Aksadorlik jamiyatlari aksalarni emissiya qilish shartlari
4.Korporativ tuzilma tugatilishida mulk qismidan ulush olish huquqi.
4.Korporativ tuzilma tugatilishida mulk qismidan ulush olish huquqi.
Kompaniyaning tugatilishi – bu
kompaniya oʻz faoliyatini toʻxtatishi,
barcha kreditorlar bilan
qarzdorliklarni hisob kitob qilishi,
qolgan mulkni aksiyadorlar oʻrtasida
taqsimlashi va boshqalar .
5.Ovoz huquqi – oddiy aksiya egalari uchun
5.Ovoz huquqi – oddiy aksiya egalari uchun
muhim xususiyat. Ammo xorijiy kompaniya
oddiy aksiyalarini sotib olayotganda shunga
eʼtibor berish lozimki, oddiy aksiyalarni
chiqarayotganda kompaniyalar investorlarning
ovoz huquqini cheklovchi yoki umuman rad
etuvchi aksiyalarni ham emissiya qilishi mumkin.
Aksincha, bunga qarshi koʻp ovozli, yaʼni bitta
aksiya egasiga bir nechta ovoz huquqini beruvchi
aksiyalar ham chiqarilishi mumkin (ayniqsa, chet
el kapitali ishtirokidagi kompaniyalarda).
Imtiyozli aksiyaning xususiyatlari:
Imtiyozli aksiyalar miqdori jamiyat ustav kapitali hajmida 20% miqdoridan oshmagan holda chiqariladi
Imtiyozli aksiya egalari aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarida ovoz berish huquqiga ega emas(istesno holatlar mavjud) .
Jamiyat imtiyozli aksiyalari oʻz egalariga bir xil huquqlar hajmini beradi va bir xil nominal qiymatga ega.
Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan, miqdori ustavda aniqlangan dividendning jamgʻa-rib borilishi va keyinchalik toʻlanishi belgilab qoʻyilishi mumkin
Jamiyat ustavida jamiyat tugatilayotganda imtiyozli aksiyalarning har bir turi boʻyicha toʻlanadigan dividend hajmi yoki qiymati belgilanishi kerak. Dividend hajmi va likvidatsion qiymat qatʼiy pul summada yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi.
Agar jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarni oddiy aksiyalarga ayirboshlash mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyat ustavi imtiyozli aksiyalar boʻyicha ovoz berish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bunda ushbu imtiyozli aksiyaning egasi oʻziga tegishli imtiyozli aksiya ayirboshlanishi mumkin boʻlgan oddiy aksiyalar boʻyicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdordagi ovozlarga ega boʻladi.