Makroiqtiodiyot fanidan Ochiq va yopiq iqtisodiyot sharoitida davlat xarajatlari multiplikatori



Yüklə 37,72 Kb.
səhifə1/11
tarix23.05.2023
ölçüsü37,72 Kb.
#120541
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
КУРС ИШИ


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS


TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI

«IQTISODIYOT» kafedrasi


MAKROIQTIODIYOT fanidan

Ochiq va yopiq iqtisodiyot sharoitida davlat xarajatlari multiplikatori
Mavzusidagi

KURS ISHI

bajardi: “Iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 80-21 gurux talabasi Iskandarov Ravshan.

ilmiy rahbar: «Iqtisodiyot» kafedrasi katta o‘qituvchisi Raxmatov Komoliddin.



Guliston-2023


Mundarija:


Kirish........................................……………………………………………….……3

1.Ochiq va yopiq iqtisodiyot tushunchasi va mohiyati………………………….…4

2.Davlatning iqtisodiy funksiyalari va bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvining zarurligi………………………………………………………….…5

3.Byudjet-soliq siyosati va davlat xarajatlari multiplikatori……………………...10

4.Ochiq iqtisodiyotda fiskal siyosat tahlili……………………………………..…18

5.Byudjet xarajatlaridan samarali foydalanish……………………………………20

XULOSA………………………………………………………………………….27



Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...28


Kirish
Milliy iqtisodiyotlarning bir-birlariga nisbatan oʻsib boruvchi ochiqligi iqtisodiyotni milliylashuvi jarayonining ajralmas, boshlangʻich qismidir. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtirib, mahsulot va xizmatlar sifatining oʻsishiga va ishlab chiqarish harajatlarini pasayishga olib keladi. Koʻp mamlakatlar Ochiq iqtisodiyotga oʻtishda roʻy beradigan xavf-xatarlar boʻlishini hisobga olib, tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarishda bojxona bojlari stavkalarini qaytadan koʻrib chiqishga, import va eksportga miqdoriy kvotalar va litsenziyalar belgilashni takomillashtirishga, valyuta nazorati olib borishga ahamiyat beradilar. Bundan tashqari, xalqaro darajalarda mamlakatlar oʻrtasida xolisona taqsimot, harajatlarni eng kam darajaga olib kelish orqali xoʻjalik faoliyatini milliylashtirish boʻyicha mexanizmlarni topish ishlari ham izlanadi. Ochiq iqtisodiyotda monetar siyosat jami talabga taʼsir koʻrsatish nuqtai nazaridan mutlaq samarasiz boʻlib qoladi. Shuning uchun pul taklifini koʻpaytirish orqali barcha takliflarni ragʻbatlantirishga urinish "ortiqcha" pullarning Markaziy bankda valyutaga almashtirish uchun sotilishiga olib kelishi mumkin. Bu esa davlat valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi, lekin umumiy talabga taʼsir koʻrsatmaydi. Hozirgi sharoitda turli bozorlarning ochiqlik darajasi ham bir xil emas. Ochiq iqtisodiyot unga teskari boʻlgan yopiq iqtisodiyotdan ayrim belgilariga koʻra farqlanadi: Ochiq iqtisodiyotda jami taklifning qoʻshimcha elementi — eksport bilan import oʻrtasidagi farqni belgilaydigan sof eksport mavjud boʻladi; ochiq sharoitlarida tovarlar, xizmatlar, pullar va moliyaviy aktivlar mehnat resurslari bilan birgalikda valyuta bozorini yuzaga keltiradi; bu bozordagi pul qiymati — valyuta kursi asosiy makroiqtisodiy parametrga aylanadi; Ochiq iqtisodiyotda fiskal va pulkredit siyosati yopiq xoʻjalikka nisbatan boshqa natijalarni yuzaga keltiradi.

Yüklə 37,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin