Aksiya – bu aktsiyadorlik jamiyatining ustav fondiga muayyan xissa kushganlikdan guvoxlik beruvchi, uning egasiga foydaning bir kismini olish va, odatda, ushbu jamiyatni boshkarishda ishtirok etish xukukini beruvchi kimmatli kogozdir.
Aktsiyalarning turlari:
“Kumulyativ” aktsiyalar – chikarish shartlarida, tulanishi lozim bulgan, lekin tulanilmagan dividendlar jamgarib boriladi va keyngi davrlarda (emitentning moliyaviy axvoli yaxshilanganda) tulaniladi.
“Ayirboshlanadigan” aktsiyalar – ularni oldindan kelishilgan narxlar buyicha muayan bir vakt ichida boshka aktsiyalarga (odatda) oddiy aktsiyalarga almashtirish mumkin.
“Chakirib olinish xukukiga ega bulgan” aktsiyalar – mazkur aktsiyalar emitentga ularning egasidan kayta sotib olish xukukini beradi.
“Oltin” aktsiya – bu uning egasiga (ustav fondiga kushgan ulushidan kat’i nazar) ma’lum bir vakt mobaynida (odatda 3 yil) kompaniyani boshkarish xukukini beradi.
“Retrektiv” aktsiyalar – bu uz egasiga ularni sundirish uchun kompaniyaga takdim etish xukukini beruvchi aktsiyalardir. Sundirish shartlari va muddatlari tugrisida oldindan birlamchi emissiya vaktida kelishilib olinadi.
“Faol” aktsiyalar – birjalarda doimiy ravishda katta mikdorda muomalada buladigan aktsiyalardir. Ular bozor indikatori xisoblanadi. (Dou-Jons indeksi, FTsE 100 (300), Nikkei (225)).