Huquq ijodkorligi, ya’ni davlat hududida yashovchi barcha kishilar tomonidan ijro etilishi umumiy majburiy bo’lgan qonunlar,huquqiy qoidalarni ishlab chiqila boshlandi. Huquqning mavjudligi davlat-huquqsiz yashay olmaydi. Huquq davlatni, davlat hokimiyatini yuridik jihatdan mustahkamlaydi.
Davlatning eng muhim belgilaridan biri –siyosiy hokimiyatning mavjudligi. Ma’lumki ibtidoiy jamiyatda ijtimoiy hokimiyat jamiyat a’zolario’rtasidagi obro’-e’tiborga, ularning izzat-hurmatiga tayanar edi. Siyosiy hokimiyat esa, boshqaruv, majburlash apparatiga, kuchga tayanadi. Siyosiy hokimiyat - hokimiyatning eng muhim va murakkab ko’rinishlaridan biridir. U orqali muayyan xalq, sinf, guruh, shaxs o’zining xohish-istaklarini amalgaoshiradi. Siyosiy hokimiyat davlat hokimiyati va boshqa siyosiy tashkilotlardan tashkil topadi.
Davlat suvereniteti, ya’ni davlat o’z hududi oliyhokimiyatga ega bo’ladi va xalqaro munosabatlarda mustaqil harakatqiladi. Davlat suvereniteti, ya’ni davlatning ichki va tashkisiyosatni o’tkazishda mustaqilligi umuminsoniy funkstiya (vazifa)larni bajarish, ya’ni davlatni rivojlantirish, hududni qo’riqlash, jinoyatchilikka qarshikurashish, umumiy farovonlik maqsadlarini amalga oshirish;
davlatni boshqa davlatlardan farqlab turuvchi ramzlari: nomi, bayrog’i, madhiya, tamg’a, davlat tili, oliyhokimiyat organlari, pul birligi, poytaxtiga ega bo’lishi;
davlat boshqa ijtimoiy hokimiyatlardan farq qilib,mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, xo’jalik va madaniy hayotiga rahbarlik qilishi va boshqalar kiradi.
Davlat funkstiyalari Ma’lumki, har qanday davlat faol yoki mo’tadil ravishda faoliyat yuritadi. Chunki, faoliyatsizlik davlatning tabiati va maqsadiga to’g’ri kelmaydi. Shundan kelib chiqib, har qanday davlatning mohiyati eng avvalo, uning faoliyatida, funkstiyalarida namoyon bo’ladi. Davlatning faoliyat sohalari xilma-xil bo’lganligini hisobga olib, uning faoliyati bosh yo’nalishlarini alohida ajratish zarurati kelib chiqqan. Ana shu bosh yo’nalishlarda davlat mohiyati mujassam bo’ladi, amalga oshiriladi va rivoj topadi hamda ular davlatning mavjud bo’lish tarzini ifoda etadi. Davlatning funkstiyalari, uning vazifalari va mohiyati bilan uzviy bog’liq bo’lib, davlatning mohiyati o’zgarib borgan sari funkstiyalari ham shunga mos ravishda o’zgarib boradi. Davlat funkstiyalari- bu davlatning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan davlat faoliyatining asosiy (bosh) yo’nalishlaridir. Davlat o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishishi uchun ma’lum bir vazifalarni hal qilishi lozim, bu esa o’z navbatida, ushbu vazifalarni bajarishga qaratilgan tegishli funkstiyalarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Falsafada funkstiya deganda biron-bir ob’ekt xususiyatlarini ma’lum munosabatlar tizimidagi tashqi ifodasi tushuniladi. Funkstiya – vakolat doirasidan kelib chiquvchi faoliyatdir. Chunki, ―funkstiya lotin tilidan olingan bo’lib, ―faoliyat degan ma’noni anglatadi.Shuni qayd etish lozimki, ―maqsad, ―vazifa, ―funkstiya tushunchalari bir-biridan ajralmas bo’lib, davlatning maqsad va vazifalariga mos kelish davlat funkstiyasining asosiy belgisini tashkil etadi. Maqsad bu muayyan davlatning taraqqiyotidagi keyingi bosqichda erishmoqchi bo’lgan holati bo’lsa (masalan: fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy demokratik davlat barpo etish), vazifa esa ushbu maqsadga erishish uchun hal etilishi lozim bo’lgan masalalar, funkstiya - vazifalarni echimiga yo’naltirilgan faoliyat yo’nalishidir. Davlatning ichki funkstiyalari davlat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatdir. Ichki funkstiyalarga mamlakatni tartibga solish, boshqarish, qo’riqlash, muhofaza qilish kiradi. Davlat iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy nazorat, davlatning huquq bilan mustahkamlangan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni ta’minlash va himoya qilishga qaratilgan faoliyatini amalga oshiradi.