbekcha, ayniqsa, baynalminal so’zlarda ko’plab uchraydi. Shuningdek, Payshanba, Uyshun, Nayman, Qarnob, Xo’jatug’, Chuvallok, Parkent, Mang’it kabi shevalarda bu fikryanada oydinlashadi.
O’zbek tilining qipchoq shevasida o’zlashtirilgan ayrim so’zlarda unli tovushlar so’z o’rtasida ham, tushib qoladi. Masalan, minuta – minit, gazita – gezit, mashina – mashiun, apteka – aptik kabi. Urgut shevasida ham mino’t, gazit, meshin, eptik tarzida ishlatiladi. Masalan, gazetti elli, mashin minan elip kelli kabi.Shuningdek, gazeta – gez`t, mino’ta – m`n`t, mashina – mesh`n, kvartira – kuvert`r, telegramma – telegrem kabi apokopa hodisasi Qarnob, Chuvalloq, Kattaqo’rg’on tumani ayrim jamoa xo’jaliklaridagi qishloq shevalarida hamda Uyshun shevasi vakillari talaffuzida bira unlisining tushib qolishdan hosil bo’ladigan o’ziga xos xususiyat hisoblanadi. 1905 – 1917 yillardagi adabiy til materiallarini olaylik. Bu davrda ham, tarixiy manbalarning ko’rsatishicha, apokopa hodisasi yuz bergan. Jumladan, o’sha yillarda rus tili orqali kirib kelgan kvartira, palata, fabrika, granat, kontora, minuta so’zlari kuvartir, palat, pabrik, giranat, kontor, mino’t shakllarida qo’llanilgan.
Eliziyaning hamma turlari o’zbek lahja va shevalari uchun xos bo’lib, ularning deyarli hammasi uchraydi:
A) eliziyaning birinchi turiga: o’ta olmaydi – otolmayd`// otelmeydu,shu erda –she:r, bu yokka – beke,shu yoqqa –sheqe, bu er– be:r kabilarkiradi;
Men sheqe boremen ( Marg’ilon), sen shatte turetur(Jizzax), beke ke, akke kett` – kettene, ettete (Uychi) kabi. eliziyalanish hodisasini Urgut va Samarqand shevalarida ham ushratamiz: bora olmay – borolmay, bu yoqdan – baxdan, olti oy – oltoy, yoza oladi – yozoladu, yozayotgan – yozotkan, kila oladi – k`loladu so’zlarida u va a unlilari to’liq eliziya hodisasiga uchrayapti. Masalan, bizlarkecha borolmay qolduk; she:ga//she:rga bizardi tushurdi, sogra buyozotkan kishi aytti; be:rga kel ( Samarqand); oltoygacha moshin xaydamayman;she:k karap kelaverdi. Mardonqul xatti yozoladu ( Urgut) kabi.
Bu hol Kattaqo’rg’on tumani qipchoq shevalarida ham mavjud.Masalan,shaxta, manaxta, sheke, biyeke, ketuvdii, ekkilevdi, eytkendim kabilarNavoiy viloyati Xatirchi tumanidagi Nayman shevalari vakillarining talaffuzida ham unli tovush bir vaqtda yonma-yon kelsa, biri tushib qoladi. Masalan, bora oladi – baraladi; qola oladi – qalaladi kabilar;
B) ikkinchi turiga: bu erga – bu:rda, u er– u:r, qaysi er– qe:r(Qarnob) kabilarni ko’rsatish mumkin;
V) eliziya hodisasining bu turi ham o’zbek xalq shevalari materiallarida uchrab turadi. Bu to’liqsiz fe`llarning mustaqil so’zlarbilan birikma holda kelishi bilan bog’liqdir: bo’larekan – boleyken, biredi – b`rd`,shuning uchun –shun`ychun, olgan edim – olgend`m kabilar. Shevadagi kelgan edim – kelgend`m, yuvib kel – yubke, o’qirekan – ak`yken kabilar ham eliziya hodisasiga xosdir.6
Yuqoridagi singari xususiyatlaro’zbek tilining Poyariq tumanidagi qipchoq shevalarida ham uchraydi; bunday paytda birinchi so’zning oxiridagi unli fonema tushib qoladi va harikki so’z va o’zagi, birbosh urg’u bilan aytiladi. Masalan, to’liq ot, torat – toriat; Solih aka – Soli aka – Salaka, Malla aka – Melleyeke – Meleke kabilardeyarli hamma qipchoq shevalari uchun xosdir.
Bunday xususiyatlararab tilidan kirgan va birdan ortiq o’zakdan yasalgan kishi otlarida ham uchraydi. Masalan, Abdusattor–Epsetter– Epsettor, Podsho Ali – Poshsheli// Posheli, Abdualim – Abdalim// Ebdelim, Abdulla aka// Ebdelem singari.
Yuqoridagilardan tashqari, o’zlarining paydo bo’lish yo’llari xarakterli bo’lgan eliziya hodisasining mavjudligi ham ko’zga tashlanib turadi. Masalan, Toshkent, Jizzax,Shahrisabz, Qo’qon kabi shevalarda ene shu – ensh` tarzida uchraydi. Andijon shevasida esa one shu - ensh`/esh` shakliga ega bo’ladi. O’g’uz guruh shevalari materiallarida ene shu/ enshu deb ishlatiladi. Qipchoq shevalaridagi nimish – nima ish, bag’da ochiugan – bog’da ochilgan, ekqoliuniu – ikki qo’lini, shakkarap –shu yokka qarab kabilar ham eliziya hodisasi bilan bevosita bog’liqdir.
V. V. Reshetov o’zbek tilining qipchoq shevalarida eliziya hodisasining birmuncha kengroq qo’llanilishini alohida ta`kidlaydi. Chunonchi: hardar– haridar, Namanganda – xordor, adabiy tilda – xaridor; xemsha – xemishe, adabiy tilda – hamisha. qorluq-chigil- uyg’urshevalarida esa olt`ov – oltov;
eliziya hodisasi boshqird, turkman, tatartillari materiallarida ham mavjud. Chunonchi, boshqird tillarida kilgeynom – kelgennem, turkman tilida: meninchun – meninuchin, tatartilida: nerse – neirse kabi. Shuningdek, ozarbayjoncha: abri – abiri, anri – anari, grov – girov; no’g’ay xalq shevalarida: burni – buruni, vaqti – vaqio’ti; brev – biravi, oturshi – oturushi kabi.O’zbek shevalaridagi undosh fonemalar, asosan, adabiy tildagi holatga mos keladi. Unda hozirgi adabiy tildagi ba`zi undoshlar qo’llanilmaydi.Shevadagi c, f, j undoshlari shularjumlasidandir. O’zbek adabiy tilidagi c undosh tovushi bu shevalarda ham ts yoki s undoshlari tarzida ishlatiladi. Shevalarda mustaqil fonema sifatida k o’zga tashlanmaydi va p undoshi bilan almashinib keladi. U ba`zi biryachiy hamda undov so’zlarda hamda o’zlashtirilgan birnecha so’zlarda ham uchraydi, holos. Samarqand – Buxoro shevalari esa bundan mustasnodir. Adabiy tilimizdagi j undoshi shevada j va j deb ikki xilda qo’llaniladi.
J – undoshi boshqa tillardan fors, arab va rus tili orqali kirib kelgan ba`zi bir so’zlardagina keladi. J undoshi qipchoq guruhi shevalarida ko’proq ishlatiladi. Qipchoq guruhini tashkil etuvchi shevalarning ayrimlarida x tovushi o’rnida k, boshqa birxildagi shevalarda esa k undoshi o’rnida k undoshi keladi. qolgan undosh tovushlarning hammasini o’zbek adabiy tilidagi holatdan deyarli farq qilmaydi. Ularda uchraydigan ayrim o’zgarishlarga duchor bo’lib turadi.Anakopa so’z oxirida keluvChi undosh tovushlarning tushib qolish hodisasidir. Bu fonetik hodisa o’zbek lahja va Shevalarida mavjud. Jumladan, AndijonShevasida ll, ss, mm, zd, st kabi undosh fonemalar o’zaro birikib kelganida, o’sha biriktirilgan undoshlardan biri tushirib talaffuz qilinadi. Masalan, gramm – g`rem, poyezd – poy`z kabi. Ba`zi shevalarda bir bo’g’inli so’zlaroxirida ham anokopa hodisasi uchraydi: to’rt – to’r, qasd – qas, rost – ros, kel – ke, do’st – do’s, g’isht – g`sh kabi.
O’zbek xalq shevalari vakillarining talaffuzida qatorunlilarning so’z oxirida keladigan t undoshi talaffuzda tushib qolishi xosdir. Samarqand viloyatidagi UyshunShevasida: dust – dos, gusht – gosh, YomShevasida: gusht – gosh, poytaxt – poytax; VodilShevasida: Toshkent – Toshken, juft – jup; Farg’ona, Andijon, Qo’qon Shevalarida: kaft – kep; UrgutShevasida: gusht – gosh, payvand – payvan; SamarqandShevasida: Samarkan, posh`s, darax; Bulungurtumani YAngiravot qishloqShevasida: pas – pes, gisht – giush, Toshkent – Teshken, gusht – gosh tarzida talaffuz qilinadi.
ASSIMILYATSIYA.Assimilyatsiya hodisasi undoshlarning yon tovush ta’sirida yumshalishi, jarangli va jarangsiz bo’lish, paydo bo’lish o’rniga ko’ra o’zgarishi natijasida yuzaga keladi. Assimilyatsiyani progressiv va regressiv, to’liq va qisman deb farqlarga ajratish mumkin. Assimilyatsiya hodisasini shu tariqa guruhlashtirish odat tusiga kirib kelgan, barcha darslik va qo’llanmalarda shu holga rioya qilinadi.7
1.Progressiv assimilyaciya. Bunda so’zlarda oldingi tovushning bevosita ta`siri natijasida keyingi tovush o’z xususiyatini o’zgartiradi va oldingiga o’xshash tovushga aylanadi. Masalan, ld – ll: soldat – sollat, td – tt: o’tdi – o’tti, nd – nn:shundan –shunnan – unnan kabilar.
UlarToshkent, Namangan, Qarnob, Yom, Nayman, Xorazm, Uychi, Baxmal, Burko’t, Qang’li, Urgut, Kattaqo’rg’on, Samarqand, Ispanza, Yangiravot kabi shevalarda ishlatilishi bilan ajralib turadi. Biroq mazkurhodisaning tarqalish doirasi birxil emas.
qorluq-chigil- uyg’ur guruhi shevalarida Kattaqo’rg’on shevasi vakillarining talaffuzida esa mazkurhodisa ko’proq uchraydi. hatto, Shevachilikda eng kam tajribaga ega bo’lgan kishi ham buni tezda farqlay oladi. Masalan, bo’ldi – boll`, oldi – oll`,shunday –shunnayey, nonday – nonney, indamay – innemay, bu yokka – bakka, sandan – sennen, jondan – jonney, sanday – senney kabilar.
Progressiv assimilyatsiya Samarqand viloyati Ming hamda Uyshun shevalari vakillarining talaffuzida ham mavjud. Masalan, aldadi – elledi, soldat – sollat; Saroy, Mang’it, Xitoy, Nayman shevalarida: ishim tuvriu dep mani allama; avkattiu tes – tes jeger; jetti olchep birkes degan maqol bor; exmet xemme nerselerni sattiu va boshqalar.
Qiyos qiling:

Urgut shevasi

Burkut shevasi

Adabiy til

Chomma
Ottiu
Ottei
Sotti
Etti

Choppa
Atti
Attei
Sotti
Jetti

Chopma
Otni
Otdan
Sotdi
Etti

Bunday assimilyaciya hodisasi qo’mik, boshqird kabi turkiy tillarga ham xosdir.Bu hodisa ham o’zbek shevalarida ma`lum darajada uchrab turadi. Qarnob shevasida: zarur– zaril, kassir– kest`r, amma – embe, zarar– zelel; Urgut shevasida: zarur– zalul, bilan – minen; Parkent shevasida: zarar– zalal kabilar.
Dissimilyats6iya hodisasi Yom, Xorazm, Niyozboshi, Ming kabi sheva vakillarida nisbatan kam uchraydi. Masalan, zarar so’zi Xorazmda zelel, Niyozboshi, Ming shevalarida zelel/zerel shakllariga ega bo’ladi.
Qipchoq lahjasida dissimilyatsiya hodisasi apcha keng tarqalgan. Masalan, nodon – leden, zarur– zeril, biror– biuran, kassir– kestir, mumkin – munkin kabi.
Dissimilyatsiya hodisasi assimilyatsiya kabi ikki xil: progressiv va regressiv dissimilyatsiya shaklida bo’ladi.
Progressiv dissimilyatsiya: zarar– zerel//zelel, zarur– zerul//zeril kabi.
Regressiv dissimilyasiya: cht >sht: uchta – ushte, pochta – poshte ( qorluq-chigil- uyg’ur); gu > vu: bugdoy – buvday; gm > ym: tugma – tiyme, tegma – tiyme; gn > yn: igna – iyne, egnim – iynim (qipchoq) kabilar.
O’zbek tilida metateza u yoki bu so’z tarkibidagi undosh tovushlarni o’zaro o’rin almashishidir. Masalan, qarluq-chigil- uyg’urlahjasida: tuproq – turpok, yomgir– yogm`r, aylanay – eyleney, daryo – deyre//dere, supra – surpe, dunyo – duyne, devor– devol shakllari uchraydi.
Bu fonetik hodisa til taraqqiyotining yaqin davrlari ichida paydo bo’lmasdan, balki juda qadimgidir. Chunonchi, «Devoni lug’otit turk» da ham metateza hodisasi mavjud bo’lib, uning qadimiyligini ko’rsatishga xizmat qiladi. Ushbu borada Mahmud Qoshg’ariyning quyidagi so’zlari muhimdir: «Kajo qabilasi bug’doy so’zini budg’oy talaffuz qiladi. U qabila kishisini bilish uchun shu so’zni ayttirib ko’rish ham odat edi» (II, 9 - bet).
Hozirgi o’zbek adabiy tilidagi o’rgan so’zi «Devoni lug’otit turk» va « Qutadg’u bilig» da ug’ran shaklida ishlatilganligini ko’ramiz.Shuningdek, yomg’ir so’zi XI asryozma yodgorliklarida yog’mir< yog’mirdeb ishlatilganligi aniqdir.Spirantizasiya hodisasi birportlovchi undosh tovushning portlovchilik xususiyatini yo’qotib, sirg’aluvchi tovushga o’tishi natijasida sodirbo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, bu hodisani undoshlarning yumshoqroq talaffuz etilishi deyish o’rinlidir.
Qipchoq shevalarida: f > p: fabrika – pebrike, fo’tbol – po’tbal; k > x: kunori – kexneri//ke:neri, maktab – mektep; k > y: eshagiga – eshsheyine//eshshegiga; b > v: sabr qildi – sevirkildi; ch >sh: uch – ush, chuchka – choshka, och – ach//ash, kuch – qo’sh; k >x: ekinnergulge kiredigen vax bop kavdiu: erpe talkanniu//talxanniu tuyup mekkege ketedi kabi.
Qorluq-chigil-uyg’urshevalarida: k > x: k`z eytt`k`, undey mexsed`n`zbose eytt`n; qol`n`z b`len y`n; eltoy saxlan bersay`rded`; ch >sh: kochdi – kasht`, ichdi – `sht`; t > ch: tish – ch`sh ( Marg’ilon); k > x:shoy` koylekt` k`y`p Toshkan bormoxch` voll`m: kal katta akas`ya xurmayi kat`x alip borgan chokka yolga yogmiryokkan ( Qarshi); u kishinan meni korketkon jey`m yox; kob don kimesulle; qolini pichox kesip ketipto (Shaxrisabz); men butun bel`xler` podshos` ed`m (Namangan); ishka chixtillama ( Urgut); exm`lt`x, korem m`lt`x ot`shem`s yor– yor; dolege ch`x degende, bezgey kur`sh kiled` ( Farg’ona) kabilar.
Bu fonetik hodisa so’zlarning o’rtasida ikkita birxil undoshlarning qo’shaloq holda kelishidan hosil bo’ladi. Bu xususiyatni o’zbek adabiy tilidagi so’zlarda ham, o’zbek xalq shevalaridagi so’zlarda ham uchratish mumkin. Shevalarda ularning hosil bo’lishi turli xil fonetik o’zgarishlarbilan bog’liqdir. Shuning uchun ham, o’zbek xalq shevalari materiallarida undoshlarning qo’shaloq holda kelishi adabiy tildagiga qaraganda ko’proq uchraydi. Masalan, kassir, chinni, ittifoq kabi so’zlarqatorshevalarning materiallarida kest`r( qorluq-chigil- uyg’ur), chinni, intiupak (qipchoq) deb qo’llaniladi va o’zidagi, ya`ni qo’shaloq kelish xususiyatini yo’qotadi. Shuningdek, adabiy tildagi «tizza» so’zi ko’pincha shevalarda t`z (Qarnob) deb qo’llaniladi. Janubiy Xorazmda dyz deb qo’llaniladi. Demak, adabiy tildagi geminaciya, ya`ni qo’sh undoshlik hodisasi hisoblangani holda, sheva materiallarida o’z xususiyatini yo’qotadi: tok`o – to’qqiz, chaqan – chaqqon, mekejuver` – makkajo’xori, sek`s – sakkiz, onek` – o’n ikki ( Farg’ona), dadam ikkovgayam koylayliy optila ( Qarshi), koyd`n ushtas`n` soyd` ( Marg’ilon).
O’zbek adabiy tili va xalq shevalarida quyidagi grammatik usullarva so’z yasalishlarbilan geminatsiya hodisasi yuzaga keladi:
A) sifatning kuchaytiruv shakli orqali: ok – oppok, sog-sog – soppa sog, (ad. imlo); ak-ak – appak, sag-sag – sappa –sag (qipchoq) kabi;
B) juft so’zlarning yasalishi natijasida: bitta yarimta, opten-soppon, oppon-s`ppon, shartta-shurtta – shertte-shurte ( qorluq- chigil- uyg’ur);
V) tasviriy so’zlarvositasida: ukki, kakku, pirra, chippa-chippe, ushshaymok (ad.imlo); ikki, kekki, pirre, chippe-chippe, ishsheymok (qipchoq) va hokazo.
Qo’sh undosh ma`noni farqlash xususiyatining mavjudligini alohida qayd etishga to’g’ri keladi. Masalan, qorluq-chigil- uyg’urshevalarida: qoteq (kishilariste`mol qiladigan sut maxsuloti), qatiq/qott`q ( yumshoqning aksi, qattiq), kalla (organizmning bir qismi, kele jamlovchi son qo’shimchasi, ikkalamiz), sallox sifat, ism, solox, Xayriddin Salox, oppe sifatning kuchaytiruvchi shakli, oppa-oydin (qarindoshlik atamasi) va boshqalar.
Shunday qilib, qo’sh undoshlarning soz ortasida kelishini ko'rdik. Ular so’zlarning oxirida ham o’zbek adabiy tili va shevalarida uchramaydi.


Xulosa
Adabiy til va shevalarni o’rganish ilmiy - nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham unli tovushlartarkibi bilan mustahkam bog’langan. Tilshunoslikning hamma bo’limlarini bir- biriga bog’lab o’rgangandagina ularning taraqqiyot qonunlarini to’g’ri tushunish mumkin. Morfologiyadagi egalik kategoriyalari, ularning turlanish, so’z yasash, leksikasida esa so’zlarning ma`nolarini o’rganish, so’zlarning turli – tuman shakllarini aniqlash kabi masalalarni fonetik qonunlarini hisobga olmasdan turib tasavvuretish qiyin. Bu hol, ayniqsa shevalaruchun muhimdir.
Qarluq - chigil – uyg’urlahjasida unli tovush uyg’unligi yoki ohangdoshlik hodisasi uchramaydi.Shuning uchun ham ulardagi unlilarmiqdori ko’p emas, unlilarfonemasining soni 6-8 dan oshmaydi. Jumladan, Toshkent shevalarida oltita (‘, e, u, o), Namangan shevasida sakkizta (`, a, o, u, e, `), Marg’ilon shevasida ettita unli (`, a, o, u, e) fonema bor. Bu shevadagi unli fonemalarsifat jihatidan farqlanadi. o’zlariga xos xususiyatlar alohida qayd etiladi. Buxoro, Urgut, Qarshi, Xo’jand, Chust shevalarining unlilartarkibida ham oltitadan unli fonema bo’lib, ularmiqdori jihatdan Toshkent va Samarqand shevalardagi holatga tengdir. Vodiy va Jizzax shevalari, Toshkent atrofidagi ayrim (Parkent, Piskent, Chinoz) va Qarnob shevalarida unlilarToshkent shevasidagi singaridir, Qo’qon va Marg’ilon shevalarida esa unli fonemalarning soni yuqoridan keltirilgan shevalardan bitta ortiqdir. Unda a fonemasi ham ishlatiladi.
Fonetika mana shu nutq tovushlarini o'rganishdan boshlanadi.Lekin nutq tovushini fonemadan ajratib alohida til hodisalari sifatida talqin etish emas.Ularbirnarsa bo'lib,nutq tovushida fonema shakllandi.Ammo fonema fonetikada emas fonologiyada tadqiq etiladi.Nutq Tovushlari fonetikaning tekshirish ob'ektidir.Birortil fonetikasiga bag'ishlangan ish tilshunoslikning barcha tarmoqlariga bag'ishlangan ishlarichida eng erta boshlanganlardan biridir.



1 O.Azizov. «Tilshunoslikka kirish». T.-1963. 30-35-betlar.

2 O.Azizov. «Tilshunoslikka kirish». T.-1963. 30-35-betlar.

3 SH. Shoabdurax.imov, M. Asqarova, A Xojiev, I.Rasulov, X.



4 S.Usmonov. «Umumiy tilshunoslik», T. - O’qituvchi- 1972.



5 S.Usmonov. «Umumiy tilshunoslik», T. - O’qituvchi- 1972.



6 Doniyorov. «Xozirgi o’zbek adabiyot tili» - I qism
T.-O’qituvchi- 1980.



7 Doniyorov. «Xozirgi o’zbek adabiyot tili» - I qism
T.-O’qituvchi- 1980.



Yüklə 101 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin