Turli tillardagi fonetik hodisalar



Yüklə 10,43 Kb.
tarix22.01.2023
ölçüsü10,43 Kb.
#80119
Turli tillardagi fonetik hodisalar


Turli tillardagi fonetik hodisalar

Nutq jarayonida tovushlar turli o‘zgarishlarga yuz tutadi. Nutq

jarayonida tovushlarning bir-biriga ta ’siri natijasida ro‘y beradigan

o‘zgarishlar kombinator o'zgarishlar deyiladi. Bunday o‘zgarishlarga

akkomodatsiya, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, gaplologiya, diereza

va boshqalar kiradi.

Tovushlarning talaffuziga ulaming so‘zda tutgan o‘mi, urg‘uning

ta ’siri sabab b o ‘lsa, bunday o ‘zgarishlar pozitsion o'zgarishlar

deyiladi.Akkoraodatsiya lotincha «accamadatio» so‘zidan olingan bo‘lib,

«moslashuv» degan ma’noni anglatadi. Moslashuv yonma-yon turgan

unli va undosh tovushlar orasida sodir bo‘ladi. Moslashuv progressiv

va regressiv b o ‘lishi m um kin. M oslashuv hech qachon to ‘liq

bo‘lmaydi, unli va undoshlar bir-biriga faqat qisman moslashadi.

Progressiv moslashuvda keyingi kelayotgan tovushning

ekskursiyasi oldingi tovushning rekursiyasiga moslashadi. Masalan,

qafas so‘zida q chuqur til orqa undoshidan keyin a tovushi aslida til

oldi tovushi bo‘lishidan qat’i nazar til orqa unlisi kabi talaffuz qilinadi.

Regressiv moslashuvda oldingi tovushning rekursiyasi keyingi

tovushning ekskursiyasiga moslashadi. Masalan, rus tilidagi dom va

disk so‘zlaridagi d tovushining talaffuziga ahamiyat bering: o orqa

unlisidan oldin d qattiq talaffuz qilinayapti, i old unlisidan oldin esa

u yum shoq talaffuz etilm oqda. Bu hodisa tilshunoslikda

palatalizatsiya (yumshalish) deyiladi.

Assimilyatsiya lotincha «assimilatio» so‘zidan olingan bo ‘lib,

«o ‘xshashlik» degan m a’noni anglatadi. Tovushlarning o‘zaro bir-

biriga ta’siri natijasida biri ikkinchisiga o‘xshab ketishi assimilyatsiya

hodisasi deyiladi. Assimilyatsiya progressiv va regressiv b o ‘lishi

mumkin. Oldinda kelayotgan tovush keyingisiga ta’sir o‘tkazib, uni

o‘ziga o‘xshatib olsa, progressiv assimilyatsiya ro‘y beradi. Masalan,

ochdi, botdi so‘zlaridagi dtovushi oldingi jarangsiz undoshlar ta’sirida

t deb talaffuz qilinadi.

Keyingi kelayotgan tovush o‘zidan oldingisini o‘ziga o‘xshatib

olsa, regressiv assimilyatsiya deyiladi. 0 ‘zbek tilidagi bir so‘ziga t

qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida, keyingi t ta’sirida r tovushi ham

t ga aylanadi, ya’ni bir + ta = bitta. Qiyoslang: yuz - yuzsiz, yigit -

yigitcha.

T ilshunoslikda distant (bilvosita), ko ntakt (bevosita)

assimilyatsiya ham ajratiladi. Yonma-yon turgan tovushlarning bir-

biriga ta’siri aloqadagi assimilyatsiya deyiladi. Yuqorida keltirilgan

m isollar ana shu turdagi assim ilyatsiyaga xosdir. Distant

assimilyatsiya deganda bevosita aloqada bo‘lmagan (ya’ni yonma-

yon turmagan) tovushlarning bir-biriga ta’siri tushuniladi. Masalan,o‘zbek tilidagi men olmoshining boshida turgan m tovushi qadimda

b boigan, so‘zning oxiridagi n ta ’sirida b burun sonantiga aylangan,

ko‘plik biz shaklida n bo‘lmagani uchun b saqlanib qolgan. Hozirgi

zamon turk tilida birinchi shaxs kishilik olmoshi ben deb talaffuz

qilinadi. Bu tilda b assimilyatsiyaga uchramagan. Toshkent shevasida

buni olmoshi ham ko‘pincha muni deb talaffuz qilinadi. Bu holda

ham n tovushining ta’sirida b tovushi assimilyatsiyaga uchraydi,

Dissimilyatsiya termini lotincha «dissimilation» so‘zidan kelib

chiqqan b o ‘lib, « o ‘xshamaslik» m a’nosini anglatadi. Talaffuz

jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlardan biri o‘zining fiziologik

yoki akustik xususiyatlarini o ‘zgartirib yuborsa, bunday hodisa

dissimilyatsiya deyiladi: zarur - zaril, damba - danba va hokazo.

Diereza so‘zdagi tovushlardan birini talaffuz qilmay tushirib

qoldirishdir: dastlab - daslab, past - pas, dashtga - dashga va hokazo.

M etateza yonma-yon turgan tovushlam ing o ‘rin almashishi

hodisasidir. Masalan: ahvol - avhol. 0 ‘zbek og‘zaki tilida yurgan

dayro o ‘tirgan bo ‘yro maqolida analogiya prinsipiga asosan daryo

so‘zi bo ‘yro so‘zi ta ’sirida dayro deb talaffuz qilinishi ham metatezaga

misoldir.

Gaplologiya ikki yonm a-yon turgan tovush yoki o-‘xshash

b o ‘g‘inlardan birining tushib qolish hodisasidir. M asalan, ingliz

tilidagi itself olmoshida gaplologiya hodisasi bor, bu olmosh ikki

so‘zdan its + self so‘zlarining qo‘shilishidan hosil boigan: ikkita s

dan biri tushib, bittasi yoziladi, ya’ni: its + self = itself.

Epenteza so‘zlarga ularning tarkibida yo‘q bo‘lgan tovushlaming

qo‘shilib aytilishi hodisasidir. 0 ‘zbek tilida u olmoshiga o‘rin-payt,

chiqish va jo ‘nalish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda unga n

tovushi qo‘shiladi: unda, undan.

Tovushlaming pozitsion o‘zgarishlari. Ba’zi tillarda nutq tovushlari

so‘zda tutgan o ‘rinlariga qarab talaffuzda va rasmiy yozuvda

orfografiyada o‘zgarib ketishi yoki tushib qolishi mumkin. Bunday

hodisalar o‘zbek tilida ham uchraydi. Masalan, so‘zning oxiridagi

jarangli tovushlar jarangsizlanib qolishi mumkin: zavod, bod, bob, adib

so‘zlaridagi oxirgi dvab tovushlari t vap bo‘lib talaffuz qilinadi, ba’zi

so‘zlarga qo ‘shim chalar q o ‘shilishi natijasida, so‘zning urg‘usi

qo‘shimchaga o‘tadi, aw al urg‘u olgan unli tushib qolishi mumkin:mos kelavermaydi. Tilshunoslikda tovush bilan h arf orasidagi

munosabatni orfografiya o'rganadi. Orfografiya grekcha «orthos»

- to ‘g ‘ri va «grapho» yozaman degan so‘zlardan tashkil topgan

bo‘lib, imlo qoidalari bilan shug‘ullanadi (bu haqda yozuv bobiga

qarang).

0 ‘qish bilan yozish orasidagi eng yaqin munosabat o‘zbek tilida

ta’minlangan. Imkoni boricha harflar tovushlarga mos keltirilgan.

M a’lum tartib asosida joylashtirilgan harf va belgilar alfavit deyiladi.

Hozirgi zamon ingliz tilida o ‘zbek tilidagi hodisaning aksini

ko'ramiz. Bu tilda alfavitdagi harflar soni tovushlar sonidan deyarli

ikki marta kam, ya’ni 44 tovushga 26 harf to‘g‘ri keladi. Bunday hoi

tabiiy ravishda o‘qish bilan yozishni qiyinlashtiradi, chunki bir harf

bir necha xil tovushni ifodalashi mumkin. Undan tashqari bunday

tillarda yakka tovushni ifodalovchi harflar birikmasining ham ko‘p

bo‘lishi tabiiy. Ko‘pchilik roman-german tillari shular jumlasidandir.

Tovush va harf orasida nomutanosiblik bor tillarda transkripsiya deb



atalmish maxsus yozuv muhim ahamiyat kasb etib, undan o‘qish-

o‘qitish ishlarida keng foydalaniladi.
Yüklə 10,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin