Reja: rdb texnologik jihozlarida ishlov berishning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,65 Mb.
tarix14.09.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#143329
1v


Mavzu; RDB asboblarining sifati va hususiyatlari.
Reja:

  1. RDB texnologik jihozlarida ishlov berishning o’ziga xos xususiyatlari.

  2. RDB texnologik jihozlarining afzalliklari.

  3. RDB texnologik jihozlarga qo’yiladigan talablar va nazorat turlari.

RDB texnologik jihozlarida ishlov berishning o’ziga xos xususiyatlari.

RDB texnologik jihozlarida ishlov berishning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularning ish dasturi, jumladan, ish organlarining siljish kattaligi, tezligi va yo’nalishi mos dastur tashuvchiga yozilgan kodlarda ko’rsatiladi. Boshqaruvchi dasturni tayyorlash jarayoni detalga ishlov berish jarayonidan boshqa vaqt va joyda tayyorlanadi. Lekin shuni qayd etish lozimki, boshqaruvsi dasturni bevosita sexda dastgohni boshqarish pultida tayyorlashga imkon beradigan RDB tizimlari ham paydo bo’lgan.



10.1-rasm. RDB dastgohda chizmadagi axborotni moddiy detalga o’zgartirish sxemasi: a-o’zgartirish sxemasi; 1-detalning chizmasi, 2-boshqaruvchi dasturli dastur tashigish, 3-RDB qurilmasi, 4-RDB dastgohi, 5-detal, 6-RDB tizimsining ish sxnmasi, BD-boshqaruvchi dastur, DKQ- dasturni kiritish qurilmasi, DIQ-dasturni ishlash qurilmasi, YuBQ- yuritmani boshqarish qurilmasi, SYu- surish yuritmasi, TBD- teskari bog’lanish datchigi, TBQ- teskari bog’lanish qurilmasi, TKBQ-texnologik kommandalarni bajarish qismi.
Chizma 1 dagi (10.1-rasm, a) axborotni moddiy detal 5 ga o’zgartirish jarayoni quyidagicha kechadi. Avval boshqaruvchi dastur ishlab chiqiladi. Bu dastur ma’lum kod bilan tastur tashigich 2 ga yoziladi. So’ngra dastur tashigich RDB qurilmasi 3 ga o’rnatiladi. Dasturni kiritish qurilmasi (DKQ) dastur tashigichdan topshiruvchi axborot (TA) ni hisoblaydi. (10.1-rasm, b) va uni elektr signallar ko’rinishida ikkita kanal bo’ylab jo’natadi.

  1. Texnologik komandalar qurilmasi (TKQ) orqali texnologik komandalarni bajaruvchi elementlarga;

  2. Dasturni ishlash qurilmasi (DIQ) va yuritmasini boshqarish qurilmasi (YuBQ) orqali dastgohning ish organlarini surish yuritmalari (SYu) ga yo’naltiradi. Boshqaruvchi dasturning bajarilishi to’g’risidagi axborot teskari bog’lanish datchiklari (TBD) va teskari bog’lanish qurilmasi (TBQ) orqali dasturni ishlash qurilmasiga keladi.

Boshqaruvchi dastur RDB dastgoh 4 da amalga oshirilgach moddiy detal 5 paydo bo’ladi. Bu detal o’zining chizmadagi geometrik va texnologik axborotlarga mos keladi. Boshqa shakldagi detallarga ishlov berish uchun RDB qurilmasiga mos boshqaruvchi dasturli dastur tashigichni o’rnatish yetarli bo’ladi.
RDB texnologik jihozlarining afzalliklari.
Texnologik jarayonni amalga oshirish uchun u yoki bu dastgohdan foydalanish tayyorlanadigan detalning murakkabligiga va ishlab chiqarishning turiga bog’liqdir. Ishlab chiqarishning seriyasi qanchalik kichik bo’lsa, dastgoh shunchalik katta texnologik moslashuvchanlikka (gibkost ) ega bo’lishi kerak. Yakka tartibdagi ishlab chiqarish sharoitida detallarni juda kichik partiyalab(1-3dona) tayyorlashda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun koordinatalarni oldindan terish va raqamlari indekatsiyalanadigan dastgohlarni qo’llash mumkin. Yakka tartibdagi ishlab chiqarishda murakkab detallarni tayyorlash, shuningdek mayda seriyali ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun RDB dastgohlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Seriyalab ishlab chiqarishda ham RDB dastgohlarini qo’llash mumkin. Moslashuvchan yirik seriyalab ishlab chiqarish sharoitida murakkab konfiguratsiyaga ega bo’lgan detallarni tayyorlash uchun keng miqyosda RDB dastgohlari ishlatiladi.
Ayrim hollarda murakkab shakldagi detallarga ishlov berishda RDB dastgohlaridan foydalanish texnikaviy isbotlangan yagona yechim bo’lib hisoblanadi. Texnologik jarayon uchun uskunalarni tez tayyorlash mumkin bo’lmaydigan vaqtlarda bunday jihozlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning muhim afzalliklari quyidagilardan iborat:
1) dastgohni ish unumdorligi qo’l bilan boshqariladigan aynan shunday dastgohga qaraganda 1,5-5 marta ortiq;
2) universal dastgohning moslashuvchanligi avtomat – dastgohning aniqligi va ish unumdorligi bilan uyg’unlashsa, yakka va seriyalab ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish masalasini yechishga imkon yaratadi;
3) zamonaviy elektronika va hisoblash texnikalari bazasida mashinasozlik sanoati qayta qurollanadi;
4) dastgohlarni boshqaradigan malakali ishchilarga bo’lgan ehtiyoj pasayadi, ishlab chiqarishni tayyorlash muhandis ishi tarkibiga o’tadi;
5) yig’ish jarayonida mos qilish ishlari vaqti qisqaradi, chunki bitta dastur asosida tayyorlangan detallar o’zaro almashuvchan bo’ladi;
6) dasturni markazlashgan holda yanada oddiy va universal texnologik uskuna(osnastka)larda yozish tufayli yangi detalni tayyorlashga o’tish va tayyorgarlik ko’rish muddatlari qisqaradi;
7) detalni tayyorlash siklining davomiyligi pasayadi va yakunlanmagan ishlab chiqarish zahirasi kamayadi.
Dastur bilan boshqariladigan jihozlar nomenklaturasi kengayib, mashinasozlikda qo’llaniladigan texnologik jarayonlarning hamma turlari uchun ishlatilmoqda, chunonchi, tayyorlov, temirchilik - presslash, shtamplash, bukish, tokarliq parmalash, frezalash, teshik yo’nish jilvirlash va boshqalar.
RDB texnologik jihozlarga qo’yiladigan talablar va nazorat turlari.
Moslanuvchan RDB dastgohlarga qo’yiladigan asosiy talablardan biri detallarga ishlov berish sifatini topshiriqda ko’rsatilgan darajada kafolatli ta’minlashdan iborat. Bu maqsadda ishlov berish sifatini avtomatik boshqarish, yaroqsizlikning oldini olish va unga qo’ymaslik uchun avtomatik nazorat tizimlari qo’llaniladi. Bu tizimlar quyidagi nazorat-o’lchash ishlarini bajaradi.

  • asbob holatini nazorat qiladi va diagnozlaydi;

  • o’lchamlarni o’lchaydi va asbobning ish vaqtini hisobga oladi;

  • boshqaruvchi dasturlarni to’g’rilash uchun ma’lumotlar to’playdi;

  • uskunalar holatini nazorat qiladi.

Avtomatik nazorat tizimlari ikki guruhga bo’linadi:

  1. Dastgohning o’ziga o’rnatilgan nazorat tizimlari. Bular dastgohda detallarga ishlov berish jarayonida zarur o’lchash va nazorat ishlarini bajaradi.

  2. Dastgohning tashqarida o’rnatilgan nazorat tizimlari. Bular nazorat-o’lchash ishlarini dastgohdan tashqarida, detallarga ishlov berish oldidan yoki ishlov berishdan keyin bajaradi.

Dastgohning o’ziga o’rnatilgan nazorat tizimlariga: zagotovkalar, ishlov beriladigan detallar va kesish jarayonini ko’rsatgichlarini faol nazorat qilish qurilmalari, asbobni holatini diagnoz qilish qurilmasi, dasturli boshqarishni to’g’rilab turish va boshqariladigan ko’rsatgichlarni o’zi sozlaydigan qurilmalar kiradi. Bu qurilmalar yetarli darajada universal, moslanuvchi va moslanuvchan dastgohlarni yangi detalga ishlov berishga o’tkazishda avtomatik qayta sozlana oladigan bo’lishi lozim.
Tashqarida o’rnatilgan nazorat tizimlari nazorat qilish pozitsiyalarida yoki o’lchash laboratoriyalarida o’rnatilgan o’lchash mashinalari va robotlari kiradi. Bu tizimlar qo’llanilganda dastgohlar tizimi murakkablashadi. Lekin ular tayyor detalning ko’rsatgichlarini juda aniq o’lchashga imkon beradi.
Barcha avtomatik nazorat tizimlariga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi.

  • o’lchash va nazorat qilish vositalarini topshiriqda ko’rsatilgan detallar chegarasida avtomatik qayta sozlash imkoniyati bo’lishi kerak;

  • nazorat, shu jumladan axborotni o’zgartirish va uzatishni nazorat qilish to’liq va ishonchli bo’lishi lozim;

  • o’lchash va nazorat vositalari juda puxta ishlashi kerak;

  • ularning dinamik tavsilotlari nazorat qilinadigan ob’ektlarning dinamik xossalariga mos kelishi lozim.

Bevosita dastgohning o’zida ishlov beriladigan detalning zarur o’lchamlarini ta’minlaydigan tizimlar avtomatik nazoratning eng muhim tizimlaridan biri hisoblanadi. Bunday tizimlar ichida asbob moslamasi (opravka) ga o’rnatilgan mahsus o’lchash qurilmalaridan tuzilgan avtomatik o’lchash va kompensatsiya qilish tizimlari keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Bunday tizimga qarashli qurilmaning namunaviy konstruktsiyasi 11.1-rasmda ko’rsatilgan. Qurilma urinma o’lchash datchigi-1, datchikning korpusida radial va o’q yo’nalishida siljiydigan shchup-2, signalli uzatish qurilmasi-3 va quyruqli opravka-4 dan iborat. Datchik ichida tok bilan ta’minlash manbai (kumush oksidli element) va nurli signallar beradigan infraqizil generator joylashgan.
O’lchash qurilmasi: 1 – o’lchash-urinish datchigi, 2 – shchup, 3 – signal uzatish qurilmasi, 4 – moslama (opravka)

Frezalash-parmalash-teshik yo’nish guruhidagi ko’p operatsiyali dastgohlarda signalni o’lchash va RDB tizimiga uzatish sxemasi: 1 – shpindel, 2 – urinish datchigi, 3 – adapter, 4 – quyruq, 5 – signal uzatish qurilmasi, 6 – optik qabul qilgich, 7 – asbobni sozlash datchigi, 8 – ishlov beriladigan detal, 9 – optik uzatgich (peredatchik)
Barcha avtomatik nazorat tizimlariga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi.

  • o’lchash va nazorat qilish vositalarini topshiriqda ko’rsatilgan detallar chegarasida avtomatik qayta sozlash imkoniyati bo’lishi kerak;

  • nazorat, shu jumladan axborotni o’zgartirish va uzatishni nazorat qilish to’liq va ishonchli bo’lishi lozim;

  • o’lchash va nazorat vositalari juda puxta ishlashi kerak;

  • ularning dinamik tavsilotlari nazorat qilinadigan ob’ektlarning dinamik xossalariga mos kelishi lozim.

Bevosita dastgohning o’zida ishlov beriladigan detalning zarur o’lchamlarini ta’minlaydigan tizimlar avtomatik nazoratning eng muhim tizimlaridan biri hisoblanadi. Bunday tizimlar ichida asbob moslamasi (opravka) ga o’rnatilgan mahsus o’lchash qurilmalaridan tuzilgan avtomatik o’lchash va kompensatsiya qilish tizimlari keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Bunday tizimga qarashli qurilmaning namunaviy konstruktsiyasi 11.1-rasmda ko’rsatilgan. Qurilma urinma o’lchash datchigi-1, datchikning korpusida radial va o’q yo’nalishida siljiydigan shchup-2, signalli uzatish qurilmasi-3 va quyruqli opravka-4 dan iborat. Datchik ichida tok bilan ta’minlash manbai (kumush oksidli element) va nurli signallar beradigan infraqizil generator joylashgan.

11.1-rasm. O’lchash qurilmasi: 1 – o’lchash-urinish datchigi, 2 – shchup, 3 – signal uzatish qurilmasi, 4 – moslama (opravka)
Maskur qurilma frezalash-parmalash-teshik yo’nish dastgohlarida asboblar magazinining katakchalarining birida joylashgan bo’lib, unda birorta texnologik o’tishning to’g’ri bajarilganini, masalan, yo’nish sifatini tekshirish zarur bo’lganda foydalaniladi. Qurilma bu maqsadda dastgohning Shpindeliga asbobni almashtiruvchi vatomatik qurilma bilan dastur bo’yicha o’rnatiladi. Bu qurilma RDB tokarlik dastgohlarida asboblar revolver kallagidagi katakchalarining birida joylashadi.
Frezalash-parmalash-teshik yo’nish va tokarlik guruhlaridagi dastgohlarda o’lchash va signalli RDB tizimiga uzatish sxemalari 11.2 va 11.3-rasmlarda keltirilgan. Urinma datchik 2 ning shchupi dastur bo’yicha avval asbobni sozlash datchigi 7 ga urinadi, signal bu datchikdan interfeys orqali RDB tizimiga keladi. Keyinchalik shchup yo’niladigan teshikning qarama-qarshi tomonlariga dastur bo’yicha urinadi. Urinish paytida signallar datchikdan uzatgich (peredatchik) 9 orqali optik qabul qilgich 6 ga (shpindelning yon tomonida joylashgan) jo’natiladi, bundan esa intarfeys orqali RDB tizimiga keladi. Natijada RDB tizimi detaldagi yo’nilgan teshikning shchup ikki marta uringan paytlari o’rtasida qanchaga siljiganini aniqlaydi. Teshikning siljishini teskari bog’lanish datchigi mos bajaruvchi organning holati bo’yicha o’lchaydi.
Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin