37-modda. Aksiyalarning joylashtirish bahosi Jamiyatning aksiyalariga haq to‘lash bozor qiymatida amalga oshiriladi.
Jamiyatni ta’sis etish vaqtida uning aksiyalari haqini to‘lash jamiyat muassislari tomonidan aksiyalarning nominal qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Jamiyat quyidagi hollarda aksiyalarni ularning bozor qiymatidan arzonroq narxda joylashtirishga haqli:
jamiyatning qo‘shimcha oddiy aksiyalari oddiy aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlarga joylashtirilib, ular oddiy aksiyalarni bozor qiymatining to‘qson foizidan past bo‘lmagan narxda sotib olishdan iborat o‘z imtiyozli huquqlarini ro‘yobga chiqargan hollarda;
qo‘shimcha aksiyalar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan ko‘pi bilan bunday aksiyalarni joylashtirish bahosiga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon bo‘lganida.
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda aksiyalar ularning nominal qiymati bo‘yicha joylashtiriladi va bu hol emissiya ma’lumotnomasida qayd qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang. 371-modda. Aksiyadorlik jamiyatlariga o‘zgartirilayotgan davlat korxonalari mehnat jamoalari a’zolari tomonidan aksiyalarni olinishi Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda korxona mehnat jamoasi a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyalar qiymati haqini to‘lab ustav fondidagi tegishli ulishdan aksiyalar sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. (371-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda) 38-modda. Aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarning joylashtirish bahosi Jamiyat aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni ularning bozor qiymati bo‘yicha joylashtiradi, quyidagi hollar bundan mustasno:
odatdagi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar odatdagi aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlarga joylashtirilganda, agar ular bunday qimmatli qog‘ozlarni bozor qiymatining to‘qson foizidan kam bo‘lmagan narxlarda sotib olishdan iborat imtiyozli huquqlarini ro‘yobga chiqarsalar;
aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan ko‘pi bilan bunday qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bahosiga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon bo‘lishi.
Ushbu moddaning qoidalari muomaladan chiqarish shartlari nominal qiymatini to‘lashni yoki aksiyaga ayirboshlashni nazarda tutuvchi obligatsiyalarni jamiyat tomonidan joylashtirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.