Agar konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalar oddiy aksiyalarga almashtirilsa, jamiyat ustavida ushbu aksiyalar boʻyicha ovoz berish huquqi nazarda koʻrilishi mumkin. Bunday imtiyozli aksiya egasining ovoz berish huquqi, unga tegishli aksiyalarning oddiy aksiyalarga almashtirganda soni miqdorida oddiy aksiyalar ovoz berish huquqi soniga teng boʻladi.
4.Qatnashish huquqi mavjud imtiyozli aksiyalar – egasiga daromad olish huquqi (qoʻyilgan kapitalga qatʼiy foiz tariqasida belgilangandan yuqori qoʻshimcha dividendlar olish) va jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini (aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ovoz berish) beradi. Aniqrogʻi, bunday imtiyozli aksiyalar oddiy aksi-yalar kabi boʻlib qoladi. Odatda, bunday aksiyalar aksiyadorlik kapi-talda tegishli ulushga ega boʻlgan aniq aksiyadorlar uchun chiqariladi

Aksiyalar qiymati va daromadliligini baholash
Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyador-larning
huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan aksiyalar
egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, ular
turiga koʻra oddiy va imtiyozli boʻlishi mumkin.
Imtiyozli aksiyalar oʻz egalariga jamiyat foyda koʻrish-koʻrmas-ligidan
qatʻiy nazar muayyan dividendlar olish huquqini beradi. Mam
lakatimiz qonunchiligiga koʻra aksiyadorlik jamiyatining imtiyozli
aksiyalari boʻyicha dividendlarni qimmatli qogʻozlar bilan toʻlashga
yoʻl qoʻyilmaydi.
Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar oldindan belgilab qoʻyil-maydi.