Net debt/EBITDA – bu korxonaning qarzdorlik yuklamasi bo’lib, u mavjud kreditlar va qarzlar bo'yicha to'lov qobiliyatini ko'rsatadi.
Net debt/EBITDA (Earnings before interest, taxes, depreciation and amortization - foizlar, soliqlar, amortizatsiya va boshqa yo’qotishlardan oldingi foyda) kompaniya o'z qarzini to'lash uchun joriy pul oqimida qancha vaqt ishlashi kerakligini ko'rsatadi.
Odatda ushbu ko’rsatkich qiymati 3 dan oshmasligi lozim va bu kompaniyaning ortiqcha qarzi yo'qligini va qarz majburiyatlarini bajarishga qodir ekanligini anglatadi. Umuman olganda, bu ko’rsatkich qiymati qancha kam bo’lsa, shuncha yaxshi hisoblanadi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, EBITDA- soliqlar, foizlar va amortizatsiyadan oldingi daromadlarni aks ettiradi, Net Debt (sof qarz) esa- uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar hamda ssudalar bo'yicha qarzlar hisoblanadi.
Net debt = uzoq muddatli + qisqa muddatli kreditlar hamda ssudalar – pul va unga tenglashtirilgan mablag’lari
EV/EBITDA multiplikatori
EV(Enterprise Value)/EBITDA kompaniyaga uni sotib olishning umumiy xarajatlarini qoplash uchun qancha yil ketishini o'lchaydi.
EV/EBITDA = Korxonaning bozor qiymati / korxonaning soliqlar, foizlar va amortizatsiya to’lovlarigacha bo’lgan daromadi