Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə24/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
AJ togrisidgi qonun

46-modda. Mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash
Mol-mulkning bozor qiymati, shu jumladan jamiyatga qarashli aksiyalar yoki boshqa qimmatli qog‘ozlarning qiymati shunday bahodirki, mol-mulkning qiymati to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lgan va uni sotishga majbur bo‘lmagan sotuvchi uni shu bahoda sotishga rozi bo‘lishi mumkin, mol-mulkning qiymati to‘g‘risida to‘liq axborotga ega bo‘lgan va uni sotib olishga majbur bo‘lmagan oluvchi esa uni shu bahoda sotib olishga rozi bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etilishi mumkin.
Jamiyat aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalarni ushbu Qonunning 45-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olgan taqdirda mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilotni jalb etish shart bo‘ladi.
(46-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Davlatning o‘zi jamiyat aksiyalarining egasi bo‘lgan taqdirda, davlat moliya organini jalb etish majburiydir.
Qiymatini aniqlash talab qilinayotgan mol-mulk aksiya yoki boshqa qimmatli qog‘ozlardan iborat bo‘lib, ularning sotib olish narxi yoki talab narxi hamda taklif narxi matbuotda muntazam e’lon qilib turilgan bo‘lsa, mazkur mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun ana shu sotib olish narxi yoki talab narxi va taklif narxi e’tiborga olinishi lozim.
V BO‘LIM. AKSIYADORLAR REESTRI VA AKSIYALARNI SAQLASh
Oldingi tahrirga qarang.
47-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestri
Jamiyat aksiyadorlari reyestri ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksiyalar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan, ularga tegishli aksiyalarning nomi, soni, nominal qiymati va turi, shuningdek reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslarga axborotni yuborish imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan ro‘yxatidir.
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, qimmatli qog‘ozlar egalarining depozitariylardagi depo hisobvaraqlari holatiga ko‘ra markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar jamiyatga nisbatan “oltin aksiya”ni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, jamiyat aksiyadorlari reyestriga davlat vakili ham kiritiladi.
Aksiyadorning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etishi, dividendlar olishi va emitent tomonidan korporativ harakatlar bajarilganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirishi jamiyat aksiyadorlarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan reyestri asosida amalga oshiriladi.
Shakllantirilgan va markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan olingan jamiyat aksiyadorlari reyestriga o‘zgartirishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish tartibini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish uchun depozitariylar:
reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslarning identifikatsiya qilinishi;
reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslarning axborot olish va uni mazkur shaxslarga yo‘llash hamda reyestrni shakllantirish imkonini beradigan aksiyalarga bo‘lgan huquqlari hisobga olinishini;
reyestrga o‘zgartirishlar kiritilishiga sabab bo‘ladigan hujjatlarni va barcha faktlar to‘g‘risidagi hamda depozitariylarning bunday o‘zgartirishlarni kiritish borasidagi barcha harakatlari haqidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida to‘planishi va saqlanishini ta’minlamog‘i lozim.
Jamiyat aksiyadorlari reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan har bir shaxs, uning nomiga yozilgan aksiyalar soni va turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:
markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi jamiyatlar aksiyadorlari reyestrlari shakllantirilishini ta’minlashi va shakllantirilgan reyestrlarni saqlashi shart;
jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirmay markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan shartnoma tuzishi shart.
Aksiyador o‘z aksiyalariga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi depozitariyni o‘ziga oid ma’lumotlardagi o‘zgarishlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilishi shart. U o‘ziga oid ma’lumotlar o‘zgarganligi haqidagi axborotni taqdim etmagan hollarda, shuning oqibatida aksiyadorga yetkazilgan zarar uchun markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va aksiyadorning o‘z aksiyalariga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi depozitariy javobgar bo‘lmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 1911, 25.02.2009-y.).
(47-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin