Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə36/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
AJ togrisidgi qonun

73-modda. Sanoq komissiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ovozlarni sanab chiqish, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etishi uchun aksiyadorlarni ro‘yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan sanoq komissiyasi tuzilib, uning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
(73-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Sanoq komissiyasi tarkibi kamida uch kishidan iborat bo‘lishi kerak. Sanoq komissiyasi tarkibiga jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, taftish komissiyasining a’zolari, kollegial ijroiya organi a’zolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi, shu bilan birga ana shu lavozimlarga nomzodi ko‘rsatilgan shaxslar kiritilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
(73-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Sanoq komissiyasi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida kvorum bor yoki yo‘qligini aniqlaydi, aksiyadorlar (ularning vakillari) umumiy yig‘ilishda ovoz berish huquqlarini ro‘yobga chiqarishi munosabati bilan yuzaga keladigan masalalar xususida tushuntirishlar beradi, ovozga qo‘yiladigan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibini tushuntiradi, ovoz berishning belgilangan tartibi va aksiyadorlarning ovoz berishda ishtirok etish huquqlarini ta’minlaydi, ovozlarni sanab chiqadi va ovoz berish yakunini chiqaradi, ovoz berish yakunlari to‘g‘risida bayonnoma tuzadi, ovoz berish byulletenlarini arxivga topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
74-modda. Aksiyadorlarning va davlat vakilining umumiy yig‘ilishda ishtirok etish tartibi
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqi shaxsan aksiyador tomonidan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi. Davlat vakilining aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi uning shaxsan o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.
Aksiyador aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishidagi o‘z vakilini istalgan vaqtda almashtirishga yoki yig‘ilishda shaxsan o‘zi ishtirok etishga haqlidir.
Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida yozma ishonchnoma asosida ish ko‘radi. Ovoz berishga doir ishonchnomada vakolat bergan va vakil qilingan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki nomi, turar joyi yoki joylashgan manzili, pasport ma’lumotlari) aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan beriladigan ovoz berishga doir ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(74-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Agar jamiyat aksiyasi bir necha shaxslarning umumiy ulushli mulki bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish vakolati ularning xohishiga ko‘ra umumiy ulushli mulk qatnashchilaridan biri yoki ularning umumiy vakili tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan har bir shaxsning vakolatlari tegishli tarzda rasmiylashtirilishi kerak.
(74-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin