P/E multiplikatori Aksiyaning bozor qiymatini uning daromadi orqali ifodalovchi ko’rsatkich hisoblanadi. Masalan: 1 birlik aksiyaning bozor narxi 1000 so’m, korxonaning joriy yillik daromadi 10 mln so’m, muomaladagi aksiyalar soni 100 000 donani tashkilk etsin. Bunday holatda 1 ta aksiyaning daromadlilik darajasi quyidagicha aniqlanadi:
1 ta aksiyaning daromadlilik darajasi = Korxona daromadi / muomaladagi aksiyalar soni
10 000 000 / 100 000 = 100, demak 1 dona aksiyaning 1 yillik daromadlilik darajasi 100 so’mga teng.
Ushbu ma’lumotlar asosida biz P/E ko’rsatkichini aniqlab olamiz, ya’ni
Ushbu ma’lumotlar asosida biz P/E ko’rsatkichini aniqlab olamiz, ya’ni
P/E = 1 birlik aksiyaning joriy narxi / aksiyaning daromadliligi
P/E = 1000 / 100 = 10, ya’ni o’zgarmas sharoitda korxonaga kiritgan mablag’larimizni 10 yildan so’ng to’liq qoplashimiz mumkin bo’ladi.
Rossiya davlatida P/E ko’rsatkichi o’rtacha 8 ni, AQSHda 15-20 ga yaqinni tashkil etsa normal holat hisoblanadi. Ammo bu ko’rsatkichlar mutloq hisoblanmaydi, qaysi tarmoq ekanligi va qanday davrdaligigga bog’liq. Masalan, so'nggi o'n yilliklar davomida S & P500 (Standard & Poor's 500 ta eng xaridorgir aksiyalar bozori) indeksiga kiritilgan aksiyalarning P/E qiymati taxminan 18 ni tashkil etdi. Ko'rsatkichning tebranishlari 10 dan 35 gacha bo'lgan. 2022 yil aprel oyi holatiga davomida S & P500 texnologik kompaniyalarning P/E ko’rsatkichi o’rtacha 27,2 ni, xom-ashyo sohasida – 17,9 ni tashkil etgan. Bozorning o’rtacha P/E ko’rsatkichi 22,2 koeffitsientni ko’rsatgan.