5. Tijorat bankida kassa operatsiyalarini yuritish jarayoni va tartibi bilan tanishish. Aylanma kassa — bank ish kuni davomida kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish, sanab-saralash, o'rab-bog'lash hamda ularni boshqa qimmatliklardan alohida saqlash hamda chiqim qilish uchun bank kassa tarmog'ida tashkil etilgan kirim va chiqim qilish uchun bank kassa tarmog'ida tashkil etilgan kirim va chiqim kassalari yoki kirim-chiqim kassasi.
Bankomat — bank plastik kartasi saqlovchisiga o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish rejimida naqd puldagi va bajarilgan boshqa operatsiyalar bo'yicha sliplarni olish, shuningdek bank plastik kartasi orqali asosiy va qo'shimcha operatsiyalarni bajara olish, jumladan mablag'larni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, bank plastik kartasining balansi va bankdagi hisobvaraq qoldig'i holati to'g'risida axborot olish va parollarni o'zgartirish imkonini beruvchi elektron mexanik moslama.
Qayta sanash kassasi— bank ish kuni davomida inkassatorlar furuhi tomonidan yig`ib kelingan hamda kechki kassa hodimlaridan qabul qilib olingan inkassatsiya sumkalaridagi (qoplaridagi), shuningdek qayta sanash uchun kassa mudiri tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanashga mo`ljallangan kassa.
Kassa operatsiyalari — kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni kirim yoki chiqim qilish, qayta sanash, saralash, o`rab-bog`lash, almashtib berish hamda inkassatorlardan qabul qilib olish yoki ularga tashish uchun topshirish.
Kassa tarmog`i — naqd pul va boshqa qimatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarish hamda ularning but saqlanishini ta`minlash uchun tashkil etilgan kirim, chiqim, qayta sanash va kehki kassalar hamda pul omborlari joylashgan hudud.
Kassa hujjatlari— belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, naqd pul va boshqa qimmatliklarni kirim yoki chiqim qilish uchun, shuningdek inkassatorlardan qabul qilib olish yoki ularga tashish uchun topshirishda asos bo`lib hizmat qiluvchi hujjatlar.