Makroiqtiodiyot fanidan Ochiq va yopiq iqtisodiyot sharoitida davlat xarajatlari multiplikatori



Yüklə 37,72 Kb.
səhifə8/11
tarix23.05.2023
ölçüsü37,72 Kb.
#120541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
КУРС ИШИ

Davlat budjeti xarajatlari. Davlat budjeti xarajatlari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining moddiy mazmunini aks ettiradi. O‘zbekiston Respulikasi davlat budjeti xarajatlarining keyingi yillardagi tarkibiy tahlillari ko‘rsatadiki, xarajatlar nominal mazmunda (mutlaq ko‘rsatkichlarida) ortib borayotganligi kuzatishimiz mumkin. Lekin, uning yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘ining kamayib borish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Shu bilan bir qatorda davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarining izchil ravishda ortib borayotganligi davlatimiz tomonidan kuchli ijtimoiy siyosatning moliyaviy asoslarini shakllantirilayotganligini kuzatishimiz mumkin.
Buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin.



Ko‘rsatkichlar


2011


2013


2015

6

2017

2018

Davlat budjeti
xarajatlari, jami






20,5

20,5

19,8

19,6

aholini ijtimoiy qo‘llab-











10,9

10,5












2,1

2,1












1,3

1,3

Davlat hokimiyati boshqaruvi organlari, organlari xarajatlari

va
sud








0,8

0,8










3

3

4,7

4,9
Davlat budjeti xarajatlari (YaIM ga nisbatan % da)66

Davlat budjeti xarajatlarining tarkibidagi ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlari yil sayin oshib borgan. Keyingi 5 yil mobaynida jami budjet xarajatlarining tarkibida ijtimoiy sohaga qilinayotgan xarajatlar 2012 yilda 58,3%dan 2018 yilda 58,6% gacha o‘sib borgan. Ushbu holat o‘z navbatida, jahondagi barcha davlatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil etadiki, o‘z navbatida Respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning uzoq, strategik ahamiyatga ega ekanligidan dalolatdir. shuningdek, ushbu xarajatlarning o‘sib borishi bilan birga ular davlat budjeti xarajtlari tarkibida eng yuqori salmoqni tashkil etmoqda.


7 yilga kelib ushbu xarajatlarning jami davlat budjeti xarajatlaridagi salmog‘i 10,6 %ni takil etgan. Lekin ushbu xarajatlar nominal mazmunda o‘sib borgan.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni budjetdan moliyalashtirish 2012 yilda 1174 mlrd. so‘m, 2013 yilda 1300 mlrd. so‘mni va 2017 yilda 2104
‘mni tashkil etgan. Bu o‘z navbatida hozirgi kunda amalga oshirilayotgan qtisodiyotni modernizatsiya qilish va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish bilan bog‘liq yirik va strategik ahamtyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishda budjet investitsiyalarining ham ahamiyati yuqoriligidan dalolat beradi.
Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash fondiga ajratililayotgan mablag’larning oshib borshi ta’lim va tibbiyot muassasalarini modernizatsiya qilish orqali ta’lim va soliqni saqlash bo‘yicha xizmatlar sifatini yanada yuksaltirish, pirovardida aholining intellektual salohiyati va turmush farovonligini yuksaltirishda davlat budjeti alohida ahamiyatga ega bo‘layotganini tasdiqlaydi.
foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib bu xarajatlar 4,4 foizni tashkil etgan. Demak, nominal mazmunda ushbu xarajatlar qariyib 2 barobardan ko‘p o‘sgan bo‘lsa-da, ularning budjet xarajatlaridagi 0,5 f.b.ga ko‘paygan.
Yuqoridagi jadvaldagi budjet xarajatlari budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini o‘zida ifoda etib, unda tabiiy ravishda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari ustuvor ekani kuzatilmoqda. Davlat budjetining ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari asosan ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, ilm-fan, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy nafaqalardan tashkil topgan.
2010-2018 yillardagi davlat moliyasi tizimi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha islohotlardagi muhim qadamlardan biri bu bir nafar o‘quvchiga (tarbiyalanuvchiga) xarajatlarning bazaviy me’yorlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha tarbiya bolalari muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining budjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibini joriy etilganligi va 2010 yildan boshlab ushbu tartibni respublikaning barcha hududlaridagi mazkur muassasalarga tatbiq etilgani hisoblanadi. Natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirishning ushbu elementi budjet muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirilishini ta’minlab xarajatlarning manzilli va maqsadli sarflanishi uchun sharoit yaratilishiga olib kelmoqda. Ushbu islohotlarning samarali natijalariga erishishda davlat budjeti xarajatlarining hissasi yuqori bo‘lmoqda.
Davlat budjeti ijrosining g‘aznachilik tizimini joriy etilishi natijasida xarajatlarini manzilli va maqsadli sarflanishini ta’minlanishi natijasida xarajatlarning maksimal iqtisod qilinishi ta’minlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi budjet-soliq siyosatining xususiyatlari. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan fiskal siyosatni yanada takomillashtirish, soliqlar va budjet xarajatlaridan iqtisodiyotni barqaror o‘stirishni rag‘batlantirishning amaliy vositalari sifatida foydalanish borasida chora-tadbirlar belgilanayotganda bugun jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan va mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazayotgan tashqi konyukturani hisobga olish zarur bo‘ladi.
Davlatning fiskal siyosati iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasiga ta’sirini muvofiqlashtirshi zarur. Chunki, budjet faqat mablag‘larni markazlashtirish, ularni to‘plash, jamg‘arishgina emas, balki to‘plangan moliyaviy resurslarni oqilona sarflashni ham o‘zida ifodalaydi. Buning samaradorligi esa davlat budjetiing xarajalari tizimida o‘zining ifodasini topadi.
Bu xarajatlar, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli tarmoqlarga invistetsiya qilish uchun mo’ljallangan,aholining turmush darajasini ko’tarish uchun rejalashtirilgan, ijtimoiy vazifalarni bajarishga ajratilgan, davlatni boshqarish, mudofaani taminlash kabi aniq maqsadlarga qaratilgan xarajatlardan iborat bo’ladi.Ushbu umumdavlat xarajatlari budjet orqali moliyalashtiriladi. Budjet tizimining barcha xarajatlari turli budjetlar o’rtasida taqsimlanadi, bu esa u yoki bu xarajatni muayyan budjetga kiritilishini anglatadi.Bu birinchidan moliyalashtirilayotgan muassasaning respublika va mahalliy organlarga qarashli bo’lishi ,ikkinchidan moliyalashtiriladigan tadbirning ahamiyatidan kelib chiqadi.
Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar,idoralar va korxonalar bo’yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtining o’zida ma’lum maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha ko’zda tutiladi.Bunda budjet mablag’larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga,yani sanoat,energetika,qishloq xo’jaligi va transportga yo’naltiriladi. Budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish nuqtai nazaridan capital qo’yilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda muhum ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo’ljallangan asosiy fondlarning yangilarini yaratish va harakatdagilarni kengaytirish uchun pul mablag’larini taqdim etishga kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish deyiladi.Budjet resurslari cheklanganligi uchun ular investitsiyalarning cheklangan doirasiga,ya’ni maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimyatning ijroiya organlari qarori bo’yicha amalga oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiyotda davlatning ulushini qisqartirish siyosatini olib borish birinchi navbatda, xususiy mulkka asoslangan institutlarni mustahkamlash va mulk egasi huquqini himoya qilishga yo‘naltirildi. YaIMda davlat budjeti ulushini kamaytira borib, 2018 yilda uning ulushini 20% idan oshirmasdan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yuqori raqobatbardoshlik darajasini ta’minlashga yo‘naltirilgan siyosat davom ettirildi. Soliq yukining kamaytirilishi xususiy investitsiyalarini rag‘batlantirdi va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari uchun barqaror manba yaratdi.


Yüklə 37,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin