Ularning miqdori jamiyat tomonidan olinadigan foydaga bogʻliq va
aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi
Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar oldindan belgilab qoʻyil-maydi. Ularning miqdori jamiyat tomonidan olinadigan foydaga bogʻliq va aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi.
Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar oldindan belgilab qoʻyil-maydi. Ularning miqdori jamiyat tomonidan olinadigan foydaga bogʻliq va aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi.
Aksiyalar obligatsiyalarga qaraganda yuqori riskli qimmatli qogʻozlar hisoblanadi. Dividendlardan va aksiyalar bahosi oʻsishi hisobiga shakllanadigan yuqori foyda olish imkoniyati investorlarni jalb qilishga xizmat qiladi. Aksiyalarning yuqori daromadliligi odatda qarz majburiyatlari bilan taqqoslaganda inflyatsiyadan yaxshigina himoyani taʻminlaydi.
Aksiya va obligatsiyalarni baholash texnikasi pul oqimlarini diskontlashning yagona modeliga asoslanishiga qaramasdan, aksiyalar qiymati va daromadliligini aniqlash quyidagi ikkita holat sabab ancha murakkab hisoblanadi:
- oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar kafolatlanmagan, yaʻni oldindan maʻlum emas;
- aksiyalar qoplash muddatiga ega emas.
Aksiya egasining daromadi olinadigan dividendlar va aksiya bozor bahosining oʻzgarishidan tashkil topadi. Investitsiyalar bitta davrli boʻlgan holatda aksiya qiymati quyidagi formula yordamida aniqlanishi mumkin:

bu yerda DIV1, P1 – mos ravishda t =1 bo`lgan davrda dividend va aksiya bahosi.
Mos ravishda, investitsiya daromadliligi:
bu yerda P0 – t=0 davrdagi aksiya bahosi yoki aksiyaning boshlangʻich maʻnosi;