Aksiyadorlik jamiyati va hususiyatlari


Yuridik shaxslarning turlari va aksiyadorlik



Yüklə 251,5 Kb.
səhifə7/11
tarix15.04.2023
ölçüsü251,5 Kb.
#98524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aksiyadorlik jamiyati va hususiy

Yuridik shaxslarning turlari va aksiyadorlik.

Yuridik shaxslar albatda aksiyadorlikka o’z tasirini ko’rsatadi. Shunday ekan bu ikkalasini munosabatlarini tartibga solish uchun O’zbekiston Respublikasi o’z qonunchiligida alohida bo’lim ajratib qo’ygan.
Fuqarolik huquqi nazariyasida yuridik shaxslar bir necha asoslarga ko’ra turlarga bo’linadi. Jumladan, mulk shakliga ko’ra xususiy (xususiy mulkka asoslangan) va ommaviy (davlat mulkiga asoslangan), faoliyat maqsadiga qarab tijoratchi va notijorat, ta’sischilarning ishtirokiga ko’ra ta’sischilar faqat yuridik shaxslar bo’lgan (uyushma va assotsiatsiyalar), muassis faqat davlat bo’lgan (unitar korxonalar) hamda har qanday subyekt muassis bo’lishi mumkin bo’lgan korxonalar kabi t urlari mavjud.
Ayrim hollarda yuridik shaxslar ommaviy, xususiy va ommaviy yuridik shaxsga o’xshash korxonalar tarzida turkumlanadi. FKda yuridik shaxslar faoliyatining maqsadiga qarab (tijoratchi tashkilot va tijoratchi bo’lmagan tashkilot) tasniflanadi (FKning 40-moddasi).
Qonun hujjatlariga muvofiq tijoratchi yuridik shaxslar ham tijoratchi bo’lmagan yuridik shaxslar ham tadbirkorlik (foyda olishga qaratilgan faoliyat) faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin, lekin bunda, tijoratchi yuridik shaxslardan farq qilib tijoratchi bo’lmagan yuridik shaxslar o’z tadbirkorlik faoliyatlaridan olgan foydani faqat a’zolarining ehtiyojini qondirish yoki o’zga mushtarak maqsadni amalga oshirish uchun ishlatadilar. Olingan foydani boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo ʻl qo’yilmaydi. Shu munosabat bilan tijoratchi bo’lmagan yuridik shaxslarga nisbatan FK “foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan” degan ibora emas, balki, “foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib qo’ymagan” iborasi belgilangan. Bu esa, tijoratchi bo’lmagan tashkiloti tadbirkorlik bilan shug’ullanishi muayyan foyda ko’rishi mumkinligini belgilaydi.
Faqatgina tijoratchi bo’lmagan yuridik shaxslarning asosiy maqsadi (yordamchi yoki boshqa maqsadlar bundan mustasno) foyda olish bo’lmaydi, xolos. Tijoratchi bo’lgan yuridik shaxslar jumlasiga xususiy korxonalar, oilaviy korxonalar, xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari hamda unitar korxonalar kiradi. Tijoratchi bo’lmagan yuridik shaxslar jumlasiga matlubot kooperativlari, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari va mulkdorlar
tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasalar kiradi. Tijoratchi
bo’lmagan tashkilotlar o’z ustavida belgilangan maqsadlarga mos keladigan doirada tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug’ullana oladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarning huquqiy maqomi umumiy asoslarda O’zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida”gi Qonunida o’z aksini topgan. FKning 77-moddasiga ko’ra yuridik shaxslar o’zlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, mushtarak manfaatlarini ifoda etish hamda himoya etish maqsadida uyushmalar (ittifoq) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin. Uyushma yuridik shaxs hisoblanib, uning a’zolari o’z mustaqilligini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qo ladilar.
Uyushma o’z a’zolarining majburiyatlari bo’yicha uyushmaning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidiar javobgar bo’ladi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari ham yuridik shaxs huquqlaridan foydalangan holda fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashadi (FK, 78-modda). Mazkur tashkilot kvaziyuridik shaxs hisoblanadi. Chunki unda ham yuridik shaxs ham ommaviy huquq subyekti (boshqaruv) belgilari mavjud. Umuman, yuridik shaxslar o’z faoliyatlarida Fuqarolik kodeksi normalariga, soha qonunlariga, shuningdek, ustavlari va boshqa ta’sis hujjatlariga asoslangan holda ish olib boradilar.
Aksiyadorlik jamiyatlarining huquqiy maqomi Fukarolik kodeksining, 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.
Aksiyadorlik jamiyatlari o‘z majburiyatlari Yuzasidan o‘ziga tegishli barcha mol-mulki bilan javobgar bo‘ladi. Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari Yuzasidan javobgar bo‘lmaydilar va uning faoliyati bilan bogliq ziyonlarni o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida to‘laydilar. Aksiyalar haqining hammasini to‘lamagan aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari Yuzasidan o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo‘ladilar. Jamiyat o‘z aksiyadorlarining majburiyatlari Yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
Agar jamiyatning nochorligi (bankrotligi) jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador sifatidagi shaxsning gayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, mazkur aksiyador zimmasiga jamiyatning mol-mulki etarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik Yuklatilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan taqdirdagina, aksiyador majburiy ko‘rsatma berish huquqiga ega bo‘ladi
Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi.
Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi. YOpiq aksiyadorlik jamiyatlarining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Aynan muassislarining belgilangan miqdori turli davlatlarda turlicha belgilangan. Masalan, Italiyada - 2, SHveysariyada -3, Germaniyada -5, Angliya, Fransiya, YAponiyada -7, Estoniya, Rossiya, Niderlandiya, SHvetsiya, Finlandiya va AQSHning ko‘pgina shtatlarida -1 kishi.
Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. OAJ o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir. OAJ aksiyadorlarining soni chegaralanmaydi. 6
Ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha ellik ming AQSH dollariga teng bo‘lgan summadan kam bo‘lmasligi kerak. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reestrida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, bu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim.
Bugungi kunga kelib dunyo miqyosida keng qo‘llaniladigan tushunchalardan biri shak-shubhasiz korporativ boshqaruv tushunchasidir. “Korporativ boshqaruv oldindan mavjud, shuningdek ushbu atama yangi hamdir”3 . Bunga korporativ boshqaruv organlari tomonidan faoliyati samarali tashkil etilib kelinayotgan yirik aksiyadorlik kompaniyalari, transmilliy korporatsiyalar va hokozolarning milliy va jahon iqtisodiyotidagi o‘rni sabab bo‘lmoqda. Shundan kelib chiqqan holda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida, xususan mamlakatimizda ham korporativ boshqaruv tizimini samarali tashkil etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. Keltirilayotgan jihatlar sabab korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati, uning maqsad va vazifalarini to‘g‘ri anglash maqsadga muvofiq. Korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati uzoq yillardan buyon o‘rganib kelinmoqda va bu borada tadqiqotchilarning fikrlari xilma-xilligiga guvoh bo‘lish mumkin. Masalan M.Xamidulin esa “Korporativ boshqaruv – korporatsiya mulkdorlarining korporatsiya kapitalini shakllantirishga, undan foyda olish maqsadida yanada samarali foydalanishga hamda olingan daromadlarni korporativ munosabatlarning barcha ishtirokchilari o‘rtasida adolatli taqsimlashga qaratilgan strategik muhim qarorlarni belgilash, ta’riflash va qabul qilishga doimiy va real ta’sirini ta’minlashdagi ongli, bevosita ishtirokidir”4 , deb izohlaydi. Tashkiliy huquqiy shakl sifatida korporatsiyalar barcha mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda qo‘llanilmaydi. Shu nuqtai nazardan korporatsiyalar, kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlari va boshqalarni umumlashtirgan holda korporativ tuzilma tushunchasi bilan ifodalaymiz. A.Xoshimovning ta’kidlashicha “Korporativ boshqaruvning asosiy mazmuni aksiyadorlik jamiyatining faoliyatiga jalb etilgan turli shaxslar manfaatlari muvozanatini o‘rnatishdan iborat”5 . Mazkur izohda korporativ boshqaruv faqatgina aksiyadorlik jamiyatlari bilan bog‘langan. Vaholanki korporativ boshqaruv yirik mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham joriy etilishi mumkin. D.Suyunov tomonidan “Korporativ boshqaruv – bu mulk shaklidan qat’iy nazar amaldagi huquqiy-me’yorlarga asoslanib, boshqaruvning ma’lum bir tamoyillari asosida korxona maqsadiga erishish uchun amalga oshiriluvchi faoliyat majmuidir”6 , deya berilgan ta’rif korporativ boshqaruvning mohiyatini nisbatan to‘liqroq ochib berilgan. Bob Trikker esa korporativ boshqaruv tushunchasini operatsion, o‘zaro aloqadorlik, aksiyadorlar, moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy nuqtai nazarlardan ta’riflaydi7 . 3 Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 4. 4 Хамидулин М.Б. Финансовые механизмы корпоративного управления. Монография. – Т.: Молия, 2008. –204 с. 5 Хашимов А.А. Ўзбекистонда интеграциялашган корпоратив тузилмаларни бошқариш методологиясини такомиллаштириш.: Иқтисод фанлари доктори илмий даражаси учун дисс.иши. – Т.: 2007. – 338 б. 6 Суюнов Д. Корпоратив бошқарув механизми: муаммо ва ечимлар. Монография. – Т.: Академия, 2007. – 319 б. 7 Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 29-31. Xususan, operatsion nuqtai nazardan korporativ boshqaruvga kompaniyalar boshqariladigan va nazorat qilinadigan tizim sifatida qaraladi va bunda direktorlar kengashi kompaniyani boshqarishga mas’ul hisoblanadi. Boshqaruvda aksiyadorlarning roli esa direktorlar va auditorlarni tayinlash va o‘z manfaatlarini qanoatlantiradigan darajada boshqaruv tarkibini shakllantirishdan iborat. O‘zaro aloqadorlik nuqtai nazaridan esa korporativ boshqaruv tuzilmasi tashkilotdagi turli xil ishtirokchilar o‘rtasidagi huquq va majburiyatlar taqsimotini belgilab beradi. Bunda aksiyadorlar, kengash a’zolari, menejerlar va boshqa hissadorlar o‘rtasida qaror qabul qilishdagi jarayonlar va tartiblar belgilab beriladi. Aksiyadorlar nuqtai nazaridan korporativ boshqaruv kengash faoliyati hamda uning aksiyadorlar, menejerlar, tashqi auditorlar va boshqalar bilan aloqadorligini nazarda tutadi. Korporativ boshqaruv kompaniyaning ta’sischilar (aksiyadorlar) oldidagi javobgarligi va huquqlarini ifodalovchi jarayon sifatida ifodalanadi. Moliyaviy-iqtisodiy nuqtai nazardan korporativ boshqaruv kompaniyaning moliyaviy ta’minotchilari va ularning mablag‘lari qaytib kelishi o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Bunda egalik huquqi va investorlar huquqlari himoyasiga alohida e’tibor qaratiladi. Ijtimoiy nuqtai nazardan korporativ boshqaruv ijtimoiy va iqtisodiy hamda jamoa va individual maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bilan izohlanadi. Korporativ boshqaruvning asosiy maqsadi – past qiymatda investitsiyalar jalb qilish, aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlarni maksimallashtirish, kompaniyaning bozordagi ulushi va kapitallashuv darajasini oshirib borishdir. Shuningdek umumiylik nuqtai nazaridan korporativ boshqaruvning maqsadini korporativ tuzilma mulkidan samarali foydalanish ustidan mulkdorlarning nazorati hamda istiqbolni belgilab berishi sifatida ham ifodalash mumkin. Korporativ boshqaruvning asosiy vazifalari esa quyidagilardir: - korporativ tuzilma joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilib borish; - aksiyadorlar (shu jumladan minoritar aksiyadorlar) huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaftlarini ta’minlash; - aksiyadorlik jamiyatlari investitsion jozibadorligini oshirib borish orqali biznes qiymatini maksimallashtirish; - rivojlanish strategiyalarini belgilash va ularni amalga oshirib borish ustidan nazorat o‘rnatish va boshqalar.
Bugungi kunga kelib dunyo miqyosida keng qo‘llaniladigan tushunchalardan biri shak-shubhasiz korporativ boshqaruv tushunchasidir. “Korporativ boshqaruv oldindan mavjud, shuningdek ushbu atama yangi hamdir”3 . Bunga korporativ boshqaruv organlari tomonidan faoliyati samarali tashkil etilib kelinayotgan yirik aksiyadorlik kompaniyalari, transmilliy korporatsiyalar va hokozolarning milliy va jahon iqtisodiyotidagi o‘rni sabab bo‘lmoqda. Shundan kelib chiqqan holda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida, xususan mamlakatimizda ham korporativ boshqaruv tizimini samarali tashkil etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. Keltirilayotgan jihatlar sabab korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati, uning maqsad va vazifalarini to‘g‘ri anglash maqsadga muvofiq. Korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati uzoq yillardan buyon o‘rganib kelinmoqda va bu borada tadqiqotchilarning fikrlari xilma-xilligiga guvoh bo‘lish mumkin. Masalan M.Xamidulin esa “Korporativ boshqaruv – korporatsiya mulkdorlarining korporatsiya kapitalini shakllantirishga, undan foyda olish maqsadida yanada samarali foydalanishga hamda olingan daromadlarni korporativ munosabatlarning barcha ishtirokchilari o‘rtasida adolatli taqsimlashga qaratilgan strategik muhim qarorlarni belgilash, ta’riflash va qabul qilishga doimiy va real ta’sirini ta’minlashdagi ongli, bevosita ishtirokidir”4 , deb izohlaydi. Tashkiliy huquqiy shakl sifatida korporatsiyalar barcha mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda qo‘llanilmaydi. Shu nuqtai nazardan korporatsiyalar, kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlari va boshqalarni umumlashtirgan holda korporativ tuzilma tushunchasi bilan ifodalaymiz. A.Xoshimovning ta’kidlashicha “Korporativ boshqaruvning asosiy mazmuni aksiyadorlik jamiyatining faoliyatiga jalb etilgan turli shaxslar manfaatlari muvozanatini o‘rnatishdan iborat”5 . Mazkur izohda korporativ boshqaruv faqatgina aksiyadorlik jamiyatlari bilan bog‘langan. Vaholanki korporativ boshqaruv yirik mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham joriy etilishi mumkin. D.Suyunov tomonidan “Korporativ boshqaruv – bu mulk shaklidan qat’iy nazar amaldagi huquqiy-me’yorlarga asoslanib, boshqaruvning ma’lum bir tamoyillari asosida korxona maqsadiga erishish uchun amalga oshiriluvchi faoliyat majmuidir”6 , deya berilgan ta’rif korporativ boshqaruvning mohiyatini nisbatan to‘liqroq ochib berilgan. Bob Trikker esa korporativ boshqaruv tushunchasini operatsion, o‘zaro aloqadorlik, aksiyadorlar, moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy nuqtai nazarlardan ta’riflaydi.
Xususan, operatsion nuqtai nazardan korporativ boshqaruvga kompaniyalar boshqariladigan va nazorat qilinadigan tizim sifatida qaraladi va bunda direktorlar kengashi kompaniyani boshqarishga mas’ul hisoblanadi. Boshqaruvda aksiyadorlarning roli esa direktorlar va auditorlarni tayinlash va o‘z manfaatlarini qanoatlantiradigan darajada boshqaruv tarkibini shakllantirishdan iborat. O‘zaro aloqadorlik nuqtai nazaridan esa korporativ boshqaruv tuzilmasi tashkilotdagi turli xil ishtirokchilar o‘rtasidagi huquq va majburiyatlar taqsimotini belgilab beradi. Bunda aksiyadorlar, kengash a’zolari, menejerlar va boshqa hissadorlar o‘rtasida qaror qabul qilishdagi jarayonlar va tartiblar belgilab beriladi. Aksiyadorlar nuqtai nazaridan korporativ boshqaruv kengash faoliyati hamda uning aksiyadorlar, menejerlar, tashqi auditorlar va boshqalar bilan aloqadorligini nazarda tutadi. Korporativ boshqaruv kompaniyaning ta’sischilar (aksiyadorlar) oldidagi javobgarligi va huquqlarini ifodalovchi jarayon sifatida ifodalanadi. Moliyaviy-iqtisodiy nuqtai nazardan korporativ boshqaruv kompaniyaning moliyaviy ta’minotchilari va ularning mablag‘lari qaytib kelishi o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Bunda egalik huquqi va investorlar huquqlari himoyasiga alohida e’tibor qaratiladi. Ijtimoiy nuqtai nazardan korporativ boshqaruv ijtimoiy va iqtisodiy hamda jamoa va individual maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bilan izohlanadi. Korporativ boshqaruvning asosiy maqsadi – past qiymatda investitsiyalar jalb qilish, aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlarni maksimallashtirish, kompaniyaning bozordagi ulushi va kapitallashuv darajasini oshirib borishdir. Shuningdek umumiylik nuqtai nazaridan korporativ boshqaruvning maqsadini korporativ tuzilma mulkidan samarali foydalanish ustidan mulkdorlarning nazorati hamda istiqbolni belgilab berishi sifatida ham ifodalash mumkin. Korporativ boshqaruvning asosiy vazifalari esa quyidagilardir: - korporativ tuzilma joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilib borish; - aksiyadorlar (shu jumladan minoritar aksiyadorlar) huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaftlarini ta’minlash; - aksiyadorlik jamiyatlari investitsion jozibadorligini oshirib borish orqali biznes qiymatini maksimallashtirish; - rivojlanish strategiyalarini belgilash va ularni amalga oshirib borish ustidan nazorat o‘rnatish va boshqalar.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tartibga solib borish maqsadida 1996 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun asosida aksiyalar muomalasi, aksiyalar paketlarini yirik investorlarga sotish orqali qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb qilish amaliyoti keng yo‘lga qo‘yildi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida 1998 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi (2014 yilda yangi tahrirda qabul qilingan), “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi. Natijada chet el kapitali ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari soni va ularning faoliyat ko‘lami kengayib bordi. 2014 yil 6 mayda O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unga ko‘ra ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari bir xil aksiyadorlik jamiyati deb yuritila boshlandi. 2014 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra yangi tahrirdagi qonun asosida korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirildi. Mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga zamonaviy xalqaro korporativ menejment standartlarini joriy etish jiddiy e’tiborni talab qiladi”11, deya qat’iy ta’kidlab o‘tdi va aksiyadorlik jamiyati faoliyatini rivojlantirish iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishi sifatida belgilandi. Bunda korporativ yoki aksiyadorlik birlashmalarimizning faoliyati samaradorligini tanqidiy baholash, ularni xorijiy davlatlardagi ana shunday korxonalar bilan taqqoslab ko‘rish zarurligi alohida belgilandi. Belgilangan vazifadan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 31 martdagi “Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2327-sonli Qarori qabul qilindi. 2015 yil davomida komissiya tomonidan barcha aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyati to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazildi, natijada 462 ta jamiyatni yoki ularning 43 foizini tugatish yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish, bu borada xorijiy menejerlarni faol jalb qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmon asosida etakchi xorijiy kompaniyalarda boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o‘rganish asosida ishlab chiqilgan aksiyadorlik jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. 2015 yilning 1 iyulidan aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari nomlarida ularning ustav kapitalida davlat ulushidan qat’i nazar, «davlat» so‘zidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan, xorijiy mutaxassislarning boshqaruv xodimlari sifatidagi faoliyatidan olgan daromadlari daromad solig‘i, to‘lov manbaidan olinadigan daromad solig‘i, shuningdek, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy sug‘urta badallaridan ozod etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2454-sonli Qarori asosida esa aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida xorijiy investorlarning ulushi 15 foizdan kam bo‘lmasligidan iborat tartib joriy etildi. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida korporativ boshqaruv kodeksi ichki hujjat bo‘lsada, aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Korporativ boshqaruv kodekslari amalda 1990 yillardan qo‘llanila boshlangan12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4720-sonli Farmoni talablari asosida respublikamizda ham Korporativ boshqaruv kodeksi namunaviy tarzda ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Unga ko‘ra korporativ boshqaruv kodeksi quyidagi qismlardan iborat: I. Umumiy qoidalar II. Faoliyat ochiqligini ta’minlash III. Samarali ichki nazorat mexanizmlarini joriy qilish IV. Aksiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirilishini ta’minlash



Yüklə 251,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin